Tojikiston ichki ishlari vaziri: Biz hech qanday mitinglarga yo’l qo’ymaymiz!

444
0

7E416A13-2C9C-43B2-8087-5E9AB055D56F_mw1024_s_nTojikiston ichki ishlari vaziri Ramazon Rahimzodaning bildirishicha, “24 guruh” rahbarlari xorijiy moliyaviy dastak oqibatida Tojikiston fuqarolarini 10 oktyabr kuni Dushanbe markaziga norozilik namoyishi uchun da’vat qilishmoqda. Biroq tojik xalqi bunday ig’volarga aslo aldanmaydilar.

7 oktyabr kuni ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda “ITAR-TASS”ga intervyu berib, “Noqonuniy namoyishlarga targ’ib qiluvchi shaxslar jinoyatchilardir va ularning har biri xalqaro qidiruvdagi odamlar hisoblanadi. Ular ortida bir qancha jinoyatlar yashiringan va ularning o’zi jamiyatda biror homiylarga ega emas, hech qanday odamlar ularni qo’llab-quvvatlamaydi. Bugungi kunda “24 -guruh” etakchilari xorijda istiqomat qiladilar va o’z yurtlari bo’lmish Tojikistondan qochib ketganlar. Ularning maqsadi juda jirkanch bo’lib, vaziyatni tobora keskin tus olishini xohlashmoqda va odamlar orasida adovat urug’ini sochib, jamiyatni bo’lak-bo’laklarga ajratib yubormoqchidirlar. Shuning bilan ular xorijdan olingan mablag’larini oqlamoqchi bo’ladilar”, – dedi.

Bunga qo’shimcha qilib Ramazon Rahimzoda “ITAR–TASS”ga bunday dedi, “Tojikiston tartibni saqlovchi organlari albatta vaziyatni nazorat ostiga oladilar va odamlar orasida profilaktik chora-tadbirlarni yo’lga qo’yadilar. Organ xodimlari har kungiday ish faoliyatini olib boradilar. Ammo agar vaziyat taqazo etsa va tartibbuzarlik, qonunbuzarlik holatlari ko’zga tashlansa, albatta nazorat kuchaytirilib, qattiqroq chora ko’rishimiz mumkin. Tojik xalqi 90-chi yillarda fuqarolik urushini boshidan kechirgan va bunday achinarli tarixning yana takror bo’lishligini aslo istashmaydi. Iymonim komilki, xalqimiz ig’volarga nisbatan xushyor bo’ladilar”, – dedi.

Oxirgi kunlarda Internet ijtimoiy tarmoqlarida norozilik namoyishiga chaqiriqlar avjiga chiqdi. Ishonchli manbalardan olingan xabarlarga ko’ra, 4 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi “Do’sti” maydonida namoyishchilarni bartaraf etish, tarqatishga oid o’quv mashqlar o’tkazildi.

Xabarlarda aytilishicha, “24 -guruh” hozirgi hukumatga bir qancha shartlar bilan murojaat qilgan. Bu shartlarga ko’ra, 0 oktyabr kuniga qadar hukumat iste’foga chiqishi lozim, shart bajarilmagan taqdirda ommaviy namoyishlar uyushtiriladi. Bundan tashqari ma’lum qilinshicha, 70 mingdan ortiq xalq va armiya norozilik namoyishi uchun tayyor turibdilar. Agar shartlar ijro qilinmasa, hokimiyatni jang-jadalsiz egallab olishadi.

Izoh:

Bir necha kundan buyon internet ijtimoiy tarmoqlarida, xususan “Feysbuk” va “Odnoklassniki” sahifalarida “24- guruh” tashviqotlari avjiga chiqdi. Bu guruh etakchilaridan biri Sharofiddin Gadoev va uning tarafdorlari uzulksiz tashviqot olib bormoqdalar. Bu ishga hatto Rossiyadagi oddiy xalqdan iborat mehnat muhojirlarini ham aralashtirdilar.

90- yillarda aynan shu stsenariy bo’yicha fuqarolik urishi boshlangan va bu kurashda asosan Amerika o’zing malaylarini ishga solgan edi. Xususan, Tojikistonning ziyoli katlamidan foydalanib yoshlar orasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’ydi, natijada ikki maydonda musulmonlar bir-biriga o’q otishdi. Birodarkushlik urishi natijasida minglabodamlar qurbon bo’lib, o’n minglab odamlar o’z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo’lishdi. Bu “o’yinni” boshkarib turuvchilardan biri, tojik muxolifat vakili shoir Bozor Sobir sal o’tib Amerikaga qochib ketdi. Unga Amerika boshpana berdi. Bozor Sobirga ergashganlarni esa Rossiya o’zining qo’g’irchog’i Imomali Raxmonni taxtga o’tqazgandan keyin zindonband etdi. Boshqalari, ya’ni oddiy xalkdan iborat tarafdorlari esa Afg’oniston, Pokiston va Eronga qochib ketishdi. Bozor Sobir 20 yildan ortiq hayotini Amerikada osuda o’tkazdi. Shu yili u yana vatanida paydo bo’ldi va uni prezident Imomali Rahmon mamnuniyat bilan qarshi olib, ozodlik, mustakillik sababchilaridan biri, deb 4 xonali uy va bir kancha sovg’a-salomlar bilan mukofotladi. O’sha paytlarda ham Bozor Sobir boshchiligida toza demokratik hukumat tuzish sharti talab kilingan edi, hozir ham shu ish qaytarilmoqda. Mana bugun ham bir makkor etakchi o’zi xorijda turib oddiy xalkni hukumatga karshi chiqishga chaqirib, qurbon qilmokda.

Tojikiston ichki ishlar vazirining aytganlari noto’g’ri, chunki bu holat Qirg’izistonda kuzatildi. Garchi 90 yillarda o’zbek va kirg’izlar orasida birodarkushlik urishi bo’lib o’tgan bo’lsada, 2010 yili xalk yana makru-xiylalarga aldanib fitna botqog’iga botdi va natijada ikki tomondan ko’plab kurbonlar berildi. Asosiy ish buyuruvchilar esa hech knday zarar ko’rishmadi. Hozir ham “24- guruh” etakchilaridan biri, yirik ishbilarmon Sharofiddin Gadoev xorijda turib Tojikistondagi xalqni boshkarmoqchi bo’lyapti. Ikkinchisining turgan joyi umuman noma’lum, ismi xoji Umarali Quvvatov. Ularga ergashganlarga savol berganimizda, uning qaerda ekanligini nima farqi bor, asosiysi bu Imomaliga qarshi kurashsa bo’ldida, deb javob berdi. Ular etakchilarini yashirmoqchi bo’ldilar yoki haqiqatdan ham ular turgan joyni bilmaydilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.