AQSh o’rta osiyodagi strotegiyasini yangilamoqda

454
0

AQSh hukumati O’rta Osiyoga aloqador strotegiyasini yangidan ko’rib chiqishi va yaqin kunlarda bu haqida jamoatchilikka ma’lum qilinishi aytilmoqda.

O’rta Osiyo mintaqasi bo’yicha mutaxassislarning bildirishicha, 2001 yildan to hozirgi paytgacha AQShning O’rta Osiyoda yurgizib kelayotgan siyosati Afg’onistondagi janglarga bog’liq holda olib borilgan. Endi yangi strotegiya ishga solinishi aytilmoqda.

AQSh tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi qisqacha bayonot chiqarib, yangi davrda mintaqadagi xavfsizlik strotegiyasida o’zgarish yuz bermasligini ochiqladi. Bayonotga ko’ra, bunga qo’shimcha ravishda mintaqa iqtisodiyotini jahon bozorlariga olib chiqish, inson huquqlarini himoya qilish va demokratik boshqaruvni rivojlantirish kabi mavzularda O’rta Osiyo hukumatlari bilan hamkorlik qilish davom ettiriladi.

AQSh yangi davrda xususan mintaqaning tarixiy yo’nalishini belgilagan “Ipak yo’li” loyihasini kuchaytirishni olg’a surmoqda. Unga ko’ra, bu loyiha O’rta Osiyoning xavfsizligiga o’z hissasini qo’shadi. Bu bilan O’rta Osiyo davlatlari jahon bozorida eski o’rnini yanidan egallashi va xalqaro tijorat chorrahasiga qaytishi mumkin.

Tahlilchilarning fikricha, AQShning O’rta Osiyodagi strotegiyasini yangidan belgilashida Rossiyaning Ukraina tuproq yaxlitligiga nisbatan urinishlari va sobiq Sovetlar ittifoqiga qarashli erlardagi hatti harakatlari faol ta’sir kuchiga ega bo’ladi.

Turkiston:

AQSh, Rossiya olib borayotgan Turkmaniston va Botken viloyatlarida chiqarayotgan sun’iy vahimalari ortidan, mintaqadagi harbiy mustamlakasini kuchaytirib olmoqchi bo’layotganidan xavotirga tushgan ko’rinadi. Demak AQSh yana Rossiyaga qarshi Xitoy bilan olib boradigan “ipak yo’li” loihasini ilgari surmoqchi. Rossiya hozir Ukraina voqe’alaridan ancha holsizlana boshladi. u asosan harbiy tomonlama o’z mustamlaka yurtlarini ushlab qolmoqchi bo’ladi. Chunki siyosiy, iqtisodiy va saqofiy tomonlama u dunyoda o’z vaznini o’ta tez surat bilan yo’qotib borayapti.

Endi AQSh boshchiligida ko’tarib kelinayotgan IShID vahimasi biroz pasaytiriladi. Chunki Rossiya xam bu vahimadan foydalanib, mintaqadagi harbiy quvvatlarini mustahkamlay boshladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.