Erdogan: Obama bilan munosabatimiz avval yaxshi edi

378
0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan Lotin Amerikasiga uyushtirgan safaridan qaytayotib, samalyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi. Prezident erdugon so’zi davomida AQSh prezidenti Barak Obama bilan o’zaro munosabatlari yomonlashligini bildirdi. Erdoganning ma’lum qilishicha, ikki rahbar o’rtasidagi aloqalar avval ancha yaxshi bo’lgan, ammo keyingi paytlarda tushunib bo’lmaydigan darajada oraga sovuqlik tushgan.

“Obama ilk prezidentlik mansabiga kelganda u bilan aloqalarimiz juda yaxshi edi. Hatto – o’zingizga yaxshi ma’lum – bizni Oq uyda oilaviy mehmon qilishardi. Birgalikda bir qancha yig’ilishlar o’tkazdik. Ammo bu uchrashuvlardan so’ng o’rtadagi munosabat tushunib bo’lmaydigan darajada o’zgara boshladi”, dedi Erdogan.

Erdogan Meksikada turgan paytda AQSh prezidenti Barak Obamani Shimoliy Korolinada qatl qilingan uch musulmonning o’ldirilishiga nisbatan bayonot bermaganlikda ayblagan edi.

“Agarki bunday hodisa qarshisida siz sukut saqlaydigan bo’lsangiz, dunyo sizga ham sukut saqlaydi”, deb aytgan edi jumladan Prezident Erdogan AQSh prezidenti Obama va uning idorasini tanqid qilib.

Jurnalistlar ayni masalada ham Erdoganga savol berishdi. Bunga javoban Erdogan “nima bo’lganidan xabarim bor edi. Obamaga nisbatan qattiq yoki yumshoq gap bo’ldi, deyishingiz mumkin. Bu sizga havola. Ammo bir hodisa yuz bersa men murojaat qiladigan shaxs o’sha davlatning prezidentidir. Mening murojaatim ana o’shalarga qaratilgan. Agar bu ishlar bizning mamlakatda yuz berganida edi, jim qarab turmas edik. Bir qancha misollar keltirishim mumkin. Masalan, elchixonaga hujum uyushtirilganda o’z munosabatimizni bildirdik. “Inqilobiy ozodlik xalq partiyasi fronti” haqida barcha izlanish natijalarini AQSh bilan o’rtoqlashdik. Strotegik ittifoq shuni talab qiladi. Biz ham ulardan xuddi shu narsani kutamiz”, dedi Turkiya prezidenti.

Aytib o’tish joizki, Erdugonning tanqididan so’ng AQSh prezidenti Obama Shimoliy Korolinada uch musulmon o’ldirilgani haqida bayonot berib, sodir etilgan jinoyatni vahshiylik va qabihlik deb atadi.

Turkiston:

Erdogan, o’zini ochiq bir xaqiqatni tushuna olmaganday ko’rsatayapti. AQSh kabi davlatlar, faqat boshqa davlatlar ichki ishlariga kirishishga o’rganishgan. O’zlarining ichki ishlariga boshqa davlat rasmiylarining burun suqishlarini yoqtirishmaydi. Erdogan o’z o’rnini bilib yurmasa, ilgarigi Guldek ta’sirsiz prizidentga aylanib qolishi mumkin. Xorlikni qabul qildingmi, ortidan keladigan balo va ofatlarini xam to’g’ri qabul qil. Hatto Frantsiyaga ular bilan qo’l ushlashib, musulmonlarga qarshi yurish qilishinglar ham, sizlarni ular safiga kirita olmaydi. Faqat dininglardan ochiq voz kechishinglar bilan ularning biriga aylana olasizlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.