Qirg’izstonga xavf “IShID” danmi yoki Hizb ut-Tahrirdan?

432
0

2015 yilning fevral oyidan boshlab Qirg’izstonning barcha viloyatlarida kuch strukturalari tomonidan Hizb ut-Tahrir yigitlariga qarshi bir qator amaliyotlar bo’lib o’tdi. Bu amaliyotlar hozir ham ayrim viloyatlarda davom etyapti. Hizb ut-Tahrirga qarshi olib borilayotgan amaliyotlarda Qirg’izston hukumati hatto ayollarni ham ayab o’tirmayapti. Organ xodimlari tomonidan olib borilayotgan amaliyotlar chog’ida, uylarda tintuv o’tkazish, ko’chadan ushlab ketish orqali Hizb yigitlarini mahkamalarga olib ketdilar. Ayrimlarni qamoqqa tashlagan bo’lsalar, ba’zilarining ishi sud jarayonida.

 Davlat amaldorlari bu amaliyotlarni o’tkazishdan maqsadni, “Tashqaridan bizga jangarilar xavfi bor. IShID Afg’onistonga keldi, endi Tojikiston orqali bizga ham kirib keladi. Buni oldini olish uchun biz xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqdamiz”, kabi so’zlar bilan oqlashga urinib ko’rishdi.

Buday rasmiy bayonotlardan so’ng xolis musulmon kishida savol tug’ilishi tabiiy. Agar “IShID” tashqaridan kirib kelsa va hukumatga xavf tug’dirsa, nega hukumat Hizb ut-Tahrirga qarshi kurashni kuchaytirmoqda?

 Biz avvalgi xabarlarimizda, Qirg’izston bu ishlarni tashqi davlatlar bosimi ostida, Rossiya yoki Amerika kabi mustamlakachilarning buyrug’ini bajarishga intilish va ularni rozi qilish ilinjida amalga oshirayotganini aytib o’tgan edik. Qirg’izston hukumati tomonidan bunday buyruqlarni so’zsiz bajarilishi shunga majbur qilayotgan yirik davlatlar manfaatlariga mos keladi. Lekin bu ishlar Qirg’izston hukumati ziyoniga xal bo’layotgani achinarli hol. Chunki bu amaliyotlar chog’ida organ xodimlari tomonidan xalqqa qilingan zulm fuqarolarda hukumatga insbatan nafrat paydo bo’lishiga olib keldi.

Masalaga jiddiyroq nazar tashlagan odam shuni faxmlaydiki, bu ishni boshlagan davlat rahbarlari Qirg’izston davlatiga xiyonat qilishmoqda. Chunki, olib borilayotgan bunday amaliyotlar natijasida Qirg’izstonning ertangi kuni uchun beqaror muhit tayyorlanmoqda va xalqni hukumatga nisbatan gij-gijlamoqda.

 Qirg’izstonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi esa musulmonlar birligi, tinchligini va Islom manfaatlarini himoya qilib kelmoqda. Musulmonlarni Islom diniga to’laligicha amal qilishga va har bir ishlarida shariatga amal qilishga, ayrim siyosatchilarning asossiz vahimalariga va ularning axmoqona provakatsiyalariga aldanmaslikka chaqirib kelmoqda. Bu esa Rossiya yoki Amerikani buyrug’ini bajaraman va shu bahona mo’may daromad qilaman degan xoin siyosatchilarga yoqimaydi, albatta.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda Qirg’izston manfaatlarini o’ylagan yagona guruh bu – Hizb ut-Tahrirdir. Qirg’izstondagi musulonlarni manfaatlarini himoya qiladigan ushbu jamoa Qirg’izston hukumatiga xoin siyosatchilarning musulmonlar ustida olib borayotgan jirkanch ishlarini bajarishga yo’l bermaydigan va ularning tomog’iga tiqilgan suyak bo’lib qoldi. Ummat manfaatlarin himoya qilishda ularning xiyonatlari ko’rinib qoldi.

Bunday xoin siyosatchilar tomonidan ilgari surilayotgan millatchilik, terrorizm kabi bahona va soxta vahimalar ular uchun Ummat mulkini talon-taroj qilishga imkonyatlar yaratib bermoqda. Hizb ut-Tahrir esa bu ishlarni oldini oladi. 2010 yilgi O’sh voqealari va hukumat tomonidan mamlakat janubida tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadida Shayxul Islom Roshod qori Kamolovni hibsga olish ishlari bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Qirg’izstonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi yuqorida aytib o’tilgan siyosatchilarning manfaatlariga zid kelish yoki kelmasligidan qat’iy nazar, Ummat manfaatlarini himoya qiladi va Islom bilan yashashga da’vat qiladi. Bu yo’lda malomatchining malomatidan qo’rqmaydi va Allohning roziligiga etishish yo’lida payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning tariqatidan qilcha ham og’magan holda o’z faoliyatida davom etadi, inshaAlloh.

Ansor Ansor

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.