Rossiya Minsk kelishuvlarini bajarmasligini ma’lum qildi

377
0

Ko’pchilikka ma’lumki, 12 fevral kuni Belorus poytaxti Minsk shahrida Ukraina, Rossiya, Frantsiya va Germaniya rahbarlari hamda Donetsk va Lugansk xalq respublikalari etakchilari uchrashib, 16 soat davom etgan muzokaralar natijasida 15 fevraldan boshlab Donbassda o’t ochishni to’xtatishga kelishib olishgan edi.

Biroq, uchrashuvdan bir kuni o’tib Moskva rasmiy holda Minsk kelishuvlarini bajarmasligini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Peskovning xabar qilishicha, Rossiya nizolashayotgan tomonlardan biri emas.

Peskovning fikricha, mazkur holatda Rossiya erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishlik garovi xolos.

“Biz buni jismoniy jihatdan bajara olmaymiz, chunki Rossiya bu mojaro ishtirokchisi emas”, – dedi Peskov.

Ko’plab dalillar mavjud bo’lishiga qaramay, rasmiy Moskva Donbassda rus harbiylari borligini inkor etib kelmoqda.

Senator Makkeynning bayonotiga ko’ra, 11 fevraldan 12 fevralga o’tar kechasi Rossiyaning Ukraina bilan bo’lgan chegarasidan 50ta tank, 40ta raketa tizimlari va 40ta eirxli mashinalar kesib o’tishgan. Uning so’zlariga ko’ra, Minsk kelishuvlari Putinga Ukraina bilan kurashni davom ettirishiga hech qanday to’siq bo’la qila olmaydi. Shu sababli ham Makkeyn Ukraina armiyasiga harbiy yordam ko’rsatishni talab qilib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.