Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Istanbulda o’tkazilgan konferentsiyadagi ochilish nutqi

482
0

Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning – Alloh u kishini o’z hifzu himoyasida asrasin – 2015 yil 3 mart seshanba kuni Istanbulda o’tkazilgan «Demokratik prezidentlik boshqaruvimi yoki roshid Xalifalikmi?» nomli konferentsiyadagi ochilish nutqi

Allohga hamdu sano bo’lsin, Rosulullohga, oilasiga, ashoblariga va u kishini do’st tutinganlariga salotu salomlar yog’ilsin.

Konferentsiyamizda hozir bo’lgan aziz birodarlar, Alloh sizlarni O’z itoati ila ikrom qilsin! Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

 ﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ﴾

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da qildi» [Nur 55]

Rosululloh A bunday marhamat qildilar:

«… ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَاُ شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«… So’ng zolim-zo’ravon podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi» (Imom Ahmad va Tovalisiy ishlab chiqqan).

Darhaqiqat men, ey birodarlar, so’zimni Allohning xalifa qilish to’g’risidagi va’dasi bilan, Rosululloh Aning biz boshdan kechirayotgan zolim-zo’ravon podshohlikdan keyin roshid Xalifalikning qaytishi to’g’risidagi bashoratlari bilan boshlashni istadim… 90 yildan ziyod vaqt muqaddam, ya’ni hijriy 1342 yili rajab, milodiy 1924 yil mart oyida mustamlakachi kofirlar o’sha paytdagi Britaniya boshchiligida hamda ularning arab va turklardan iborat malaylari yordamida Xalifalikni qulatishga erishishgan paytda Islomiy Ummatga etgan alamni aytishdan oldin umid bilan boshlashni istadim… Bu ish 1924 yil 3 mart dushanba kuni Anqara parlamenti o’tkazgan ikkinchi yig’ilishda chiqarilgan qarorning ijrosi bo’ldi. Yig’ilish asr vaqti 15:25dan boshlab kechki soat 18:45gacha davom etdi va Ummatni o’ldiruvchi ushbu qarorni, ya’ni Xalifalikni bekor qilish qarorini chiqarish bilan yakun topdi. Qizig’i, bu qarorga ovoz berish yashirin ovoz berish bilan emas, balki qo’l ko’tarish bilan amalga oshdi. Bularning barchasi qo’rquv muhitida o’tdi. Chunki qo’l ko’tarib ovoz berish ovoz sohibini fosh qilar va bu xatarli ish edi. O’sha qora kundan boshlab, Islom Ummati o’z hayotida va boshqa ummatlar o’rtasidagi tutgan o’rnida ne-ne balolarni boshdan kechirmadi:

Yagona Ummat bo’lgan, bitta davlati va bitta xalifasi bo’lgan musulmonlar ellikdan ortiq davlat va davlatchalarga bo’linib ketdilar… Bashariyat Robbi tuzgan ahkomlardan iborat dasturimiz shu bashariyat qo’li bilan tuziladigan bo’ldi… Butun dunyo bo’ylab fathlar qilgan, ezgulik ulashgan, butun olam ularni bag’rini ochib kutib olgan musulmonlar chor atrofdan, hatto o’rtasidan bo’lib tashlangan davlatlarida qoldilar! Xorlik va miskinlik yozib qo’yilgan, Allohning azobiga giriftor bo’lgan yahudiylar Isro va Me’roj zamini Falastinni bosib olishdi. Bu ham kamlik qilgandek, anavi hukmdorlarimiz hatto yahudiylar davlatini tan olishyapti, ular bilan diplomatik aloqalar qilishyapti! Xalifa «hoy Mo”tasim», deya nola qilgan ayolga yordam berish uchun qo’shin tortib borib, unga zulm qilganlardan o’ch olgan, (bugungi Anqara yaqinidagi) Amuriyani fath qilgan edi… Ammo bugun musulmonlar ayollari butun dunyoda zulm qilinishga va nomuslari toptalishga mahkum bo’lib qoldilar, islomiy yurtlar hukmdorlaridan birortasi ularga yordam bermayapti… Ilgari bizdan boshqa davlatlar yordam so’rar edi. Masalan, Frantsiya xalifa Sulaymon Qonuniydan podshohini asirdan qutqarib olishi uchun yordam so’ragan. Bugun esa biz mustamlakachi kofirlarga muammolarimizni hal qilib berishlari uchun yordam so’rab boradigan bo’lib qoldik…

Aziz birodarlar, shunday qilib, musulmonlar musibat va fitnalar iskanjasida qoldilar, oldilaridan ham, ortlaridan ham qirg’inga nishon bo’lmoqdalar, nima qilarini bilmay hayron qoldilar! Bunga ularning sonlarining ozligi yo kuchsizliklari sabab bo’lmadi, balki qalqonsiz qolganliklari sabab bo’ldi. Chunki Rosululloh A

 »إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ«

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi» deganlar (Buxoriy o’zining «Sahih»ida rivoyat qilgan).

