Qirg’izistonga inqiloblar “ustasi” elchi bo’lib kelmoqda

439
0

Amerika elchixonasining ma’lum qilishicha, AQShning Qirg’izistondagi vaqtinchalik elchisi etib Richard Maylz tayinlangan va yaqin vaqtlar ichida u Qirg’izistonga etib keladi.

Aslini olganda bu unchalik muhim xabardek tuyilmasada, ammo Richard Maylzning bosib o’tgan yo’li va u elchi qilib tayinlangan mamlakatlarda ko’rsatgan “karomati”ni hisobga olmaganda, albatta.

Richard Maylz 1937 yili Arkanzas shtatining Littl-Roke shahrida tug’ilgan. 1954-1957 yillarda dengiz piyoda qo’shinlarida xizmat qilgan. Harbiy xizmatdan so’ng universitetni tamomlagan Richard Germaniyada joylashgan AQSh armiyasining Rus institutida taxsil olgan, bu ilm dargohidan ko’plab masdaxatchi mutaxassislar etishib chiqqan bo’lib, ular razvedka va armiya safida ish olib borishgan. Richard Maylz diplomatik faoliyatini 1967 yildan boshlagan.

Maylz dastlab postsovet respublikalaridan biri bo’lgan Azorbayjonga elchi bo’lib tayinlangan. Richar Maylz elchilik faoliyatini olib borgan 1992-1993 yillar mobaynida Abulfaz Elchibey boshchiligidagi millatchi hukumat ustidan Xaydar Aliev saylovlarda g’olib bo’ladi.

1996 yildan 1999 yilgacha Maylz Yugoslaviyada elchi bo’lib xizmat qiladi va ko’pchilikka ma’lumki, shu vaqtda Kosovada urish vujudga kelib minglab albanlar qirib tashlanadi.

Yugoslaviyadan so’ng 1999-2001 yillar mobaynida Maylz Bolgariyaga elchi etib tayinlanadi va 2001 yilning 24 iyul kuni amaldagi bosh vazir Ivan Kostov parlament saylovlarida g’arbparast Simeon Sakskoburggotga mag’lub bo’ladi.

Bolagariyada o’z vazifasini muvaffaqiyatli ado etganidan so’ng Gruziyaga elchi vazifasiga kelgan Richard Maylz 2003 yildagi “atirgul inqilobi”ning asosiy me’mori va g’oyaviy rahnamosi bo’lib hisoblanadi.

Qator davlatlarda elchilik vazifasini bajargan hamda o’ziga topshirilgan hukumatlarni almashtirish vazifasini yuksak darajada bajargan Maylzning o’ziga xos bo’lgan yo’nalishi, mamlakatning energetika sohasiga e’tibor qaratishidir. Gruziyaning sobiq prezidenti Eduard Shevarnadze ham Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan 25 yilga shartnoma imzolaganidan so’ng AQSh nafratiga duchor bo’lgan edi. Chunki ushbu shartnoma AQSh manfaatlari uchun xizmat qiladigan Baku-Tbilisi-Erzurum loyihasiga jiddiy zarar keltirishi mumkin edi.

O’tgan yilning 10 aprel kuni “Qirg’izgaz”ni Rossiyaning “Gazprom” shirkatiga 1 dollarga sotilishi to’g’risidagi shartnoma imzolandi, oradan bir yilga yaqin vaqt o’tib esa 2009 yilda nafaqaga chiqqan “inqiloblar ustasi” Richard Maylzni nafaqadan chaqirib olinib Qirg’izistonga vaqtinchalik elchi qilib tayinlanishi, Qirg’iziston ham Amerikaning “qora ro’yxati”ga tushgani hamda “Manas” xalqaro aeroportidan chiqarib yuborilgani uchun AQSh “gina” saqlab kelayotganga o’xshab turipti. Oldinda esa hukumatning tashvishga solayotgan bahor yaqinlashmoqda.

Turkiston:

Qirg’izistonda ikki marotaba davlat raxbariyati to’nkarilishi bo’lib o’tdi. Lekin biror marta xam revolyutsiya yoki xalq qo’zg’aloni bo’lgani yo’q.

Xalq qo’zg’aloni yoki inqilobiy yurishi, misol sifatida aytadigan bo’lsak, Ukraina. U erda xalq o’z dunyoqarashi asosida yashashni xoxlab, Yevropa stondartlari tarafdorlari va Rossiyaparast ayirmachilar bo’lib bo’linib ketishdi.

