Bayden uzr so’radi

502
0

cxdsd AQSh prezidentining noibi Jo Bayden ekstrimistlar haqida bergan bayonoti haqida Saudiya Arabistonidan uzr so’radi. Bayden ofisi kotibining bildirishicha, prezident noibi Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal bilan gaplashgan. Suhbat chog’ida Bayden ekstrimistik (jihodiy) guruhlarga qarshi AQSh bilan hamkorlik qilganligi uchun Saudiyaga tashakkur bildirganligi aytilmoqda.

 AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Garvard universitetida AQShning O’rta Sharqdagi siyosati borasida qilgan ma’ruzasida AQShning ittifoqdoshlari, jumladan Saudiya Arabistoni, Turkiya va Birlashgan Arab Amirligi davlatlarini Suriyadagi terrorchi (Islomiy) guruhlarni qurol yarog’ va mablag’ bilan ta’minlayotganlikda ayblagan edi.

 Bundan avval AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Suriyadagi jihodiy guruhlar haqida bergan bayonoti borasida Birlashgan Arab Amirligidan ham uzr so’radi. Chunki Birlashgan Arab Amirligining tashqi ishlar vaziri Anvar ibn Muhammad Baydenning bayonotidan ajablanganligini bildirib, bu haqida rasmiy ochiqlama berishini talab qilgan edi.

AQSh vitse-prezidenti o’zining Suriya haqidagi mulohazalari Birlashgan Arab Amirligining ekstrimistik (jihodiy) guruhlarni dastaklayotganligini bildirmasligini ochiqladi. Bu haqida Bayden Abu-Dabining valiahdi shayx Muhammad Zoid bilan o’tkazgan telefon suhbatda aytib o’tdi.

Shuningdek Bayden Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugon bilan ham telefon orqali bog’lanib, o’zining bayonoti uchun kechirim so’radi. Bayden anqaradan uzr so’ragandan so’ng uning ofisi bir bayonot chiqarib, Voshington ekstrimistik (jihodiy) guruhlarga qarshi kurashda Turkiyaning rolini alohida taqdirlashini bildirdi.

Baydenning bayonoti Anqaraning ham g’azabini qo’zg’agan va Turkiya prezidenti Erdugon Baydendan uzr so’rashni talab qilgan edi.

Turkiston:

Etibor bering, Musulmonlarga yordam berish va bu amalini e’lon qilish martaba emas, xaqorat emish!!!!

Musulmonlarga qarshi tuzulayotgan koalitsiyaga qo’shilish va bevosita ularni qirish amaliyotlarida ishtirok etish ikki dunyo rasvogarchilik emas, yuksak martaba emish!!!

 Musulmonni, kufr tomonidan terrorist deb atab qo’yilishi bilan, Olloxning nazlida shu kabi atamalar inobatga olinib, o’rtalarimizdagi birodarlik ko’tariladimi?!!!

Olloxga qasamki, bular Olloxning dinini va Musulmonlarning ustida xiyonat qilishyapti!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.