Konferentsiya haqida xabar tarqatishda matbuotning roli

411
0

3 mart kuni Hizb-ut tahrir – Turkiya viloyati tarafidan tashkil qilingan “Prezidentlik boshqaruv shaklimi yoki Roshid Xalifalikmi?” nomli konferentsiya haqida ommaviy va maxalliy axborot vositalari xabar tarqatishdi. Biz ularning xabar tarqatishda qanchalik “xolis” ekanliklariga yana bir bor guvoh bo’ldik.

Konferentsiyada birinchi bo’lib so’zga chiqqan mehmon “fan va madaniyat tadqiqotlar” fondining rahbari Mehmet Pamak ikki tarafda osib qo’yilgan Otaturkning suratiga ishora qilib uni tanqid ostiga oldi.

“…biz bu Xalifalik davlatining qanday parchalanganligi haqida gapirayotganda ham, Xalifalikni qulatganlarning soyasidan qutila olmayapmiz. Mana ikki tarafda uning rasmlari bor. Buni osib qo’ygan hokimiyatga shunday murojaat qilmoqchiman: Bu zallar sizning otangizdan qolgan emas, bizdan yig’ib olingan soliqlar evaziga qurilgan. Shuning uchun bu erlar neytral bo’lishi kerak…”, dedi jumladan Mehmet Pamak

Pamakning bu gaplari esa matbuot vakillari uchun ayni muddao bo’ldi. Konferentsiyaning asosiy mavzusi Xalifalik davlatining naqadar muhimligi haqida bo’lishiga qaramay, matbuotda tarqatilgan xabarlarda barcha diqqat-e’tibor Otaturk suratining tanqid qilinishiga qaratildi.

Vaholangki konferentsiyada muhokamaga qo’yilgan asosiy mavzu “Prezidentlik boshqaruv shaklimi yoki Roshid Xalifalikmi?” mavzusi edi. Barcha notiqlar bu mavzuni aniq-tiniq qilib yoritib o’tishda. Xususan, Hizb-ut Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor prezidentlik boshqaruv shakli bilan Roshid Xalifalik o’rtasini etarlicha ajratib berdi.

“…Aziz mehmonlar, Islomiy davlat vayronalari ustiga qurilgan Turkiya jumhuriyati Musulmonlarga Angliyadagi kabi parlament rejimini tiqishtirdi. Bugungi kunda esa Amerikadagi kabi prezidentlik boshqaruv shaklini taklif qilmoqda. Hamda buni musulmonlar uchun eng to’g’ri yo’l sifatida talqin qilmoqda. Ba’zilar prezidentlik boshqaruv shakli musulmonlar uchun xotirjamlik olib kelishini ilgari surmoqda. Hatto ba’zi Allohdan qo’rqmaganlar uyalmasdan prezidentlik boshqaruv shaklini Islomiy boshqaruv shakli bilan bir ekanligini va Xalifalikka o’xshashini da’vo qilishmoqda. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi va prezident Erdogan orqali taklif qilinayotgan Amerikacha boshqaruv shaklini musulmonlar quchoq ochib kutib olishlarini kutishmoqda.

Endi biz bu erdan turib shunday savol bilan murojaat qilmoqchimiz. Prezidentlik boshqaruv shakli keladigan bo’lsa, musulmonlarning hayotlarida nima o’zgaradi. Musulmonlarning Xalifalari borligida ular Robbilari bilan aziz va dinlari ila kuchli edilar. Musulmonlarning Xalifasi bir so’z so’zlaganda u so’z dunyoning to’rt tarafidan aks sado berardi. Musulmonlarning armiyasi kofirlarning qalblariga qo’rquv solardi. Yechim sifatida taklif qilinayotgan prezidentlik boshqaruv shakli mana shularni yangidan tiklay oladimi?

Yana shunday deya so’raymiz: Prezidentlik boshqaruv shakli bo’lsa, Falastinni yahudiylarning bosqinidan qutqaradigan, armiyaga qo’zg’alish amrini beradigan bir rahbarimiz bo’ladimi? Prezidentlik boshqaruv shakli kelsa bosqinchi yahud vujudiga – shunchaki gaplar bilan emas – armiyalarni safarbar qilib kerakli javobni beradigan bir rahbarimiz bo’ladimi? Nima bo’ladi bilasizlarmi? Falastin erlari uchun Amerikaning istagini uning izidan takrorlab turadigan bir rahbar bo’ladi. 1967 yilda ishg’ol qilingan erlarni yahudiylarga berish majburiyatini olib, falastinlik birodarlarimizga bir qarish erga rozi bulishni nasihat qiladigan bir rahbar bo’ladi. Yoki bugun bo’lgani kabi, Isroil davlati bilan tijorat hajmida rekordlar o’rnatgan, uning iqtisodiga bu tijorat bilan hissa qo’shgan va bu bilan faxrlangan bir davlat rahbari bo’ladi. Bundan boshqacha bo’lmaydi.

