Demokratiya va terrorizm & Islom va musulmonlar

744
0

Bismillahir Rohmanir Rohim

Demokratiya va terrorizm & Islom va musulmonlar

Demokratiya insonlarning zehnida paydo bo’lib, Amerika va G’arb davlatlarining manfaatlari uchun xizmat qilib kelayotgan kufr nizomidir. Bu tuzum insonlarni farovon hayot kechirishlari uchun xizmat qilmaydi. Ya’ni, ozchilik ko’pchilik ustidan hayot kechiradigan bir xayvoniy g’arizalar ustiga barpo etilgan tuzum bo’lib, buni butun insoniyat biladi.

Biz Hizb ut-Tahrir jamoasi haqni haq, botilni botilligini ochiq bayon qilib, Allohning Kitobi va payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning Sunnatlariga butun insoniyatni malomatchining malomatidan qo’rqmay Allohning rahmati ila da’vat qilib kelmoqdamiz. Demokratiya o’lchovi manfaat bo’lib, ishlar foyda va ziyon bilan o’lchanadi. Islomda esa foyda va ziyon hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay ish va amallar halol va xarom bilan o’lchanadi.

Demokratiyada fohishalik bilan shug’ullanmoqchimisiz, marhamat. Aqlni ozdiruvchi turli xil mast qiluvchi ichimliklar bilan ishlab chiqarmoqchimisiz, marhamat. Davlat belgilab bergan soliqni to’lasangiz bo’ldi. Buning ortidan jamiyat qanday holatga tushib qolishini ahamiyati yo’q. Hatto ichkilik oqibatida jinoyat qilgan odamni sud oqlaydi. Yetarli mablag’i bo’lmagan yoshlar oliygohlarda ta’lim ololmaydi. Puli bo’lmagan shaxs kasal bo’lsa, davolana olmaydi. Ta’lim sohasi ham, sog’liqni saqlash sohasi ham, ijtimoiy soha ham barchasi moddiy manfaat ustiga barpo bo’lgan. Madaniyat sohasida erkakni erkak bilan nikohlanishini, farzand ko’rmoqchi bo’lgan ayol turmushga chiqishi shart emasligini erishgan yutuqlari sifatida talqin qilishdi. Botil iqtisodiy siyosati ortidan boyliklar bir xovuch odamlar changalida qolib ketdi. Demokratiyaning qaysi sohasini olmang barchasi insoniyatni faqat baxtsizlikka olib keldi. Bu tuzum barcha sohada butunlay inqirozga uchradi.

Mana shu jirkanch, sariq chaqaga ham arzimaydigan mabdasini musulmonlarga majburlab tiqishtirishi, musulmon yurtlar rahbarlari o’z xalqini mana shu jirkach mabdaga majburlashi aqlga sig’maydi. Demokratlarning bir shiori bor – sizning yurtingizda neft, tabiiy boyliklar bormi? Demak, sizda demokratiya yo’q.

Demokratiya tuzumini har sohada inqirozga uchraganiga ancha bo’ldi! Biroq demokratik qadriyatlarni butun olamga yoyishga intilayotgan etakchi davlatlar bu haqiqatni dunyo jamoatchiligi oldida tan olishga yuragi dov bermay kelmoqda. Amerika o’zini o’tdan cho’qqa urayotganini dunyo ko’rib turipti. Amerika va G’arb davlatlari inqirozga uchraganligini juda yaxshi biladi. Dunyo jamoatchiligini shu tuzum ostida saqlab qolish uchun eng oxirgi kuchlarini sarf qilmoqda. Bunga misol, 2001 yil 11 sentyabr voqeasi. Bu mudxish qotillikni aynan Amerika rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan ilmiy va siyosiy jihatdan isbotlangani barchaga ma’lum. Bunga “Al-Qoida” guruhini aybor qilishib, terrorizm deb baholadi. Ha, bu terrorizm edi. Chirib borayotgan mabdasini saqlab qolish uchun o’z xalqini ham ayamay vayron qilishlik, kuch va qo’rquv ostida majburlashligi – terrorizm. 11 sentyabr voqeasidan so’ng AQSh “biz bilan birga bo’lmaganlar terroristlar bilan sherik”, deya dunyoni qo’lga olish maqsadida salbchilik yurishini boshladi. Kichik Bushning salbchilik yurishini boshlaganiga barchamiz guvohmiz.

