Putin qayta paydo bo’ldi

423
0

5 mart kuni Italiya Bosh vaziri Matteo Rentsi bilan uchrashganidan so’ng jamoatchilik e’tiboridan g’oyib bo’lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 mart kuni Qirg’izston prezidenti Almazbek Atambaev bilan Sankt-Peterburgdagi uchrashuvda ilk marta ko’rinish berdi. Rossiya prezidentining g’oyib bo’lishi va qaerda ekanligi haqida aniq ma’lumot berilmagani u to’g’risida turli mish-mishlarni avj olishiga sabab bo’ldi. Jumladan, 11 martda “Reuters” axborot agentligi Putin Qozog’istonga 12-13 mart kunlari uyushtirishi kerak bo’lgan safarini kasalligi tufayli bekor qilgani haqida xabar tarqatgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada davlat to’ntarish amalga oshirilgani, hokimiyat harbiy xunta qo’liga o’tganligi hamda Putin kuch tuzilmalari tomonidan asirga olingani va hatto o’ldirilgani to’g’risida xabarlar to’xtovsiz paydo bo’la boshladi.

Shu sababli ham garchi Putin va Atambaev uchrashuvi olamiy ahamiyatga ega bo’lmasada, deyarli butun dunyo ular o’rtasida bo’lib o’tadigan 16 mart kungi uchrashuvga butun e’tiborini qaratdi. Uchrashuv vaqtida Qirg’izston prezidenti Almazbek Atambaev “Vladimir Putin nafaqat piyoda yuribdi, balki mashinani uchirib yuribdi”, – deb guvohlik bergan bo’lsa, o’z sog’lig’i haqidagi savolga to’xtalgan Putin: “Mish-mishlarsiz hayot zerikarli bo’lgan bo’lardi”, – deya kinoya bilan javob bergan.

Turkiston:

Putinning rejimi va umumiy Rossiya siyosiy elitasi ichida, jiddiy keskinlik paydo bo’la boshlagan ko’rinadi. Taniqli siyosiy taxlilchi Geydar Jamolning bir necha vidio chiqishlarida aytishicha, Kremlda tozalash ishlari kuchaytirib yuborilgan. Uning aytishicha, korruptsiyada ayblanib qo’lga olinayotganlarning deyarli xammasi Putinga yaqin bo’lgan davlat ishchilari emish. Bu ishlarni u “davlat to’nkarilishi” deb atadi. Sababini esa, G’arbga qattiq bog’lanib qolgan davlat arboblari, G’arb qo’yayotgan sanktsiyalarda yo’qotayotgan va yana yo’qotishi mumkin bo’lgan manfaatlaridan kecha olmaganlaridan emish. Bu siyosiy elitaga G’arb, ular kecha olmaydigan manfaatli choralar taklif qilishgan. Lekin ularning takliflari Putinning olib borayotgan siyosatiga zid ekanligi aniq.

Putinning oxirgi matbuotga bergan ma’lumotida xam, shu G’arbdan ta’sirlanayotgan siyosatchilardan noroziligini ifodasi seziladigan oxang bo’lib o’tdi. Geydar Jamolning aytishicha, bunaqangi xolatda prizident o’ldirilib yuboriladi, lekin tirik qoldirilsa, demak prizident ular bilan kelishib olgan bo’ladi. Putinni gaplari xech narsani anglatmaydi, yaqin kunlarda xarakatlarida o’zgarishlar bo’lsa, yuqoridagi Jamolning gaplari tasdiqlangan bo’ladi. Bu o’zgarishlar asosan Ukraina va Krim masalalarida ro’y berishi kutiladi.

Putin YevroZYeS loixalarini yurgizishidan balki Rus siyosiy elitasi manfaatdordir. Lekin Rossiyada xozir korruptsiyaga qarshi xalq nafratini yo’naltirish kuchaytirilishi sezilmoqda. Agar Putinning atrofidagi rejimga aloqador shaxslar qilgan noqonuniy ishlari ochilaversa, bu oxir oqibat Putinning obruyini pasayishiga olib kelishi aniq. Shunda uni biror bir yo’l bilan, taxtdan ag’darish yoki qatl qilish mumkin bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.