AQSh davlat kotibining ikki yordamchisi bir vaqtda Tojikistonga keldi

455
0

Ma’lumki, 2015 yilning 1 mart kuni Tojikistonda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar bo’lib o’tadi. Bu saylovlar bo’lib o’tishi oldidan Tojikistonga AQSh davlat kotibining ikki yordamchisi – Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisining o’rinbosari Daniel Rozemblyum va demokratiya, inson huquqlari va xalqaro diniy erkinlik masalalari bo’yicha yordamchi o’rinbosari Stiven Feldshteyn rasmiy safar bilan tashrif buyurishdi.

Davlat kotibining ikki yordamchisi 5-8 fevral kunlari Tojikistonda bo’ladilar va tashrif davomida ular Tojikiston hukumati a’zolari bilan uchrashib, ikki tomonlama va xalqaro masalalarni, shu jumladan, Afg’onistondagi vaziyatni muhokama qilib oladilar hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazishadi.

Turkiston:

Avval erishilgan Tojikiston va Rossiya o’rtasidagi kelishuviga ko’ra, mamlakatda joylashgan rus harbiy bazasi yana 40 yilga qoldirilgan va Rossiya Tojikiston armiyasini qayta jihozlash va mamlakatni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishiga tayyorgarlik ko’rish jarayonida yordam berishni va’da qilgan edi.

AQSh davlat kotibining ikki yordamchisi bir vaqtda Tojikistonga tashrif buyurishi va ularning bu tashriflari aynan bo’lib o’tishi rejalashtirilgan parlament saylovlari oldidan amalga oshirilishi Amerika hukumatiga Tojikistonning Rossiya bilan yaqinlashishga bo’lgan harakatlari yoqmayotganidan darak berib turipti.

Mamlakatda hukm surayotgan iqtisodiy muammolar va qashshoqlik mart oyida bo’lib o’tadigan parlament saylovlari vaqtida Tojikistondagi vaziyatni izdan chiqarish va Rossiyaga tobe bo’lgan Imomali Rahmondan qutulish uchun qulay fursatni paydo qilishi mumkin.

Shu sababli ham AQSh davlat kotibining ikki yordamchisi – ulardan biri diniy erkinliklar bo’yicha yordamchi o’rinbosari – tashrif buyurishi ham Markaziy Osiyo respublikalari ichida yagona rasmiy partiya – Tojikiston Islom uyg’onish partiyasini qo’llab-quvvatlash orqali mamlakatda beqarorlikni vujudga keltirish va bu orqali nafaqt Afg’onistonda, balki Markaziy Osiyoda qolishi va Rossiya bosimi ostida mintaqadan siqib chiqarilayotgan o’z nufuzini qayta tiklashga harakat qilib ko’rishi ehtimoldan yiroq emas.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.