Ko’rfaz davlatlari BMTni Yaman ishlariga arashishcha chaqirdi

427
0

Ko’rfaz davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Yamandagi so’ngi vaziyatni muhokama qilish maqsadida Saudiya poytaxti Riyozda to’planishdi. Bu haqida Saudiya arabistoni davlat televideniyasi xabar tarqatdi.

Qatar tashqi ishlar vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiyya rahbarligida to’plangan Ko’rfaz davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Yamanga beriladigan yordamni davom ettirishlarini ta’kidlar ekan, Shiya Ansorulloh guruhining (Xusilarning) harakatlarini qabul qilmasliklarini bildirishdi. Shuningdek ular BMTni Yaman ishlariga harbiy aralashuvga chaqirdi. Vazirlarga ko’ra harbiy aralashuvga ruxsat beradigan BMT kelishuvining 7 bo’limini tatbiq etish lozimdir.

BMT kelishuvining harbiy aralashuvga ruxsat beradigan 7 bo’limi ko’ra, BMT xavfsizlik kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish yoki yangidan tashkil qilish uchun havo, dengiz va quruqlik kuchlari vositasida zarur deb topilgan har turli tashabbuslarni amalga oshirish huquqiga ega.

Ayni paytda AQSh razvedkasi Qo’shma Shtatlar dastaklab kelayotgan Yaman hokimiyatining iqtidordan qulashini kutilmagan hol ekanligini ochiqladi. Oq uyning terrorga qarshi kurash drektori Nik Rasmussen AQShdan dastak olayotgan Yaman xarbiylari Xusiylar qarshisida mag’lubiyatga uchraganligini bildirdi.

“Xusiylar San’oni qo’lga kiritish sari ilgarilab bormoqda. Bir qancha maydonda o’zlariga bas kela oladigan kuchga duch kelmadilar. Vaziyat biz taxmin etganimizdan ko’ra ham tezroq yomonlashib bormoqda,” dedi Rasmussen.

2014 yilning sentyabr oyida poytaxt San’oda nazoratni qo’lga olgan Xusilar bilan hokimiyatdagilar o’rtasida bitim imzolangan edi. Bitimda “Uch kun ichida yangi hukumat tashkil qilish, prezident Abdurrobbi Mansur Hodi hech qanday siyosiy partiyaga a’zo bo’lmagan kishiga prezidentlik vazifasini topshirishi, narxi ko’tarilgan neft mahsulotlarining narxi orzonlashtirilishi” kabi moddalar o’rin olgan. Mansur Hodi offes mudiri Ahmed Avad bin Muborakka hukumat tashkil qilish vazifasini topshirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.