Nabil al-Arabiy: tezlik bilan qo’shma harbiy kuch tashkil qilish lozim

497
0

Arab davlatlari ligasi Misr poytaxti Qohirada tashkil qilingan yig’ilishda terrorizmga (Islomga) qarshi zudlik bilan mushtarak armiya tashkil qilishga ehtiyoj tug’ilganligini ochiqladi.

Arab davlatlari ligasining rahbari Nabil al-Arabiy yig’ilish chog’ida bergan bayonotida “ekstrimistik” (Jihodiy) guruhlarning yoyilishini oldini olish uchun hech kechiktirmay, qo’shma harbiy kuch tashkil qilish lozimligini ta’kidladi.

“Ko’p maqsadli arab harbiy kuchlarini tezlik bilan tashkil qilishga ehtiyojimiz bor. Uning yordamida terrorizmga (Islomga) va terrorchi (Islomiy) guruhlarning faoliyatiga qarshi kurashga imkon topa olamiz”, dedi Nabil Al-Arabiy arab davlatlarining tashqi ishlar vazirlari to’plangan yig’ilishda.

Al-Arabiy so’zi davomida arab davlatlari o’rtasida xavfsizlik masalalari bo’yicha hamqorlik qilish va razvedka ma’lumotlarini almashish o’ta muhimligiga urg’u berdi.

Arab ligasi rahbarining yordamchisi Ahmad bin Halli ham ligaga a’zo davlatlar rahbarlarining 28-29 mart kunlari Misrda tashkil qilinadigan uchrashuvda yuqorida zikr qilingan arab harbiy kuchlarini tashkil qilish masalasi muhokama qilinishini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.