BMT Suriya qurbonlari sonini hisoblash bilan ovora

416
0

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun xavfsizlik kengashi uchun tayyorlagan hisobotda aytilishicha, AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan “Islom davlati” guruhi egallab turgan hududlarga uyushtirilgan aviahujumlar natijasida tahminan 50tacha tinch aholi vakillari qurbon bo’lgan.

Ittifoqchilar amalga oshirgan aviahujum qurbonlari 865 kishiga etdi, jumladan, Halab, Deyr uz-Zor, Idlib va Raqqada 50 nafar tinch aholi qurbon bo’lgan, deyiladi hisobotda.

Bundan tashqari hisobotda qayd etilishicha, Suriya armiyasi amalga oshirgan hujumlar oqibatida yana 239 tinch aholi qurbon bo’lgan. Inson huquqlari bo’yicha BMT boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 18 oktyabrdan 6 noyabrga qadar hukumat harbiy havo kuchlari Damashq atrofiga 42ta bomba tashlagan. Xususan, boshlang’ich maktabga uyushtirilgan aviahujum natijada kamida 17 yosh bola qurbon bo’lib, o’nlab o’quvchilar jarohat olgan.

BMT hisobotiga ko’ra, Suriyada to’rt yildan beri davom etayotgan urish natijasida 200 mingga yaqin odam qurbon bo’lgan.

Turkiston:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yili xalqaro tashkilot sifatida tuzilgan paytda unga “er yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning hamkorligini rivojlantirish maqsadidatuzilgan xalqaro tashkilot”, deb ta’rif berilgan edi.

Ammo bu tashkilot tuzilgandan buyon biror marta musulmon xalqlarning tinchligini mustahkamlash va xavfsizligini ta’minlash uchun bir qadam ham tashlagan emas. Xalifalik davlati qulatilgan kundan to bugungi kunimizgacha, dunyoning har erida musulmonlarga nisbatan qalblarni larzaga soladigan dahshatli qirg’inlar tinimsiz yuz berib kelmoqda. Biroq, shunga qaramay, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar faqat xavotir bildirib qo’yish yoki chuqur qayg’uda ekanligini ifodalashdan nariga o’tgan emas.

Agar BMT biror harakatga qo’l urgan bo’lsa ham faqatgina AQSh va G’arb davlatlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda “inson huquqlar”, “siyosiy erkinliklar” paymol etilayotganni ro’kach qilib, “itoatsiz” davlatlar o’z boyliklarini musatmlakachi davlatlar qo’liga ikki qo’llab tutqazishi uchungina harakat qilgan.

Bugungi kunga qadar Suriyada o’n minglab yosh go’daklar va ayollar qurbon bo’ldi. Ammo BMT qurbon bo’lganlar va o’z vatanini tashlab ketishga majbur bo’lganlar sonini hisoblashdan boshqa narsaga yaramadi. Agar shunga o’xshagan vaxshiyliklarni yuzdan biri G’arb davlatlari yoki tabiiy boyliklarga ega bo’lgan “uchunchi olam” mamlakatlarida sodir bo’lganida BMT butun dunyoga “inson huquqlari paymol etilayotgani” sababli unga qarshi tezroq chora ko’rishga intilgan bo’lar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.