Qirg’izstonning O’sh shahrida 3 oylik go’dagi bilan ayol kishi qamoqqa olindi

381
0

 vof.kg,, www.advocacy.kg/, turmush.kg/ru/news:118872, diesel.elcat.kg va yana bir qator axborot vositalarining xabarlariga ko’ra, Qirg’izstonning O’sh shahrida 2015 yil 11 mart kuni 22 yoshli ikki yosh farzanning onasi Burulay Rahmonjon qizi qamoqqa olingan. U hozir qo’lida 3 oylik go’dagi bilan O’sh shahrida vaqtincha saqlash hibsxonasiga ushlab turilipti.

2013 yil yoz oyida militsiya xodimlari tomonidan Burulayning uyida tintuv o’tkazilgan va tintuv natijasida 13 ta kitob va 23 ta disk topilishi bahonasida uni ishi sudga oshiriladi. Sud ekspertizasidagi yasama ekspertlar esa bu kitoblar ichida ekstremistik ma’nodagi fikrlar bor ekanini, “Payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamdan keyin 4 ta Xalifa bo’lgan. So’ng Xalifalik tugagan”, degan ma’nodagi fikrlar ifoda etilgan ekan deb, ishni sudga o’tkazib berishgan. Kitoblarning aksari Quron va Hadisga asoslangan bo’lgan.

Burulay “bu kitobni men masjiddan olgan edim, ichidagi gaplar ta’qiqlanganidan mening xabarim yo’q. Bu kitoblarni men tarqatmoqchi ham emasman, degan gaplarining birortasi inobatga olinmagan.

Aslida bu kitob ichidagi keltirilgan iqtibos muftiyot xodimlariga tegishlik bo’lib, ular bu fikrni hozirda Xalifalik davlatini qurish uchun harakat olib borayotgan islomiy jamoalarga qarshi fikriy kurash sifatida ishlatib kelishadi. Ular hozir ham masjidlarda bu ma’nodagi fikrlarni o’z ma’ruzalarining asosi qilib, odamlarga keng tarqatib yurishibdi.

Nega bu da’vatchilar ekstremistik fikrlarni tarqatishayotgani uchun qamoqqa olinishmaydi?

Burulay esa shunday fikr ifoda etilgan kitobni uyida saqlagani uchun sud tomonidan bir yilga shartli jazo muddati bilan jazolangan. U hatto hozirgi sud tomonidan qo’yiilgan Qirg’izston jinoyat kodeksining 299 moddasiga to’g’ri kelishi uchun, ushbu kitoblarni tarqatish uchun uyida ushlab turgani ham isbotlangan emas. JKning 299 moddasida fuqoro terrorizmga taalluqli narsalarni faqat tarqatgani yoki tarqatish maqsadida saqlab turgani uchun jazolansin deyilgan.

Chunki, ular o’z konstitutsiyalari bo’yicha har bir fuqoro, har qanday fikrni ifoda etuvchi ma’lumotlarni har qandan ma’lumot saqlagichda, o’qib o’rganish yoki shunga qarshi harakatlanish yoki farzandlar tarbiyasini to’g’ri shakllantirish va xokazo, o’zi iste’molida foydalanish huquqiga ega, deb yozib qo’yilgan va uni himoyasi uchun prezidentga kafolat berib, uni xalq tomonidan saylab olishgan. Bu huquqlardan Qirg’iz fuqorolarining zaifalari foydalana olishmayapti. Ular bu ma’lumotlarni qaerdan olishni ham bilishmaydi.

Bunga sabab, Qirg’izistonda ta’qiqlangan kitoblar ro’yxatining o’zi yo’q. Bo’lganida qonunga muvofiq bir oyda kamida bir marotaba axborot televideniyalari orqali bu kitoblar ro’yxati xalqqa e’lon qilib turilishi kerak edi. Aks holda singlimiz Buruloy singari zaifalarimiz qaysi kitob qanday ekanini va boshqa o’z haq-huquqlarini qaerdan biladi?

Buruloyga hatto shartli jazodagi fuqoroning zimmasidagi vazifalari ham tushintirilgan emas. U ayol og’ir oyoq axvolida, qo’lida yosh farzandi bilan qaerga borishini bilmay bir nechata uchastka nozirlari va boshqa idoralarda sarson bo’lgan. Shu va boshqa qiyinchiliklar sababli vaqtida ro’yxatga turolmaganini aytgan. Lekin bu vijdonsiz va egallab turgan lavozimlari ortidan vaqtinchalik salohiyatga ega bo’lib turgan kuch strukturasi xodimlari uni qamoqqa olishga jur’at qilishdi.

Ha, jur’at qilishdi! Chunki u ayol – muslima! Demakki hozirda barcha quvvatlar saylovda ham, boshqa siyosiy ishlarda xam hisoblashishga majbur bo’lib turgan islomiy muhitni buzishdi! Musulmonlarning tuyg’ulariga tupurishdi. Negaki ayollar masalasi Islomda oriyat, nomus hisoblanadi. Ularga bo’lgan tajovuz ham xuddi shundek, ya’ni go’yoki avratimizga tajovuz singari qaraladi. U singlimizni biz hatto tanimaymiz ham. Lekin buning nima ahamiyati bor! Hukumat opa-singlilarimizga tajovuz qila boshladi! Biz o’z bir tug’ushganlarimizni olib kirib ketishlarini kutib o’tirishimiz noto’g’ri. Har birimiz, qanday lavozimda bo’lmaylik, hatto prezident ham o’z saloxiyatlarimiz doirasida bu ishga qarshi qo’limizdan kelganicha qarshilik ko’rsatishimiz vojib.

Aks holda oxiratda bu kabi razilliklarga sukut qilish bilan rozi bo’lganlar, ya’ni kamida zaif joxillar safida yoki dayus, zolim, munofiq va kofirlar safida tirilib qolishimiz mumkin, bundan Alloh saqlasin.

Bu kabi razil ishlarni amalga oshirishga buyiriyotgan yoki ijro etayotgan musulmonlarga shuni aytamizki, sizlar ayollar va opa-singillaringni xorlash bilan o’z farzandlaringni boqyapsizlar. Rizq Allohdan ekaniga iymon keltirganimizni inobatga olganimizda, bu ishlar U Zotga qarshi isyon, deb e’tibor qilinadi. Sizlar darhol tavba qilinglar yoki Allohni azobini kutib yashayveringlar! Allohning azobi o’ta qattiq! Yaxshisi tavba qilinglar.

Xizb ut Taxrir Qirg’iziston matbuot bo’limi raisi

16.03.2015

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.