Qirol As-Sisini qahramon deb e’lon qildi

397
0

Harbiy to’ntarish orqali Misr hokimiyatini qo’lga olgan Abdulfattoh as-Sisi ikki kunlik rasmiy safar bilan Ispaniyaga yo’l oldi. Misr prezidentini Ispaniya Qiroli Filipp VI va uning xotini Letiziya Qirol saroyida qabul qildi.

Prezident as-Sisi Ispaniyada Islomiy kuchlarga qarshi kurashgan bosh qahramon sifatida kutib olindi. Rasmiy uchrashuv chog’ida Ispaniya qiroli Filipp VI as-Sisining siyosiy Islomchilarga qarshi kurash olib borayotgan e’tiborli davlat rahbari ekaniga urg’u berib o’tdi va boshqalarni ham bu borada as-Sisiga yordam berishga targ’ib qildi.

“O’rta Sharqda bosh ko’targan va mintaqada beqaror vaziyatni vujudga keltirgan fundamentalistlarga qarshi As-Sisi boshchiligida olib borilayotgan kurashda Misr hukumatiga yordam berish lozim”, dedi qirol Filipp VI.

Prezident as-Sisining Liviya, Suriya, Yaman, va Falastinda davom etayotgan urushlarga chek qo’yish uchun mukammal vosita bo’lishini ham tilga olib o’tgan qirol Ispaniya bu davrda siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham Misrning yonidan o’rin olishini ma’lum qildi.

Ispaniyada chiqadigan gazetalarning yozishicha, as-Sisi rahnamoligida Ispaniya va Misr o’rtasida olib borilayotgan iqtisodiy aloqalar anchagina kuchaygan. Shuningdek, Ispan firmalari bu muhim ahamiyatga ega O’rta Sharq o’lkasida milliardlagan evroga teng tenderlarni qo’lga kirita boshlagan.

Ispaniya qiroli va uning xotini tarafidan qirol saroyida Sisining sharafiga berilgan ziyofatga Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy boshchiligida juda ko’p hukumat vakillari hozir bo’lishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.