Balog’atga etmagan bola va majnun molidan zakot berishdagi taklif (majburiyat yuklash) o’rni to’g’risidagi savolga javob

505
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Hamzeh Shihadehning balog’atga etmagan bola va majnun molidan zakot berishdagi taklif (majburiyat yuklash) o’rni to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum! «Usuli fiqh» kitobida quyidagi jumla kelgan: «Alloh balog’atga etmagan bola va majnunga zakot, nafaqa va ta’minotlarni ado etishni farz qilgan, demak, u mukallaf (majburiyat yuklangan shaxs)dir, chunki bu ayrim ahkomlar orqali unga yuklandi… deb aytilmaydi. Chunki bu farzlar balog’atga etmagan bola va majnunning amaliga taalluqli emas, balki uning moli va zimmasiga taalluqli, moli va zimmasi esa taklif o’rnidir. Bundan tashqari, qalamning ko’tarilishi to’g’risida «To balog’atga etgunga qadar» va «To xushiga kelgunga qadar», deya ochiq muddat ko’rsatilgan. Chunki bu illatni ifodalaydi, uning illati kichik yoshda bo’lish va aqlning yo’qligidir, buning mol va zimmaga daxli yo’q, demakki istisno qilinmaydi». Bu erda moli va zimmasi esa taklif o’rnidir, degan so’z nimani anglatadi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Siz savolingizda aytgan matndagi so’zlar aralashib ketib, ochiq bo’lmay qolgan. «Islomiy shaxsiya kitobining 3 juzida ham shunday matn kelgan: «Alloh balog’atga etmagan bola va majnunga zakot, nafaqa va ta’minotlarni ado etishni farz qilgan, demak, u mukallaf (majburiyat yuklangan shaxs)dir, chunki bu ayrim ahkomlar orqali unga yuklandi… deb aytilmaydi. Chunki bu farzlar balog’atga etmagan bola va majnunning amaliga taalluqli emas, balki uning moli va zimmasiga taalluqli, moli va zimmasi esa taklif o’rnidir. Bundan tashqari, qalamning ko’tarilishi to’g’risida «To balog’atga etgunga qadar» va «To xushiga kelgunga qadar», deya ochiq muddat ko’rsatilgan. Chunki bu illatni ifodalaydi, uning illati kichik yoshda bo’lish va aqlning yo’qligidir, buning mol va zimmaga daxli yo’q, demakki istisno qilinmaydi».

Matndagi moli va zimmasi esa taklif o’rnidir, degan so’zdan maqsad, taklif bolaning zimmasi va moliga bog’langan bo’lib, shu ikkisiga tushgan, bolaning amaliga va majnunga bog’langan emas. Endi zakotning bolig’ va oqil kishiga farz bo’lishi faqat uning moli va zimmasigagina emas, balki amaliga ham taalluqlidir. Shu bois u molidan zakot chiqarishi, ya’ni zakot berish amalini qilishi farz bo’lgan. Shuning uchun u bu amalni qilmasa, gunohkor bo’ladi. Lekin balog’atga etmagan bola va majnun esa zakot berish amalini ado etishlari farz emas. Chunki ularga bu yuklatilmagan, shariat ikkisiga hech narsani farz qilgan emas, balki ularning moli va zimmasiga zakotni farz qilgan, xolos. Chunki ikkisida ham mol va zimma bor, farz qilinish moldagi zakotga va zimmadagi vazifaga mansubdir, ikkisini ado qilish amaliga mansub emas. Shu bois ikki shaxsga ham zakotni berish vazifasi yuklanmagan, garchi moli va zimmasiga farz bo’lgan bo’lsa ham. Ularning molidan zakot chiqarib berishni esa valiylari yoki valiy o’rnidagi shaxs ado etib beradi. Agar bola va majnun zakotni chiqarib bermasa gunohkor bo’lmaydi. Chunki ular mukallaf emas, ammo agar gunoh hosil bo’ladigan bo’lsa ham, faqat ikkisining ishlarini bajarib beruvchi shaxsga hosil bo’ladi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

12 muharram 1436h

5 noyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.