Amerika elchisi Atambaevni AQShga taklif qildi

379
0

Bosh vazir birinchi o’rinbosari Abdurahmon Mamataliev 12 mart kuni AQShning Qirg’izistondagi muvaqqat elchisi Richard Maylzni qabul qildi. Avval xabar qilinganidek, Richard Maylz fevral oyida AQSh hukumati doimiy elchi tayinlagunga qadar Qirg’izistonga muvaqqat elchi qilib tayinlangan edi.

Hukumat matbuot xizmatining xabar qilishicha, Mamataliev Richard Maylzni yangi vazifaga tayinlagani bilan tabriklab, Qirg’iziston hukumati mamlakatda faoliyat yuritishida unga har tomonlama ko’mak ko’rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

“Sizga ma’lumki, Qirg’iziston va AQSh o’rtasidagi hamkorlik har doim faol va ijobiy xarakterga egaligi bilan ajralib turgan. Bizda ko’plab dasturlar, jumladan, mudofaa va xavfsizlik, harbiy-texnikaviy sohadagi loyihalar, shuningdek terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo’yicha loyihalar mavjud. O’ylaymanki, bizga shunday tajribali elchi kelgan ekan aloqalarimizning yangi davri boshlanadi”, – dedi Mamataliev.

O’z navbatida Richard Maylz o’rnatilgan hamkorlikni davom ettirishlikka tayyor ekanligini bildirib, terrorizmga qarshi kurash bo’yicha fevral oyida Vashingtonda bo’lib o’tgan sammitda qirg’iz delegatsiyasi ham ishtrok etganidan qoniqish xosil qilganini aytib o’tdi.

Shuningdek u, bo’lib o’tadigan BMT assambleyasi vaqtida AQSh prezidenti Barak Obama Vashigtondagi sammitda ishtrok etgan davlatlar bilan kichik konferentsiya o’tkazishni rejalashtirayotganini aytdi va Atambaev ham mazkur konferentsiyada ishtirok etish istagini bildirishidan umidvor ekanligini bildirdi. Uning so’zlariga ko’ra, bu AQSh prezidenti bilan uchrashish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.