Navbatdagisi Suriya, u erda xam xalq norozilik qo’zg’aloni borayapti. Faqat dunyoqarashlarda farq bor. Ya’ni kurash, kufr qadriyatlari va sistemasi asosida yashash tarafdorlari va islomiy sistema (Mabda’)si asosida yashash tarafdorlari o’rtalarida davom etayapti. Qirg’izistonga Richard Maylzni yuborgan AQSh qo’zg’alon uyushtirsa, yuqoridagi qaysi yo’nalishning biridan foydalanar ekan? Qirg’iz xavfsizlik tizimini shu narsa qiziqtirmaydimi?!

AQSh yoki boshqa ularning ta’biri bilan aytganda “uchunchi kuchlar”, Qirg’iziston xavfsizlik tizimi ular uchun tayorlab berayotgan xar bir xatolaridan foydalanishadi. Xatolar esa juda ko’payib borayapti. Masalan iqtisodiy zulmlarni aytmasak xam bo’ladi, chunki ular sistemaning xatoligi va shuning oqibatidan kelib chiqishi muqarrar bo’lgan korruptsiyaning tomir otib ketganiga chambarchas bog’liq. Bu muammolarni, xozirgi xolatimizda deyarli echib bo’lmaydi. Lekin shuni ya’ni echib bo’lmaydigan muammolarni yopish maqsadida, xavfsizlik tizimi va Qirg’iz xukumati tomonidan Islom va Musulmonlarga nisbatan yo’naltirilayotgan adolatsiz siyosat borayapti. Bu xarakatlar, AQSh kabi uchunchi kuch bo’lgan davlatlar uchun juda qo’l kelishi aniq. Ular Qirg’iziston Suriya xam Ukraina xam emas ekanini yaxshi bilishadi. Bu erda xar ikkala uslubni ya’ni Ukraina va Suriya uslublarini teng yo’naltirish mumkin ekanini va qay biri yaxshi avj olishiga qarab o’z manfaatlari tomon o’sha tarmoqqa tuyg’ulantirish bilan yordam berib yuborishni re’jalashtirishadi.

Muammoning echimi bormi? Bor. Qirg’iziston Musulmonlarni ikkiga bo’lish siyosatini to’xtatib, aksincha ularni birlashtirishga uruna boshlashi lozim. Boshimizga birin ketin tushib borayotgan muammolarning asl moxiyatini ochiq bayon qilib, musulmonlarning birdamliklaridan foydalanib ularni yuqoridagi uchunchi kuchlar olib borayotgan iflos da’vatlariga qarshi turib berishga chaqirish lozim. Chunki xozirda Qirg’izistonda eng katta quvvat Musulmonlarda ekanligi ko’rinib turgan xaqiqat. Shu quvvatdan uchunchi kuchlar foydalanib ketish arafasida. Xukumat xavfsizlik tizimi xato qilayapti. Uchunchi kuch esa, bu xatolarini yanada davomiylashtirish uchun, xar xil islomiy kuchlar vaximasini tarqatib turipti.

Bu islomiy muxit shu darajada kuchliki, undan do’st sifatida voydalansa, xar qanday dushmanga qolqon bo’la oladi. Aksincha, agar dushman qilib olinsa, xar qanday quvvatni parchalab tashlaydi. Buni biz tarixda juda ko’p ko’rgan bo’lsak, voqe’da ko’rib kelayapmiz. Qirg’iz xukumatini, agar unda sog’lom fikr egalari qolgan bo’lsa, xolislik qilib, yana bir bor mamlakat taqdiri xaqida fikrlab ko’rishga chaqirgan bo’lar edik. Chunki xar bir noto’g’ri xarakatlar oqibatida kelayotgan ofatlar, qochib ketayotgan aybdor etakchilarni emas, biz fuqorolarning boshimizga tushib borayapti.

Yuqoridagi AQSh vaximasi esa aytmasak xam mavjud. Buni xatto xavfsizlik tizimi ayrim xodimlari xam bilishadi. Lekin ularga qarshi xech qanday chora qo’llay olishmaydi. Osoni Musulmonlarga qarshi xarakatlar. Ularni bir tomonlama sud qilib ekstremist qilib olsa xam bo’laveradi. Kitob o’qiganlari uchun yoki internetta o’z o’ylarini tarqatgani uchun qamab qo’ysa xam birov uni tarafini olmaydi. Lekin “uchunchi kuch” vaximasi xaqiqatda o’ta xatarli tus olib borayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.