Yana so’raymiz: Prezidentlik boshqaruv shakli kelsa, muslima ayollar hafvsizlikda bo’ladimi? Jonlar, mollar, nomuslar himoya ostiga olinadimi? Ammo Xalifalik davrida ayollarimiz jonlari, mollari, nomuslari himoyasidan xotirjam hayot kechirishardi. Mana sizga bir misol: Rum qo’mondonlaridan biri muslima bir ayolni asir oldi. U ayol “Ey Mo”tasim, qaerdasan?”, deb faryod qildi. Xalifa Mo”tasim Islom lashkariga qo’mondon tayinlab u ayolni zolimning qo’lidan qutqardi. Islom qo’mondonining ismi Qutayba edi. Musulmonlarning qo’liga tushgan rum qo’mondoni ayollarga va bolalarga zulm qilish balan nom chiqargan kishi edi. Kofirlar uni asirlikdan qutqarish uchun ko’p miqdorda fidya taklif qilishdi. Hatto ba’zi Islom lashkarining etakchilari bu fidyani olib, musulmonlarning manfaati uchun sarf qilishni maslahat berishdi. Ammo qo’mondon Qutayba nima dedi, e’tibor bering: “Yo’q, Allohga qasamki, bu odam bugundan keyin hech bir muslima ayolni qo’rqita olmaydi” dedi.

Endi shunday savol bermoqchiman: Bugungi rahbarlar, bugungi qo’mondonlar muslima ayollarning faryodlarini eshityaptimi? Yo’q, aksincha ko’r va kar bo’lib qolishgan. Ular Iroqda AQSh harbiylarining zulmi ostida, Abu G’urayb qamoq xonasida iskanja ostida ingragan muslima ayollarga va birodarlarimizga yordam qilishmadi. Xo’sh, prezidentlik boshqaruv shakli kelsa, Muslisalarning, Xadijalarning, Oishalarning faryodlariga quloq solinadimi? Hech bir shart sharoitga qaramay, muslimalarni asirlikdan qutqarish uchun armiya safarbar qilinadimi? Nima qilishadi, bilasizlarmi? Sharoitlar va vaziyatlarni bahona qilishadi. Xalqaro muvozanatni ro’kach qilishadi. Iqtisodiy barqarorlikni har bir narsadan ustun qo’yishadi. Ayollarning nomusini himoya qilish istagida bo’lgan musulmonlarni esa terrorchiga chiqarishadi. Suriyada har kun o’layotgan tirik jonlarga yordam qo’lini cho’zmagan bu rahbarlar o’liklarning mozorlarini qo’chirib olib kelishlarini bir g’alaba sifatida e’lon qilishadi. Undan so’ngra Suriyadagi muxlis musulmonlarga qarshi kurash uchun “harbiy mashg’ulotdan o’tkazish” loyihasiga doir terrorchi AQSh bilan hamkorlik qilishadi.

Xalifalik bo’lganda musulmonlarning muqaddasotlariga va dinlariga hujum qilishga hech kim jur’at qila olmas edi. Sulaymon Qonuniy xalifaligi davrida Frantsiyada Islomga qarshi spektakl o’tkazilishi haqida xabar keldi. Shunda Xalifa Qonuniy bir maktub bilan u spettaklni to’xtatib qo’ydi. Xalifa Abdulhamid Rosululloh s.a.v.ni hajv qilgan pesa xabarini olganda Frantsiyaga ultimatum qo’ydi. Xalifalar mana shunday kuchga ega edilar. Endi shunday savol beramiz: Prezidentlik boshqaruv shakli kelsa, musulmonlarning muqaddasotlari mana shunday himoya qilinadimi? Islom va Rosululloh s.a.v.ni haqorat qilganlarga kerakli javobni beradimi? Xo’sh nima bo’ladi? Prezident nima qila oladi? Kuni kecha bo’lgani kabi darhol Frantsiyaga yo’l oladi. Islom va musulmonlarni haqorat qilganlar safidan o’rin oladi. Parijda bo’lganidek, kofirlar tashkil qilgan yurishda ishtirok etadi. Allohning Rosuli s.a.v. haqorat qilinganiga g’azablanmaydi.

Musulmonlarning Xalifasi bo’lgan paytda musulmonlar dunyoning peshvosi va yaxshilikning boisi edilar. Sanoat, ilm, texnologiya va harbiy sohada birinchi o’rinda edilar. Jamiyatda xotirjam va xavfsiz hayot kechirardilar. Iqtisodiy taraqqiyotda yuksak mavqeni egallardi. Insonlarning hammasi Alloh in’om etgan umumiy mulkdan bir teng foydalanishardi. Prezidentlik boshqaruv shakli kelsa, bularning hammasi amalga oshadimi? Musulmonlarning umumiy mulki bo’lgan tabiiy boyliklarimiz mustamlakachi sarmoyadorlarning qo’llaridan qutqariladimi? Robbimiz musulmonlarga in’om etgan ko’mirdan, neftdan, oltindan va barcha konlardan musulmonlar ulushini oladilarmi? Nima bo’ladi, bilasizmi? Kapitalist shirkatlar bu boyliklarni tashib ketadi. Faqir musulmonlar esa konlarda qul kabi ishlashda davom etaveradi. Har bir shaxs o’z ulushini ola olmaydi…”, deya prezidentlik boshqaruv shakli bilan Roshid Xalifalikning farqini ajratib berdi Mahmud Qor janoblari.

Shuningdek Hizb-ut Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Islomdagi boshqaruv shaklini ham keng yoritib berdi. G’arb davlatlari qoloqlik va zalolatda yugan davrlarda musulmonlar o’z Xalifalarini o’z raylari bilan saylaganliklarini esga solib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.