Markaziy Osiyodagi diniy ulamolar Bishkekda uchrashishadi

515
0

Markaziy Osiyo respublikalarining din olimlari va Ulamolar kengashi a’zolari Bishkek shahrida bo’lib o’tadigan yig’ilishda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalasini muxokama qilishadi. Forum 11 mart kuni “Oq kema” mexmonxonasida bo’lib o’tadi. Bu haqida “Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmatiga forum tashkilotchilari ma’lum qildi.

Tadbirda diniy radikallashuvni oldini olish bo’yicha umumiy reja ishlab chiqiladi. Mazkur forumda Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston va Qozog’istondan tashrif buyurgan mutaxassislar ham ishtirok etishadi.

Forumni “Din, huquq va siyosat” markazi, Bishkekdagi Islom ilmiy tadqiqot instituti va “Umumiy manfaatlarni izlash” markazlari hamkorlikda uyushtirmoqda.

Turkiston:

 Joriy yilning 2-3 mart kunlari Bishkek shahrida Qirg’iziston Strategik tadqiqotlar milliy instituti va Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasining terrorizmga qarshi kurash markazi hamkorlikda “Markaziy Osiyoda zo’ravon ekstremizm va diniy radikalashuvga qarshi kurashda hukumat organlari va ilmiy-tadqiqot institutlari say-harakatlarini birlashtirish” nomi ostida forum uyushtirgan edi.

Mazkur forumda Markaziy Osiyoda joylashgan barcha respublikalar kuch organlari vakillari ishtirok etishigan va ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda kuch organlari hamda ilmiy institutlar hamkorligini kuchaytirishga kelishib olishgan edi. Endi esa navbat diniy ulamolarga keldi.

AQSh va Rossiya boshchiligida Islom va musulmonlarga qarshi olib borilayotgan kurashni Markaziy Osiyo respublikalarida keng yoyilishida mahalliy ekspertlar asosiy rolni ijro etib berishmoqda. Ular o’z “taxlillari” bilan amalda mavjud bo’lmagan xavfni paydo qilishlari yoki ortiqcha bo’rttirib yuborishlari ortidan rasmiy hukumat musulmonlarni ta’qib va tazyiq ostiga olib, musulmonlarni o’zlari uchun daromad manbaiga aylantirib olishmoqda.

“Din, huquq va siyosat” markazi rahbari Qodir Malikov “Islomiy davlat” guruhi Markaziy Osiyoda qator terror xurujlari amalga oshirish uchun 70 million dollar ajratgani haqida” aytgan va buni isbotlovchi birorta ham dalil keltirmagan bo’lsada, Qirg’iziston Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi uning so’zlariga tayanib, “Islomiy davlat” guruhi kabi radikal tashkilotlar mamlakat janubi va O’zbekistonning Andijon viloyatida ildiz otayotgani hamda O’sh shahri va Andijon viloyatida bir qator terrorchilik xurujlarini amalga oshrishni rejalashtirgan shaxslar qo’lga olinganini”, ma’lum qilgan edi.

Mana shunday vahimalar ortidan Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari ko’rsatmasiga binoan kuch organlari va ilmiy markazlar o’z kuchlarini Islom va musulmonlarga qarshi kurashda birlashtirish harakatiga tushib qolishdi. O’z navbatida o’zlarini diniy etakchi hisoblaydigan ulamolar ham ularning qo’lida qo’g’irchoq bo’lib o’ynab bermoqdalar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.