Masjid imomlari majburan o’yinga tushirildi

370
0

Bosqinchi Xitoy hukumati Sharqiy turkistonning Urumchi shahridagi masjid imomlarini butun xalqning ko’z o’ngida o’yinga tushirdi.

66 yildan buyon bosqinchi Xitoy nazorati ostida aziyat chekib kelayotgan Sharqiy Turkistonda kundan kunga zulm ortib bormoqda. Kommunist Xitoy hukumati Islom ummati boshidan kechirayotgan zayiflikni ko’rib o’zini jasur his qilyapti. Shuning uchun u 1000 yillik Islomiy tarixga ega bo’lgan Sharqiy Turkiston musulmonlariga deyarli har kun Islom dini farz qilgan ibodatlarni ta’qiqlab, Islomiy qadriyatlarni erga uradigan majburiy qo’llanmalar kiritmoqda.

Hukumatga qarashli “Sinxua”rasmiy axborot agentligi oxirgi marta 3 fevral kuni Sharqiy turkistonning Urumchi shahrida yig’ilgan masjid imomlari butun xalqning ko’z o’ngida o’yinga tushganligini namoyish qildi. Sharqiy turkistonlik imom xatiblar Xitoy va Uyg’ur tillarida “yurt barqarorligi ko’ngillarga oromdir” deb yozilgan qizil bannerlar va Xitoy bayroqlarini ko’tarib olgan xalq oldida o’yinga tushishdi.

“Sinxua” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Xitoy hukumati masjid imomlarini xalqning ko’z o’ngida o’yinga tushganiga qanoat hosil qilmay, ularni Urumchi shahar o’rta maktab o’quvchilari va uneversitet talabalari qoshida ham qo’llariga Xitoy bayrog’ini ushlatib o’yinga tushirgan.

Bosqinchi Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonlik yoshlarni ham majburan o’yinga tushirib “O’yinga keling, masjidga bormang. Salomatlik uchun o’yin yaxshidir, din emas”, degan shiorlarni ayttirdi. Bundan ham qanoat hosil qilmagan kommunistik hukumat davlat muassalarida ishlayotgan uyg’ur ma’murlarining qo’llariga Xitoy bayrog’ini ushlatib, “Sizga pul bermagan Allohning emas, balki pul berayotgan partiyaning yonida bo’ling”, degan shiorlarni ayttirib, jamoatchilikning ko’z o’ngida o’yinga tushirishdan ham tap tortmadi.

Bu kabi jinoyatlar Sharqiy Turkistonlik o’qituvchi muslima ayollarni ham chetlab o’tmadi. Xitoy hukumati davlat bayrog’i oldida ulardan qasamyod oldi. Qasamyodda jumladan shunday deyiladi: “Dindan uzoq turishga, o’quvchilarim va bolalarimning diniy ta’lim olishiga to’sqinlik qilishga ont ichaman”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.