Tojikiston hukumati ham o’z xavfsizligini ta’minlashga intilmoqda

389
0

 So’ngi 20 yil mobaynida Tojikistonda birorta ham ommaviy norozilik namoyishlari bo’lmagan bo’lsada, rasmiy hukumat mitinglar, namoyishlar va ko’cha yurishlari to’g’risidagi qonunni kuchaytirishga qaror qildi.

 Hukumatning bunday qaror qabul qilishga undagan asosiy sabablardan biri, oktyabr oyi boshlarida internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali “24- guruh”ini 1992 yildan beri hukumat tepasida turgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni iste’fosini talab qilib, 10 oktyabr kuni odamlarni ommaviy norozilik namoyishiga da’vat qilgani bo’ldi. Garchi 10 oktyabr kuni hech qanday namoyish bo’lmagan bo’lsada rasmiy hukumat kelajakda ham bunday ishlar ro’y berishini oldini olish, odamlar o’z noroziliklarini ifoda qilishlariga yo’l qo’ymaslik uchun jazo choralarini kuchaytirish harakatni boshlab yubordi.

 12 noyabr kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasi mitinglar, namoyishlar va ko’cha yurishlari, uning tashkilotchilari va ishtirokchilarining huquq va burchlarini qat’iy tartibga soluvchi yangi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi.

 Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha parlament qo’mitasining raisi Amirqul Azimovning aytishicha, yangi qonun loyihasi norozilik namoyishi ishtirokchilariga qo’yiladigan talablarni kuchaytirmaydi, balki tashkilotchilar, namoyish ishtirokchilari va hukumat o’rtasidagi munosabatlarni ochiq-oydin belgilab beradi. Uning so’zlariga ko’ra, yangi qonun loyihasida namoyish ishtirokchilari soni, uni o’tkazish bo’yicha ariza berish muddati, ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo’yicha javobgarlik aniq ifodalangan.

 Avval qabul qilingan o’zgartirishlarga muvofiq yangi qonun loyihasida “Molotov kokteyli” o’q otar qurolga tenglashtirildi va undan foydalanganlik uchun jazo chorasi ham kuchaytirildi. Bundan tashqari namoyishchilariga niqob taqish va balaklav (jundan to’qilgan, bosh, peshona va yuzni to’sib turuvchi, asosan tog’ chang’ichilari foydalanadigan bosh kiyim) kiyishi, xorij fuqarolar namoyishlarda ishtirok etishi ta’qiqlanadi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.