Qirgʻiziston TIV: tahdid qilish kerak emas

898
0

Qirgʻiziston TIV: tahdid qilish kerak emas

 Amalga oshmay qolgan davlat toʻntarishidan soʻng turk hukumati bu ishda Fathulloh Gulanni asosiy aybdor sifatida taqdim qila boshladi. Gulanga qarshi olib borayotgan kampaniyasi doirasida turk hukumat uning homiyligida tashkil etilgan va dunyoning koʻplab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan oʻquv muassasalarini yopishga boʻlgan harakatini boshlab yubordi.

 Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli yakshanba kuni Alaniyada boʻlib oʻtgan namoyish chogʻida Qirgʻiziston hukumatini ham Gulanga tegishli maktablarni yopishga chaqirdi.

 Yigʻilganlar oldida soʻzga chiqqan Chovushoʻgʻli Gulan tashkilotiga qarshi bir qancha davlatlarda qabul qilingan va rejalashtirilgan choralar haqida aytib oʻtdi. Chovushoʻgʻli oʻz soʻzida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan boʻlib oʻtgan telefon orqali suhbatda ham qirgʻiz hukumatini chetda turmaslikka chaqirganini, Qirgʻizistondan Gulan homiyligidagi maktablarni tezda yopishini talab qilganini aytib oʻtdi.

 “Men Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirini Gulan tarafdorlariga qarshi chora koʻrishga chaqirdim. Agar chora koʻrilmasa, munosabatlarimizda oʻzgarish boʻlishini aytdim”,- dedi Chovushoʻgʻli.

 Turkiya TIV rahbarining bu bayonotidan soʻng Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning mamlakatga nisbatan juda qoʻpol tarzda murojaat qilganini taʼkidladi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻlu Fathulloh Gulen haqida fikr bildirar ekan uning kattagina bandasi Qirgʻizistonda faoliyat yuritishini baralla maʼlum qildi.

 Bunga javoban, “Biz Turkiya tomonining xavotirlanayotganini tushunamiz. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, Qirgʻiziston mustaqil mamlakat. Nima yaxshi nima yomon ekanini biz oʻzimiz hal qila olamiz. Tashqi ishlar vazirining bundayin qoʻpol va xunuk tarzda munosabat bildirishini oqlay olmaymiz. Bir mamlakat boshqa mamlakatga ultimatum qoʻygan holda yoki shantaj yoʻli bilan shart qoʻya olmaydi”,- deyiladi Qirgʻiziston TIVning bu boradagi bayonotida.

Turkiston: 

Turkiya hukumati bir oz oʻzidan ketib qoldi. U xuddi AQShda boʻlib oʻtgan 11 sentyabr voqeʼasidan keyingi AQSh hukumatining butun olam mamlakatlariga tahdid va shantaj yoʻllari bilan qilgan muomilasiga taqlid qilmoqchi boʻlyapti. Lekin Turkiyani har qancha yuqori koʻtarishmasin, u mustamlaka va qaram davlat sifatida qolaveradi. U koʻtargan olamiy hatto mahalliy muammolarning muvaffaqqiyati faqat mustamlakachilarining manfaatiga mos kelsagina muvoffaqqiyat qozona oladi. Turklar hatto oʻz mamlakati ichida joylashgan kurtlar muammosini ham oʻzlari hal qila olishayotganlari yoʻq.

Gulan AQShning Erdugʻonni doim xavotirda ushlab turish uchun bir alternativ varianti desak toʻgʻri boʻladi. Erdugʻon ham Gulan ham Amerikaning taʼsiri ostidagi xizmatchilaridir. Gulan AQShning zaxiradagi oʻyinchisidir. U Qirgʻiziston singari bir qator islomiy oʻlkalarda diniy va dunyoviy ilm tarqatishni niqob qilib olib, ilmoniy saqofatlarni tarqatib keladi. Yaʼni bu odam, diniy fidoiy yoki Islom manfaatini oʻzida namoyon qilgan figura emas, balki dinni niqob qilib, kufrning nonini yeyish uchun dinga ilmoniy koʻzqarashlarni olib kirib kelayotgan buzuq shaxsiyadir. Qirgʻizistondagi ilmiy muassasalari ham, AQShning saqofiy quroli desak adashgan boʻlmaymiz.

Lekin Turk vaziri Chovushoʻgʻlining bayonoti oʻrinsiz boʻldi. Turkiyadagi harbiy davlat agʻdarilishiga boʻlgan harakatlarni Gulanchilar qilishgani yoʻq. Lekin bu bayonotning Angliyada aytilayotganiga qaraganda, Edagon vaziyatdan foydalanib, oʻz raqibini olamiy saqofiy yurishini va ularning reytinglarini biroz boʻlsa ham zaiflashtirib olmoqchi boʻlayapti. Chunki Angliya uchun Gulan ham Erdagon ham birdek, dushmanining koʻppaklari. Ularni bir biri bilan toʻqnashtirib, har ikkovlarini ham zaiflashtirish uchun shu fitnani rivojlantirishga harakat qiladi.Turk vaziri Qirgʻizistonga ham bosim oʻtkazishga qaratilgan bayonot berdi. U Gulanga qarashli barcha taʼlim muassasalarni yopib yuborishga chaqirdi. Aks holda oʻz aro alaqa va munosabatlarimizni qayta koʻrib chiqamiz dedi.

Qirgʻizistonning javobi ham, AQShning rayiga muvofiq boʻldi. Xalqaro vaziyatni Turkiya nazorat qila olmaydi. U albatta AQShning raʼyiga qarab yurishga majbur boʻladi. Qirgʻiz-Turk aloqalariga biroz sovuqchilik tushishi mumkin. Lekin bu vaqtinchalik arzimas arazlashish boʻladi xolos.

Bu harakatlardagi eʼtiborli nuqta shuki, kufr olami, yaʼni mustamlakachi davlatlar bizlarni shaxmat taxtasidagi jonsiz figuralardek, bir birlarining manfaatlariga qarshi yoʻnaltirib oʻynashyapti. Bizlarning yetakchilarimiz esa, yuzlagan baʼzida yuz minglagan musulmonlarni qotillari boʻlib turgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, oʻz birodarlari boʻlgan islomiy yurtlarga yoki jamoalarga qarshi qilich koʻrtarishga shay turishadi.

Erdagon ham, Chovushoʻgʻli ham Angliya va Amerikaning Turkiyadagi harbiy qoʻzgʻalonlarda toʻgʻridan toʻgʻri aloqalari va manfaatlari bor ekanini yaxshi biladi. Shunga qaramay, bular yana oʻshalarning maslahati bilan, hech narsani anglamay, harbiy buyruqni bajargan musulmon harbiylarini va Gulan singari tovlamachilarni qoʻlida toza niyat bilan xizmat qilib kelishayotgan musulmonlarni nishonga olishmoqda. Qirgʻiziston singari kichik va zaif agrar va qashshoq mamlakatga bosim bermoqchi boʻlishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.