Bosh vazir: soliqlarni oshirish zarur

416
0

0,0

9 dekabr kuni bo’lib o’tgan respublika byudjetini 2014 yilga mo’ljallangan va 2015-2016 yillardagi holati to’g’risidagi qonun loyihasini ko’rib chiqish uchun byudjet va moliya masalalari bo’yicha parlament qo’mitasi yig’ilishida, Qirg’iziston bosh vaziri Jontoro Satbaldiev deputatlardan soliq tushumlarini oshirish to’g’risida hukumatga rasmiy ko’rsatma berishlarini so’radi.

“Agar tarif va soliqlarni oshira olmasak, biz pulni qaerdan olamiz?”, – dedi bosh vazir deputatlarni savollariga javob beraturib. U er soliqlarini oshirish zarurligini belgilab o’tdi.

“Biz barchamiz soliq to’layotganlarni bevosita qo’llab-quvvatlaymiz. Kuzda barcha kafe va restoranlar odamlar bilan to’la bo’ldi. Restoranlar soliq to’lashlari zarur, ular bo’lsa to’lashmayapti. Yer solig’i, tariflarni oshirish zarur. Yer solig’i o’n olti yil mobaynida biror marta ham oshirilmadi. Doniyor Usenovdan so’ng hech kim elektr energiyasi tarifini oshirmadi, svet uchun bunday tarif hech qaerda yo’q”, – dedi hukumat boshlig’i.

Uni so’zlariga ko’ra, og’ir yuk tashuvchi avtomobillarni o’tishi, eski mashinalarni olib kirish va zargarlik buyumlari uchun soliq miqdorini oshirish zarur.

Turkiston:

Demokratik tuzum o’z ishlarini yurgizish va fuqarolarni boshqarish uchun zarur bo’ladigan mablag’larni shu xalqni o’zidan yig’ishtirib olishga harakat qiladi. Agar byudjetida mablag’ etishmovchiligi vujudga kelsa darrov soliqlarni miqdorini oshirish haqida bosh qotirib qoladi. O’zi shundoq ham Qirg’izistonda soliqlarning umumiy miqdori 68.9 foizni tashkil etadi. Demak, qonunlarga to’liq rioya qilaman degan fuqaro100 som daromad qilgan bo’lsa shundan sal kam 70 somini soliq sifatida berishi zarur bo’ladi. Tabiiyki hech kim o’z daromadini buncha qismini soliq sifatida ajratishni xohlamaydi. Daromadini yashirish uchun esa yolg’on ishlatishga va soliq idoralariga pora berishlikka majbur bo’ladi, bu esa o’z-o’zidan korruptsiyani yanada gullab yashnashiga olib keladi.

Islomda zakotdan boshqa majburiy to’lanadigan soliq mavjud emas. Zakotni esa soliq e’tborida emas, balki bajarilishi zarur bo’lgan, Alloh tarafidan farz qilingan ibodat sifatida yig’ib olinadi. Zakot faqatgina boy musulmonlarga vojib bo’lib, kim 85 gramm oltinga yoki shuni miqdoridagi pul, savdo mollariga ega bo’lsa boy hisoblanadi hamda mana shu mablag’ bir yil mobaynida talofat ko’rmay, miqdoridan ozaymay, o’sib tursa, qiriqdan birini zakot sifatida ajratishi farz bo’ladi. Minib turgan ulovi, sog’ib ichayotgan sigiri va yashab turgan uy-joyi uchun zakot olinmaydi.

Islom e’tborida erlar ikki turdan iborat bo’lib, bular ushriy va hirojiy erlardir. Ushriy erlardan etishtirilgan xosilni o’ndan biri miqdorida ushr yig’ib olinadi. Xirojiy erlarga esa ushr bilan birga xiroj ham solinadi va xiroj erni holati, suvga yaqin yoki uzoqligi, tabiiy yo’l bilan yoki nasos, paqir yordamida sun’iy yo’llar bilan sug’orilishiga qarab tayinlanadi. Faqatgina ekin ekiladigan erlargagina xiroj va ushr belgilanadi. Agar er nasos, tuya yoki paqir bilan sug’oriladigan bo’lsa ushrni yarmi ya’ni, yigirmadan bir qismi belgilanadi va bu narsalar to qiyomatga qadar o’zgarmaydi ham, oshirilmaydi ham.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.