Afg’onistonda yashovchi 300 mingdan ziyod begunoh musulmonlarni o’ldirilishi terrorizm emasmi? Iroqdagi 200 mingdan ortiq musulmonlarni o’ldirilishi, uy-joylarini vayron qilinishi terrorizm emasmi? Misrda, Liviyada, Tunisda qanchadan-qancha musulmonlar nobud bo’ldi. Bu terrorizm emasmi? To’rt yildan buyon Suriyadagi musulmonlarni qirg’in qilinayotgani terrorizm emasmi? Bu urushdagi qirg’in va vahshiylik 1941 yilgi Jahon urushdan ham o’tib ketdi. Musulmonlar sizlarning yaroqsiz va jirkanch tuzumlaringni xohlashmasa, ularga bu narsani majburan tiqishtirish terrorizm emasmi? Amerika, G’arb va yahud vujudi egallagan mavqe aniq. Chunki, ular Islom va musulmonlarga qarshi e’tiqodiy, ashaddiy dushman. Ammo islomiy yurtlardagi musulmon rahbarlarni qanday tushinish mumkin? Ularga astoydil xizmat qilayotgan saroy ulamolarini qanday tushinish mumkin? Ey, musulmon rahbarlar va kufrga xizmat qilish yo’lida dunyoning arzimas matohlariga mexr qo’ygan ulamolar, sizlarga belgilangan muddat, Ajal kelmay turib o’zlaringni o’nglab olinglar!

O’zbekistonda ataylab uyushtirilgan 1999 yil 16 fevral voqealarini eslang! Bu xodisadan so’ng nimalar bo’ldi? Barcha etakchi Islom ulamolari qomaqqa tashlandi, quvg’in qilindi yoki o’ldirildi. Hizb ut-Tahrir va boshqa ko’plab islomiy jamoalar a’zolarining qonlari to’kildi. Hozirgi kunda minglab sof e’tiqodli yigit va qizlarmizga qamoq muddatlariga yangidan-yangi muddat qo’shib berib, inson aqlin ojiz qolduruvchi turli xil qiynoqlar bilan qiynab, vahshiylik qilayotgan mustabid Karimov, “g’oyaga qarshi g’oya bilan, fikrga qarshi fikr bilan kurashamiz”, deb qilayotgan ishi terrorizm emasmi?

2014 yilda Xitoyning Shinjonida portlash sodir bo’ldi. Bu teraktni amalga oshirishda uyg’ur millatiga mansub musulmonlarni aybdor qilishdi. O’sha portlashda xalok bo’lgan odamlar Xitoy millatiga mansub qariyalar bo’lgan edi. Endi mantiqan o’ylab ko’ring, Islom yoshlarni izzat qilish, qariyalarni xurmat qilishga targ’ib qiladi. Uyg’ur musulmonlari uchun qariyalarni o’ldirishdan qanday manfaat bor edi? Qarib kuchdan qolgan odamlarni o’ldirishdan kimga foyda? Shu haqida bir o’ylab ko’ring! Yovuz maqsadlarini ro’yobga chiqarish maqsadida Xitoy hukumati o’z xalqini o’ldirishdan ham toymadi. Buning ortidan qanchadan-qancha yosh uyg’ur musulmonlarining qoni to’kildi. Bu terrorizm emasmi?

