OgetImagelim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilar uchun hijriy 1435, milodiy 2014 yilning Qurbon hayiti kirib kelishi munosabati bilan so’zlagan nutqi matni

661
0

OgetImagelim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilar uchun hijriy 1435, milodiy 2014 yilning Qurbon hayiti kirib kelishi munosabati bilan so’zlagan nutqi matni

Allohu akbar Allohu akbar Allohu akbar la ilaha illalloh, Allohu akbar Allohu akbar va lillahil hamd

Ulug’ Islomiy Ummatga

Baytul Harom hojilariga…

Hurmatli da’vatchilarga…

Sahifaga kirayotgan muhtaram ziyoratchilarga…

Assalomu alaykum va rohmutullohi va barokatuh…

Alloh toatlaringizni qabul aylasin, Alloh hayitni sizlarga yaxshilik va barakotlar bilan to’lib-toshgan qilsin… Alloh hojilardan hajlarini qabul aylasin, hajji mabrur, sa’ylari mashkur va gunohlari mag’firat bo’lsin…

Ey birodarlar: Agar Alloh Subhanahu hayit kunini xursandchilik ulashuvchi, musulmonlar qalbiga shodlik baxsh etuvchi, qarindoshlar o’rtasida yaxshi aloqani paydo qiluvchi qilmaganida, Ummat o’rtasida bu kunlarni tabrik va salom yo’llanadigan qilmaganida… Alloh Subhanahuning

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni va’da qildi» [Nur 55] deya kuch-qudrat va g’oliblikni va’da qilishi bu Ummatga albatta kelmaganida… Rosululloh A

«…ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«… So’ng Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi», deb roshid Xalifalikni qaytishini bashorat qilmaganlarida… Alloh uchun xolis harakat qiladigan, Rosululloh Aga sodiq bo’lgan, o’z qo’lida Xalifalikning tiklanishini, Islomning va musulmonlarning azizligi qaytishini Allohdan iltijo qilib so’rab tunu kun harakat qilayotgan hizb bo’lmaganida…

Agar bular bo’lmaganida yuzlarda tabassum ko’rinmas edi. Chunki Ummatni chor atrofdan qamrab olgan fojialar ko’pligidan dillarni mahzunlik va g’am-g’ussa o’rtamoqda… Zero, Xalifalik qariyb bir asrdan buyon mavjud emas. Shuning uchun musulmonlar parchalanib ularni Allohdan, Rosulidan va mo’minlardan hayo qilmaydigan ruvaybiza hukmdorlar boshqarmoqda. Mustamlakachi kofirlar va ularning ittifoqchilari yurtlarga hamda bandalarga tajovuz qilayotganini aytmasa ham bo’ladi. Go’yoki musulmonlarning yurtlari bizning qonimizni to’kishlari va hurmatimizni toptashlari uchun kurash maydonidek…

Agar siz kun chiqishdan boshlab, Indoneziyadan Timorni kesib o’tsangiz yo’lda Birmani ko’rasiz. Siz Birmada nima bo’lganini bilasizmi?! U erdagi musulmonlarning ahvoli qalblarni qon yig’latadi. Chunki u erda butparastlar o’rmon vahshiylari ham undan qochadigan jinoyatlarni va vahshiyliklarni amalga oshirmoqda… So’ng Bangladeshga o’tsangiz u erdagi fojiaga guvoh bo’lasiz… Keyin Kashmirga etasiz va u erdagi hindlar jinoyatini ko’rasiz… So’ng Pokistonga o’tsangiz u erdagi fojialarga va Amerikaning Vaziristonga uchoqlari bilan amalga oshirgan hujumiga guvoh bo’lasiz… So’ng Afg’onistonga o’tsangiz u erni Amerika va Nato kuchlari bosib olganiga guvoh bo’lasiz. U erda biror kun vahshiylarcha amalga oshirilgan qirg’indan xoli bo’lmaydi… Agar Shimol tomonga ko’tarilsangiz Chechenistonni, Kavkazni so’ng Qrimni ko’rasiz. U erlarda ham Rossiya qo’lini qonga botirmoqda. U erdan Sharqqa qarab Sharqiy Turkistonga yursangiz Hitoyning unga turli azoblarni qo’llayotganiga guvoh bo’lasiz… So’ng O’rta Dengizga tushsangiz Kiprni ko’rasiz. Uni Turkiyadan ajratib olinganidan keyin u erda kiprlik yunonlar hukmronlik qilmoqda…

Agar Janub tomon yurib dengizni yoqalab o’tsangiz musulmonlar yurtlarining yuragi, ikki qiblaning birinchisi Muborak Falastin zaminini ko’rasiz. Siz u erda muborak zaminni yahudiylar bosib olganiga va u erda jinoyatlarni hamda qirg’inlarni amalga oshirayotganiga guvoh bo’lasiz, bu zamin masjidining uni jon talvasasiga solib qo’ygan og’ir jarohatdan ingrayotganini eshitasiz… So’ng Shomga o’tasiz. Shomda nima bo’layotganini bilasizmi?! U erni nafaqat Shom tog’uti qonga botirmoqda balki u erda musulmonlarning o’zaro jang qilishlari oqibatida ham qon to’kilmoqda. Bu qirg’in va qon to’kish olovini mustamlakachi kofirlarning hamda xoin malaylarning hujumlari alangalatmoqda. Ular uchoqlardan, dengiz va okeandan, qolaversa Ko’rfazdagi bazalardan raketa otib hujum qilishmoqda.