Qalqon va himoyaning yo’q bo’lishi bilan musulmonlar boshqaruvsiz, himoya qiluvchisiz qoldilar. Hatto ular ustidan Allohdan qo’rqmaydigan rahbarlar hukmron bo’lishdi, ularning mustamlakachi xo’jayinlari manfaatlarini ro’yobga chiqarish va odamlarga zo’ravonligu zulm qilishdan boshqa tashvishlari qolmadi:

 ﴿وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ﴾

 «Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olishadi» [Shuaro 227]

Xalifalik, aziz birodarlar, musulmonlar azizligining manbasi va qudratining belgisidir. Buni mustamlakachilar dohiylari yaxshi bilishadi. Shuning uchun Xalifalik ag’darilgan paytda Britaniya parlamenti quyi palatasida Kerzon bunday degan: «Muhimi, Turkiya yo’q bo’ldi, endi u hech qachon qayta oyoqqa turolmaydi, chunki biz uning ma’naviy qudratini-Xalifaligi va Islomini yo’q qildik». Gap shundaki, ular buni yaxshi idrok qilishgani sababli Xalifalikni ag’darish bilan kifoyalanishmay, uni qayta barpo etilishiga yo’l qo’ymaslik uchun ham kuch sarflashdi va hamon kuch sarflashib kelmoqda, uni barpo etishga harakat qilayotgan zotlarga qarshi urush olib borishmoqda. Shuning uchun ham bundan oltmish yil muqaddam Hizb ut-Tahrir paydo bo’lganini, u Xalifalikni qayta boshlash masalasini musulmonlarning taqdiriy masalasiga aylantirganini eshitishgan paytda eslari og’ib qoldi… Hech o’ylab o’tirishmay, malaylari bilan birgalikda Hizb ut-Tahrirga qarshi urush boshlashib, tuhmat qilish, qamoqqa tashlash, qiynoqlarga solib, shahid qilish, uzoq muddatga qamash kabi o’qdonlarida saqlashayotgan barcha qurollarini ishga solishdi… Biroq bularning barchasida omadlari chopmadi, Hizb Allohdan o’zgaga egilmasligicha qoldi… Nihoyat, mustamlakachi kofirlar Hizbga qarshi navbatdagi urushni qo’llashdi. Ya’ni shariatga zid yo’l bilan xalifalik e’lon qilgan ayrim islomiy harakatlarning jinoyatlaridan va so’yish, yoqib yuborish, buzish, vayron qilish kabi ularning noshar’iy xatti-harakatlaridan foydalanishdi, bu qilmishlarni sharhlaydigan va ekranlar orqali keng ko’lamda namoyish etadigan bo’lishdi. Bu bilan – mana, siz xohlayotgan xalifalik, u manfur jinoyatlar sodir etmoqda, deya musulmonlar qalbiga qo’rquv solishni, keyin musulmonlarning haqiqiy Xalifalikdan nafratlanib qolishlarini maqsad qilishdi. Biroq kofirlar avvalgi uslublarida omadsizlikka yuz tutishganidek, bu safar ham – Allohning izni ila – omadlari chopmasligi aniq. Chunki odamlar shar’iy Xalifalikni tushunmoqdalar, u bilan hozirgi iddio qilinayotgan xalifalikni ajrata bilmoqdalar, haqiqiy Xalifalik noma’lum emas. U Rosululloh A ochiq ko’rsatib bergan va ul zotdan so’ng roshid xalifalar shu ko’rsatma bo’yicha yurgan boshqaruvdir. Xalifalik imperatorlik, podishohlik ham, respublikachilik ham, prezidentlik ham, parlamentlik ham emas, shuningdek, u diktatorlik, Allohni qo’yib, o’rniga shariat tuzadigan demokratik nizom, yoki boshqa biror g’ayriilohiy boshqaruv emas. Balki u adolatli Xalifalikdir. Uning hukmdorlari xalifalar va imomlar bo’lib, ular bilan himoyalaniladi va ular ortida turib jang qilinadi… U insonlar jonini, or-nomusini, mollarini himoya qiladigan, ahdga vafo qiladigan xalifalikdir. Bu Xalifalik zo’ravonlik qilish va majburlash bilan emas, rozilik va ixtiyor bilan bay’at oladi. Odamlar vahimaga tushib undan qochmaydi, balki unga xotirjam hijrat qiladilar…