Frantsiyada payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamni masxara qilib chiqqan jurnalning 12 xodimi o’ldirilishi haqida o’ylab ko’ring! Bir yarim milliarddan oshiq musulmonning o’z ota-onasidan ham suyukli bo’lgan payg’ambarini masxara qilish o’limga loyiq ish edi. Ularni kim o’ldirishidan qat’iy nazar, o’limga loyiq ish edi. Biz bu qotillikni oqlamaymiz, ammo bu ishni kim va kimlarni qo’li bilan qildi? Qotillarning yuzini hech kim ko’rmagan, bu xodisani tekshirayotgan politsiya xodimini sirli o’ldirilishi sizlarni o’yga solmadimi? Rasmiy hukumat iddiosiga ko’ra, aka-uka jinoyatchilar mashinada o’zlariga tegishli hujjatni unutib qoldirib ketishgan va shu orqali jinoyatchilar aniqlangan. Bu ishlarni sinchiklab tekshirib, o’ylab ko’rgan kishi bu voqeani Frantsiya hukumati o’zi amalga oshirganini anglab etadi. Mana shu ish orqali Frantsiya dunyo e’tiborini o’ziga tortdi. So’nggi yillarda Frantsiya dunyo siyosat maydonidan anchagina chetga surilib qolgan edi. Yaqin Sharqdagi ulushlaridan mahrum bo’lgan Frantsiya manfaat ustida o’z fuqarolarini o’ldirishdan ham toymadi. Mana shu terrorizm emasmi?

Butun Yevropa islomiylashib borayotgani, taniqli shaxslar Islomni qabul qilishi, Yevropa shaharlarida musulmonlar kundan-kunga ko’payib borishlari, Islom dinini qabul qilayotgan qiz va ayollar hijoblanib yurishlari, erkaklar Sunnatga muvofiq qo’yilgan saqollar bilan salobat to’kib yurishlari, musulmon erkak va ayollar islomiy odob-axloqlari bilan boshqa din vakillarini lol qoldirib, muxabbatlarini qozonishlari, shaharlarda halol deb nomlangan oshxona va do’konlarni ko’payib borayotgani davlat rahbarlarini qo’rquv va dahshatga soldi. Mana shu o’zgarib, islomiylashib borayotgan Yevropani to’xtatish maqsadida musulmonlarga qarshi fikrlarni olg’a surishlik terrorizm emasmi?

Qirg’izistonga nazar soladigan bo’lsak, so’ngi vaqtlarda keskin o’zgarishlar sodir bo’lib, Islom va musulmonlarga nisbatan munosabatlar keskinlashib bormoqda. Shayxul Islom Roshod qori Kamolovni qamoqqa olinishi o’n minglab musulmonlarning davlatga bo’lgan ishonchlarini yo’qotishiga olib keldi. Roshod qori doimo odamlarni yaxshilikka buyrib, yomonlikdan qaytarib kelar edi. O’z da’vatlarida Roshod qori barcha millatlarni, qirg’iz va o’zbek millatlarini do’stlikka chaqirib, muhabbatli hayot kechirishga da’vat qilib, haqni haqligini, botilni botilligini aytib, o’n minglab musulmonlarni muhabbatini qozongan, yoshlarni Suriyaga borishdan qaytarib kelar edi. Ey, davlat apparati va militsiya xodimlari odamlar hech narsani anglamaydi, deb o’ylamanglar! Agar shunday o’ylayotgan bo’lsanglar qattiq adashasizlar. Kundan-kunga musulmonlar uyg’onib, hayot haqidagi tushunchalari o’zgarib bormoqda. Islom diniga bo’lgan muhabbatlari oshib bormoqda. Hozirgi kunda Qirg’iziston prezidenti og’ir sinov damlarini boshdan kechirmoqda. Bir tomondan Amerika, boshqa tomondan Rossiya Atambaevni o’z izmiga solish uchun bosim o’tkazmoqda. Amerika avval “Al-Qoida” guruhi orqali butun dunyoni vahimaga solgan bo’lsa, hozirgi kunda “Islom davlati” tahdidni bo’rttirib ko’rsatish orqali dunyoni qo’rquv ostida ushlab turipti. Rossiyani ham mana shu narsa xovotirga solib kelyapti. Chunki, rus hukumat Oq podsho davridan tortib hozirgi davrgacha Islom va musulmonlarga zulm berib kelmoqda. Agar Rossiyaning ichki tuzumi buziladigan bo’lsa, oqibati nima bo’lishini rus hukumati yaxshi biladi. Shuning uchun ham MDH davlat rahbarlari va boshqaruv apparatilarini Islom va musulmonlarga qarshi zulmlarni kuchaytirishni talab qilmoqda. Ammo buni oqibati yaxshilikka olib bormaydi. Qirg’izistonda ham xuddi shu ko’rinishlar bo’lib o’tmoqda. Aslida esa Qirg’iziston uchun Islom va musulmonlardan hech qanday xatar yo’q.

