Dovuto’g’li: Birgina tashkilotni emas, barcha tahdidlarni bartaraf qilish lozim

378
0

ahmet_davutoglu_288063310Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li Turkiyaning AQSh rejasiga ko’ra harakatlanishi haqida CNN telekanaliga intervyu berdi. AQSh Asad rejimini emas, faqat IShIDni nishonga olayotgani haqida berilgan savolga Dovuto’g’li “AQShning Suriyaga uyushtirgan hujumlari zaruriy ish, ammo bu etarli emas. IShIDning oldiga to’siq quyish uchun havo hujumlari ham kerak albatta, ammo birlashib bir strotergiya bilan ish tutmasak nima bo’ladi, bilasizmi? IShIDni mag’lub qilganimizdan so’ng uning o’rnini boshqa bir guruh egallashi mumkin”, deya javob berdi.

Ahmad Davuto’g’li Suriyada radikal (demokratik boshqaruvni qabul qilmaydigan) guruhlar kuchaygani haqida va mo”tadil (demokratik boshqaruvni yoqlaydigan) muxolifatga dastak berish kerakligi haqida G’arbni bir necha marotaba ogohlantirganini aytib o’tdi.

“Yevropalik va AQShlik hamkorlarimiz bilan Suriyada radikalizmning rivojlanib borayotgani haqida bir necha bora gaplashdik va ularni buning xataridan ogohlantirdik. Faqatgina AQShni emas, barcha davlatlarni ogohlantirdik. Bo’ron yaqinlashib kelayotgani va nimadir qilish kerakligini aytdik”, dedi u.

Suriya muxolifatiga doir savolga Dovuto’g’li “Ittifaqdoshlarimiz va BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bizning tavsiyalarimizni inobatga olib, mo”tadil (demokratik boshqaruvni yoqlaydigan) muxolifatni dastaklaganlarida, bugun bunday inqirozga duch kelmas edik. Afsuslar bo’lsinki, Suriyaning do’stlari mo”tadil muxolifatni dastaklamadi. Biz mo”tadil muxolifat va milliy koalitsiyaga dastak berganligimizni yashirmaymiz”, deb javob berdi.

Dovuto’g’li so’zi davomida tuzilgan koalitsiyaning vazifasi birgina tashkilotni yo’q qilish emas, balki undan tashqari kelajakdagi barcha “terror” tahdidlarini bartaraf qilish uchun qaratilishi lozimligini ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek Dovut o’g’li Turkiya armiyasining quriqlikdan amaliyotni boshlashi mumkinligini bildirib, buning uchun tuzilgan rejalar Asad rejimini qulatishni ham o’z ichiga olishi kerakligini urg’uladi.

“Aytaylik, IShIDni mag’lub qildik – bu qiyin ish, ammo amalga oshiramiz – ertasi kun Asad rejimi Halab yoki havo hujumlarini uyushtiradi va juda katta insoniy talofat keltirib chiqaradi. Shuning uchun uchish ta’qiqlangan zona yaratishni talab qilamiz. Bu bizning vaqtinchalik talabimiz. Chegaramizda xavfsiz bir mintaqa tashqil qilishni istaymiz. Agar shunday qilmasak, bu yuk Turkiya va boshqa qo’shni mamlakatlar zimmasiga tushadi”, dedi Turkiya bosh vaziri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.