Afg’oniston rasmiylari Tolibon bilan muzokaralarni jonlantirish ilinjida

477
0

“SA-NEWS” saytining xabar qilishicha, Afg’oniston hukumati rasmiylaridan iborat 20 kishilik guruh Tolibon bilan dastlabki muzokaralarni boshlash uchun Qatarga jo’nab ketgan.

Muzokara ishtirokchilari safida rasmiy hukumat xuzuridagi Oliy tinchlik kengashi a’zolari va boshqa afg’on siyosatchilari bor.

Guruh a’zolaridan birining aytishicha, ular hukumatni rasman namoyon etmaydilar va muzokaralar shaxsiy tashabbus sifatida olib boriladi.

Qatardagi Tolibonning rasmiy vakili ham yaqin kunlarda muzokaralar o’tkazilishi rejalashtirilgani va unda Pokiston hukumati ham ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edi.

Turkiston:

Amerika hukumati kerak bo’lgan vaqtda siyosiy manyovrlar o’tkazish uchun imkon qoldirish uchun har qanday tashkilot yoki har qanday davlat bilan muomala qilayotganda ikkiyoqlama siyosat yuritishi barchaga ma’lum. Rasmiy Vashington Tolibon harakatiga nisbatan ham huddi shu asosdan turib munsabat bildirib keladi.

AQSh prezidentining rasmiy vakili Erik Shults 2015 yil 29 yanvar kuni jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvida “Oq uy afg’on Tolibonini terrorist emas, balki qurolli isyonchilar”, – deb hisoblashini ma’lum qilgan edi. Uning so’zlariga ko’ra, bunday farqlash amerikalik harbiy xizmatchi Boui Bergdalni Guantanamo maxsus qamoqxonasida saqlanayotgan bir nechta mahbuslarga almashtirish vaqtida ahamiyatli bo’lgan.

Shultsning so’zlariga ko’ra, garchi so’ngi yillarda garovga olish holatlari ko’paygani sababli prezident yordamchisi Liza Monako boshchiligida bu munosabat qayta ko’rib chiqilayotgan bo’lsada, AQSh hukumatining an’anaviy terrorchilar bilan muzokalardan bosh tortishi o’z kuchini yo’qotmagan. Bergdal bilan bog’liq vaziyatda “Afg’onistonda urish tugaganligi” va AQSh prezidenti Barak Obamaning “u erda qaysidir amerikalik harbiy xizmatchini taqdir izmiga tashlab qo’yishni xohlamagani”ni ham hisobga olinganini aytib o’tgan edi.

AQSh moliya vazirligi tomonidan Afg’oniston Tolibon harakatini terrorchi tashkilotlar sirasiga kiritib, unga qarshi sanktsiyalar qo’llagan.

Bundan tashqari, AQSh milliy aksilterror markazi ham Tolibonni terrorchi tashkilot hisoblaydi.

Biroq, AQSh davlat departamentining “xorijiy terrorchi tashkilotlar” ro’yxatiga Tolibon harakati kiritilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.