Amerika va Yevropa davlatlari mabdaiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutganini Yaqin Sharq muammosi orqali berkitishga urinmoqda. Rossiya ham o’z xalqi e’tiborini tortish uchun Islom va musulmonlar “tahdidi”ni bo’rttirib, buning ortidan e’tiqodi sof, ongli va siyosiy musulmonlarni jamiyat ichidan surib tashlashga intilmoqda. Bu harakatlari orqali ular hech narsaga erisha olishmaydi, ishaAlloh.

Sakkiz yuz mingdan ziyod Qirg’iziston fuqarolari Rossiyada eng qora va og’ir mehnatlarni qilib kelmoqda. Rossiya milliy valyutasini keskin qadrsizlanishi iqtisodga salbiy ta’sir ko’rsatishi natijasida fuqarolarni yashash darajasi keskin tushib ketdi. Mamlakatda savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi odamlar kayfiyatlari so’nib, topgan daromadlari tirikchilik uchun ham arang etmoqda. Qirg’izistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi ortidan bu muammolar ikki, uch barobarga ortib ketadi. Shuning uchun ham rasmiy hukumat Islom va musulmonlarni ta’qib qilish o’rniga, ular bilan do’st-birodar bo’lishga intilishi kerak. Axir musulmonlar aka-uka emasmi?

Har bir fuqaroni jamiyatda o’z o’rni va shu bilan birga huquq va majburiyatlari bor. Rasmiy hukumat ish o’rinlarini ko’paytirish orqali ishsizlar sonini kamaytirish, ish bilan ta’minlay olmagan fuqarolarni etarli darajada vaqtinchalik nafaqa bilan ta’minlash bilan shug’ullanish kerak emasmi? Xalq o’z zimmasidagi davlat tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarib kelmoqda. Uy-joy solig’i, elektr energiyasi, gaz, suv, axlat… kabi barcha to’lovlarni ado etmoqda. Shunday ekan rasmiy hukumat ham marxamat qilib xalqning haqini ado etib qo’ysin.

Islom, Allohga iymon keltirish, Unga shirk keltirmaslikni, farishtalarga, kitoblarga, payg’ambarlarga, Qiyomat kuniga, Qadarning yaxshiligiyu yomonligi Allohdan ekanligiga, o’lgandan so’ng qayta tirilishga iymon keltirishga buyurdi. Shu bilan birga Islom dini namoz o’qish, ota-onani xurmat qilish, haloldan rizq topish, oilaga sadoqatli bo’lish, yaxshi qo’shnichilik qilish, millatchilik kabi sassiq narsadan uzoq bo’lish, ilm olish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish, kattalarni xurmat, kichiklarni izzat qilish, omonatga xiyonat qilmaslik, sudxo’rlik sarqitlarini tark etish, mast qiluvchi ichimlik ichmaslik, zino qilmaslik va qodir bo’lsa zakot berib, Xaj ibodatini ado etish hamda jannat va do’zaxga ishonish kabi juda ko’plab ta’limotlari bor. Shunday ekan kelinglar, bir tanu bir jon bo’lib aql bilan ish tutaylik!

Abduraxmon Odilov

Xizb-ut Taxrir – Qirg’iziston viloyati matbuot bo’limining a’zosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.