Da’vatni etkazuvchi birodarning vafot etgani to’g’risida xabar

400
0

Da’vatni etkazuvchi birodarning vafot etgani to’g’risida xabar

 ﴿مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ ۖ فَمِنْهُم مَّن قَضَىٰ نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ ۖ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا﴾

«Mo’minlar orasida Allohga bergan o’z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bor, ulardan ayrimlari o’z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo’ldi), ayrimlari esa intizordirlar, ular (ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q»

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi Allohning qazoi qadariga taslim va xotirjam bo’lgan holda shuni ma’lum qiladiki, Hizb ut-Tahrirning birinchi avlodlaridan hamda shayx olim Taqiyyuddin Nabahoniyning shogirdlaridan biri bo’lmish ulug’, sabrli va faqat Allohdangina mukofot umid qilgan ustoz Foruq Muhammad Haboyib Abu Mahmud vafot topdilar.

Allohning izni ila marhum 2015 yil 4 mart payshanba kuni tongda qariyb sakson uch yoshida Alloh Taolo huzuriga rehlat qildilar. Butun umrini islomiy hayotni qayta boshlash uchun Hizb ut-Tahrir safida da’vat qilib o’tkazdilar va shu davr mobaynida Allohga bergan ahdu paymonlarida sodiq turgan zotlardan bo’ldilar. Shunday bo’lsada biz Allohga hech kimni gunohdan pok, deb da’vo qilmaymiz.

Qadrli shayximiz va ustozimiz Abu Mahmud, biz sizdan ajralganimiz uchun ko’zlarimiz yoshga, qalblarimiz alamga to’ldi. Allohim, ushbu zotni rahmat qil, mag’firat ayla, yotar joyini obod et, borar joyini keng qil. Allohim, ushbu zotni o’z hovlisidan ham yaxshi hovli bilan, ahlidan ham yaxshi ahl bilan mukofotla, qiyomat kuni har ishga qodir podshoh bo’lmish O’zingni huzuringda uni ham, bizni ham Anbiyolar bilan birga qil.

 ﴿إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ﴾

«Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O’ziga qaytajakmiz» [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.