Tojikistonda parlament saylovlari bo’lib o’tdi

415
0

Saylov va referendumlar markaziy saylov komissiyasi raisi Shermuhammad Shoxiyonning xabar qilishicha, Tojikistonda 1 mart yakshanba kuni bo’lib o’tgan parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlarga deputatlar saylovlari bo’lib o’tgan deb hisoblandi.

Uning so’zlariga ko’ra, saylash huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 74,33 foizi saylovlarda ishtirok etgan. Mamlakat qonunchiligiga binoan, jami saylovchilarning 50 foizi ishtirok etsa, saylov bo’lib o’tgan deb hisoblanadi.

“Ro’yxatga olingan 4 million 318 ming saylovchidan 3 million 210 mingi mahalliy vaqt bilan soat 15:00ga qadar ovoz berib bo’ldi, bu esa saylovchilar umumiy sonining 74,33 foizini tashkil etadi”, – dedi Shermuhammad Shoxiyon.

Ovoz berishning dastlabki natijalari dushanba kuni ertalab ma’lum qilinadi.

Tojikistonda bo’lib o’tgan parlament quyi palatasi Majlisi namoyandagondagi 63 o’rin uchun sakkiz partiyadan qariyb 300 nomzod kurash olib bordi. Bu saylovlarda Xalq-Demokratik partiya, Kommunistik partiya, Tojikiston Islom Uyg’onish partiyasi, Sotsial-Demokratik partiya, Agrar partiya, Demokratik partiya va Iqtisodiy Islohotlar partiyalari ishtirok etishdi.

Ma’lumki bu partiyalarning barchasi demokratik qarashlar asosida paydo bo’lgan bo’lib, inson qonun chiqarish huquqiga ega, deb hisoblashadi. Insonning cheklangan aqli maxsuli bo’lgan demokratik qonunlar insoniyatni bugungi baxtsiz va tang hayotga olib kelgani hech kimga sir emas. Afsuski g’arb saqofati va bu mustamlakachi davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlab kelinayotgan mustabid hokimlar zulmi ostida musulmonlar bu ochiq haqiqatni ko’ra olishmayapti va hozirga qadar botil tuzum qonunlari ostida yashashga majbur bo’lishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.