“Ey Dovuto’g’li, Allohdan qo’rq”

433
0

Bir necha kun avval NATOga a’zo 28 davlatning tashqi ishlar vazirlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig’ilish o’tkazishdi. Ma’lumki, Turkiya bundan avval ham NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig’ilishiga Ankara va Stambul shaharlarida uch marta mezbonlik qilgan edi. Bu yil Altaliyada to’rtinchi marta mezbonlik qildi.

Yig’ilish dorasida Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li AQSh davlat kotibi Jon Kerri va NATO bosh kotibi Jon Stoltenberg bilan o’zaro uchrashuv o’tkazdi. Ahmad Dovuto’g’li yig’ilishning ochilish nutqida NATOning Afg’onistonda mavjud bo’lib turishi zarur ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.

“Biz barcha hayotiy qiyinchiliklarda ittifoqdoshlarimizning yonida bo’lamiz. Afg’onistonda hali qilinadigan ishlar juda ko’pligini bilamiz. Xavfsizlikka tahdid davom etmoqda. 13 yildirki, hali ham Afg’onistonda beqarorlik hukm surmoqda. NATO va xalqaro hamjamiyatning Afg’onistonda mavjudligi 2016 yildan keyin ham davom etishi zarur”, dedi Turkiya bosh vaziri.

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor Turkiya bosh vazirining bu bayonotlariga quyidagicha munosabat bildirdi:

“Bosh vazir Ahmad dovut o’g’liga ba’zi narsalarni eslatib o’tish va ba’zi narsalar haqida so’rashni musulmon sifatida o’zimizning Islomiy burchimiz deb bilamiz. Sovet ittifoqi qulagandan so’ng NATO Islom o’lkalarini ishg’ol qilish va musulmonlarni qatl qilish bilan o’z faoliyatini davom ettirdi. Bu holat oxirgi 25 yilda musulmonlar boshidan kechirgan va dunyo guvoh bo’lgan haqiqatdir. Shunday ekan, NATO etakchilarini Turkiyada mehmon qilish aholisi musulmon bo’lgan Turkiya uchun xorlik emasmi”! Amerika, Britaniya va Frantsiya boshchiligida bu salbchilarning qonxo’rlarini o’lkamizda mehmon qilish va hali ham bu ittifoqning a’zolaridan biri bo’lish sizga og’ir botmayaptimi?! NATO ishg’ol qilgan erlarda bugungi kunda azoblanayotgan yosh go’daklarning nolayu-faryodidan hech qo’rqmaysizmi?! NATOning Bosnyada, Kosovada, Afg’onistonda va Liviyada qilgan ishlaridan so’ng qanday qilib “Barcha hyotiy qiyinchiliklarda NATOning yonida bo’lamiz”, deya olasiz?! NATO Afg’onistonda begunoh bolalarimizni qatl qildi. Muqaddas kitobimizni oyog’osti qilib, o’tda yoqdi. Hatto shahidlarimizning pokiza tanalari ustidan bavl qildi. Shunday bo’lishiga qaramay, qanday qilib “NATOning Afg’onistonda hali qiladigan ishlari juda ko’p”, deb ayta olasiz?! Insonlar, hayvonlar, tog’u-toshlar va butun mavjudotlar NATOning bosqinidan omon qolmagan ekan, siz qanday qilib “Afg’onistonda hali ham xavfsizlikka tahdid davom etmoqda”, deb ayta olasiz?! Hurmatli bosh vazir, shuni aslo unutmangki, Afg’onistondagi xavfsizlikka eng katta tahdid bosqinchi Amerika va NATOning o’zidir. Ey Ahmad Dovuto’g’li, Falastindan O’zbekistongacha, Suriyadan Afg’oniston va Sharqiy Turkistongacha bo’lgan musulmonlar sizlarni Islomga yordam berishga chaqirmoqda. Sizlar esa NATOning Afg’onistonda qolishini istamoqdasiz. Suriya uchun NATOdan hamkorlik qilishni kutmoqdasiz. Bosqinchi NATO etakchilarini kelgusi yig’ilishda oilalari bilan Turkiyaga ta’tilga da’vat qilmoqdasiz. Allohdan qo’rqing va musulmonlardan uyaling, shuni unutmanki, Alloh Taolo sizni bu pozitsiyangiz tufayli hisob-kitob qiladi.

 يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَخُونُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُوا أَمَانَاتِكُمْ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ”.

“Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.