Qadrli konferentsiya qatnashchilari, ey ko’zi ochiq va zakovatli kishilar, ey ish egalari, musulmonlarning qalqoni, himoyachisi bo’lmish Xalifalikning yo’qligi sababli og’riq tuyuvchi zotlar… Ustingizdan gunohi azimni olib tashlab, roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat qiling. Chunki bu faoliyatni tark etish og’ir gunohdir. Rosululloh A

«… وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«… Kim elkasida bay’atsiz holda vafot etsa, johiliyat o’limi bilan o’libdi», demoqdalar (Muslim rivoyati). Ya’ni bitta haq xalifaga bay’at qilish bilangina bu gunohdan forig’ bo’ladilar, bas, shunday ekan, keling, erkaklaringiz, ayollaringiz, xos kishilaringizu umum kishilaringiz, hammangiz g’ayrat, shijoat va xolislik bilan ushbu Xalifalikni barpo etish ishini birgalikda qilaylik, bu buyuk yutuqdir…

So’zim oxirlab qolar ekan, sizlarga bir narsani eslatib, yana boshqa narsa bilan sizlarni xotirjam qilmoqchiman:

Eslatib o’tmoqchi bo’lgan narsam shuki, bugun ushbu konferentsiyangiz o’tayotgan Uskudar shahri Konstantinopoldan oldin fath etilgan er bo’lib, xalifalarning Osiyodan jo’natgan qo’shinlariga fath darvozasi vazifasini o’tagan, o’sha erda qo’shinlar to’plangan va o’sha erning portidan Istanbulning Yevropa qismidagi port sari yo’l olib, Konstantinopolga g’azot qilganlar, so’ng uni qurshovga olganlar. Qayta-qayta shunday qilaverganlar, qilaverganlar va nihoyat, Alloh Taolo sulton Muhammad Fotihga O’zining buyuk fazlini in’om etgan. Bu haqda Rosululloh A bunday marhamat qilganlar:

«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ، فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا، وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«Konstantinopolni albatta fath qilasizlar, uning amiri naqadar baxtli amirdir, bu qo’shin, aynan shu qo’shin qanday ajoyib qo’shindir» (Imom Ahmad ishlab chiqqan).

Xotirjam qilmoqchi bo’lgan narsam shuki, Hizb ut-Tahrir safidagi birodarlaringiz haq ustida sobitdirlar. Ular roshid Xalifalikning qayta barpo bo’lajagi to’g’risidagi Alloh Subhanahuning va’dasi bilan Rosuli Aning bashoratlarini ro’yobga chiqarish yo’lida malomatchining malomatidan qo’rqmay, g’ayrat-shijoat bilan faoliyat qilmoqdalar, bu yo’lda Rosululloh A ko’rsatgan yo’ldan ketmoqdalar. Bugun bu birodarlaringiz Alloh Subhanahuning izni ila, ushbu yo’lning oxiriga etay deb qoldilar, ular siz bilan birgalikda Rosululloh A bayrog’i bo’lgan Uqob royasi soyasidan bahramand bo’lajaklar. Xalifalik shu tarzda er yuziga o’z nurini taratgay va Islom diyorida xavfsizlik, tinchlik va adolat hukm surgay.

 ﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ﴾

«O’sha kunda mo’minlar Allohning nusratidan shodlanadilar, (Alloh) istagan kishilariga nusrat beradi va U qudratli rahmlidir» [Rum 4-5]

So’zim nihoyasida sizni konferentsiyangiz bilan muborakbod qilaman, uni Allohning barakoti bilan, Allohning nomi bilan boshlang… Men Alloh Subhanahudan so’raymanki, ushbu konferentsiyangiz Islom va musulmonlarni qudratli qiluvchi, mustamlakachi kofirlarni xor etuvchi muborak totli samara bersin.

﴿وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ﴾

«Alloh O’z ishida g’olibdir lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Ato ibn Xalil Abu Roshta

Hizb ut-Tahrir amiri

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.