Muhsin Azamatning boshqaruv ishlari va idora ishlariga oid savoliga javob

450
0

00

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

 Savol: Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Sevimli amirimiz, Alloh sizga jannat va nusrat darvozalarini O’z izni ila ochib bersin!

Allohga qasamki, sizning ishlaringiz, tashvishlaringiz va sizga kelayotgan savollarning ko’p bo’lgani uchun ortiqcha yuk bo’lmasin deb ushbu maktubimni sizga yuborishga ancha ikkilanib yurdim. Biroq siz bilan gaplashishga qiziqish bundan g’olib keldi, shuning uchun, shavqqa mag’lub bo’lgan aqlni kechirasiz.

Qadrli amirimiz, menga bir ish muammo bo’layotgandi unga sizning xitobingizdan hujjat topdim, «Xalifalik» nomli kitobchada bunday so’zlar kelgan: «Agar bitta yurtda bir vatqda ikki xalifaga aqd bog’lanadigan bo’lsa, aqd bog’langan hisoblanmaydi, chunki musulmonlar uchun ikki xalifa bo’lishi joiz emas. Bay’at ularning birinchisiga bo’ladi deyilmaydi. Chunki masala xalifalikka musobaqa qilish emas, xalifani tiklashdir, chunki xalifalik xalifaning huquqi emas, balki barcha musulmonlarning huquqidir. Shuning uchun musulmonlar ikkita xalifa tiklagan bo’lsalar, bitta xalifa tiklash uchun bu ish qaytadan musulmonlarga topshiriladi. Ikki xalifa o’rtasida qur’a tashlanadi deyilmaydi, chunki xalifalik aqd, qur’a esa aqdlarga kirmaydi». Bundan aqdlarda qur’a mumkin emasligini tushundim, men bizning saylov hay’ati qonuniga murojaat qilganimda uning 19-moddasida quyidagi so’zlar keladi: «Agar nomzodlardan ikkitasiga berilgan ovozlar teng bo’lib qolsa va talab qilingan son uchun ikkala nomzoddan biri kerak bo’lsa bu ikki nomzod o’rtasida qur’a tashlanadi». Ushbu ikki voqening farqi nima? Hay’at saylovimiz aqd emasmi? Savolimni uzaytirib yuborganim uchun uzr, amirimiz, Alloh sizga nusrat ato etib, tavfiq bersin va nusratni sizning qo’lingiz bilan bersin, Allohga qasamki, men sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh! Boshqaruv ishlari idora ishlaridan farq qiladi. Boshqaruv ishlari uchun shu ishlar haqidagi nusus kerak bo’ladi. Idora ishlari esa muboh bobiga qiradi, faqat idoraning biror muayyan ishi haqida nusus kelgan bo’lsa, uning hukmi shu nususga binoan bo’ladi. Xalifa saylashga kelsak, Islom musulmonlar uchun bitta xalifa bo’lishini shart qildi va xalifa birinchi sahih bay’at sohibidir. Bunga boshqa xalifa kelib, undan xalifalik talashsa, uni qatl etiladi. Rosululloh s.a.v. bunday dedilar:

«إِذَا بُويِعَ لِخَلِيفَتَيْنِ، فَاقْتُلُوا الْآخَرَ مِنْهُمَا»

«Agar ikkita xalifaga bay’at berilsa, ulardan ikkinchisini o’ldiringlar» (Imom Muslim Abu Said Xudriydan rivoyat qildi). Rosululloh s.a.v. yana bunday dedilar: «…

وَإِنَّهُ لاَ نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَيَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُونَ قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ…»

«…Mendan keyin esa payg’ambar yo’q, xalifalar bo’ladi va ular ko’payib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar» (Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qildi). Ya’ni ikkinchidan oldin ishni egallab, sahih bay’at berilgan kishi vafo qilish vojib bo’lgan bay’at sohibi bo’ladi, ikkinchi bay’at esa botil bo’lib, unga vafo qilish mutlaqo haromdir. Demak, bahs birinchi bo’lib sahih bay’at berilgan kishi haqida bo’lib, u boshqasi talashishi mumkin bo’lmagan shar’iy xalifa hisoblanadi.

Agar bir vaqtda ikki xalifaga bay’at berilgan bo’lsa, u holda bu erda birinchi bay’at berilgan xalifa bo’lmaydi. Hadislarning mantuqi va mafhumi birinchi bay’at berilgan xalifa shar’iy xalifa bo’lishiga dalolat qiladi. Demak, bu hukm, ya’ni birinchi xalifaga bay’at berish hukmi ijro qilinadi, bu esa qur’a bilan bo’lmaydi, chunki qur’a bay’at emas. Demak, saylov qayta o’tkazilishi kerak bo’ladi.

Idoriy ishlar esa, uni salohiyat egasi tartiblashtiradi, chunki u – agar muayyan bir ish haqida nusus vorid bo’lmagan bo’lsa – mubohlar doirasiga kiradi. Masalan, saylov okruglari ishlarini ertalab soat sakkiz yoki to’qqizgacha davom ettirishlari uchun nusus kerak bo’lmaydi. O’tuvchilarni bir ko’chadan emas, boshqa ko’chadan o’tishga ruxsat berishda ham nusus kerak bo’lmaydi, balki salohiyat egasi buni tartiblashtiradi. Viloyat majlisi a’zolarini saylash yo tayinlashda ham nusus kerak bo’lmaydi, balki uni ham salohiyat egasi tartiblashtiradi. Ularning soni beshta yo oltita yoki o’nta bo’lishida ham nusus zarur bo’lmaydi va uni ham salohiyat egasi tartiblashtiradi. Agar idora ishlarida ikki kishining nomzodi teng bo’lib qolsa va ularning bittasi lozim bo’lsa, ikkalasi o’rtasida qur’a tashlashni ham salohiyat egasi tartiblashtiradi.

Xulosa shuki, boshqaruv ishlari idora ishlaridan dalil keltirish jihatidan farq qilib, boshqaruvda shu to’g’ridagi nusus kerak bo’ladi, idora esa, agar boshqa biror nusus kelgan bo’lmasa, muboh doirasiga kiradi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

18 zul-hijja 1434h   23 oktyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.