Iydi Qurbon (Iyd al-Azha) butun Islom Ummatiga muborak bo’lsin

750
0

etgxv9 (1) اللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ لَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ وَاَللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ وَلِلَّهِ الْحَمْدُ

“Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illollohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd” Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan Islom dinini g’olib qilishni hamda ularning ahvolini xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qilgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin.

“… so’ng Payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi”, deya bashorat qilgan Allohning Rosuliga, u kishining oilalari, ashoblari va u zotga yaxshilik bilan ergashib, Islom aqidasini o’zining fikratiga asos qilib olgan zotlarga salotu salomlar bo’lsin, ammo ba’d:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Musulmonlarning buyuk bayrami Qurbon hayiti yana huzurimizga keldi. Bu bayram bilan eng avvalo butun dunyo musulmonlariga yaxshiliklar tilab, Alloh rizosi uchun qilgan butun ibodatlaringiz qabul bo’lishini so’rab qolamiz.

Garchi hayitimiz biz musulmonlarga alamli va og’riqli voqealar bilan qorishiq kelayotgan bo’lsada, kelajakka umid ila boqib, Allohdan ummat boshidagi musibatlarni ko’tarishini so’rab, Qurbon hayiti bilan muborakbod etamiz!

Insha Alloh keyingi hayit bayramlari tabrigini jinoyatchi hokimlaridan xalos bo’lgan holda, oshkora ravishda shaxsan Xalifamizning o’zidan eshitishni Ulug’ Robbimizdan yolvorib so’raymiz. Zero, Xalifalik davlatiga musulmonlar xalifasi bosh bo’lib odamlarni chirkin kapitalistik zulmidan Islom nuri va adolatiga olib chiqadi.

Barchangizni muborak Qurbon hayit bayrami bilan yana bir bor tabriklaymiz. Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizni O’zining Haq yo’lidan adashtirmasin hamda O’z nusrati bilan rizqlantirsin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.