Agar kun botish tomonga yursangiz Liviyani ko’rasiz. U erda musulmonlar o’zaro urushmoqda… So’ng Misrni ko’rasiz. Siz u erda erni salibchilar va tatarlardan tozalagan Misr qo’shinini hokimlar ichki masalalar bilan mashg’ul qilib qo’yganiga guvoh bo’lasiz. Chunki ular Falastinga tosh otsa etgudek yaqin bo’la turib uni bosib olgan yahudiylarga qarshi qo’zg’alib ham qo’yishmadi. So’ng Markaziy Afrika tomonga burilsangiz u erda musulmonlarning sifatlab bo’lmas darajada aziyat chekayotganiga, pokiza qonlar to’kilayotganiga, nomuslar toptalayotganiga guvoh bo’lasiz… So’ng uning qo’shnisi Sudanni ko’rasiz. Uning janubi shimolidan ajratildi va jarohati qonagan holda tashlab qo’yildi… So’ng bir necha yillardan buyon alamdan va jirkanchli urushlardan ingrayotgan Somalini ko’rasiz…

Bularning barchasi musulmonlarning yurtlarida mustamlakachi kofirlar va ularga malay bo’lgan hukmdorlar sababli bo’lmoqda… Ammo kofirlarning yurtlaridagi musulmonlarning fojialariga kelsak bu haqda uzoq gapirish mumkin. Chunki bu xalqlar musulmonlarning o’zligidan voz kechishlarini istashmoqda. Hatto ular musulmonlarning ayollari kiyimlariga ham toqat qilisha olmayapti va azon ovozini o’chirishga ham harakat qilishmoqda. Ular o’zlarining jamiyatida, hayotiy ishlarida va hatto ko’chalarda musulmonlarga qarshi nafratni yoyishmoqda.

Bular Xalifalik yo’qligida ketma-ket kelgan fojialardir, halim kishini hayron qoldiradigan bir uyum musibatlardir.

Ey birodarlar: Men «Agar bular bo’lmaganida…» degan va undan keyingi aytgan gaplarimga quyidagilarni qo’shimcha qilmoqchiman: Alloh Taoloning

«Bas, albatta har bir og’irlik-mashaqqat bilan birga bir engillik ham bordir. Albatta har bir og’irlik-mashaqqat bilan birga bir engillik ham bordir» [Sharh 5-6]

«Har qachon payg’ambarlarimiz noumid bo’lib: «Bizlar yolg’onchi qilindik – payg’ambar ekanligimizga ishonmadilar», deb o’ylay boshlaganlarida, ularga Bizning madadimiz-g’alabamiz kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar edi. (Ammo) jinoyatchi bo’lgan qavmdan bizning azobimiz qaytarilmas!» [Yusuf 110]

deya kelgan oyatlarini tadabbur qilishda… Alloh va Rosulining ansorlari bo’lmish Madina ahlining Rosululloh Aning oldilariga u kishi og’ir sharoitdalik paytida kelishganini tadabbur qilishda… Mo’minlar onasi Xadija I va Rosululloh Aga ko’makchi bo’lgan Abu Tolibning vafot etishi, keyin Toif ahli Rosululloh Ani qonga bo’yab keskin rad javobi berishi natijasidagi «Qayg’u yili»da ansorlarning kelishlarini tadabbur qilishda, Rosululloh A uchun alamli bo’lgan ushbu yillarda birinchi va ikkinchi Aqaba bay’atini, so’ng Rosululloh Aning hijratlari va davlatning tiklanishini tadabbur qilishda…

Bularning barchasini tadabbur qilishda shu narsalar ochiq ko’rindiki, alamdan keyin umid bor, qayg’udan keyin xursandchilik, qiyinchilikdan keyin engillik, uzoq vaqt davom etgan baxtsizlikdan keyin yaqinlashgan baxt, «Biz Alloh uchunmiz va unga qaytguvchimiz» deb aytilgandan keyin Allohning rahmati, so’ng yaxshilik va g’alaba bor… so’ng yaxshilik va g’alaba bor… so’ng yaxshilik va g’alaba bor

«O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

So’zim yakunida sizlarga salom yo’llab duoi xayr qilib qolaman. Alloh toat-ibodatlarni qabul qilsin va sizlarga ne’mati va barakotini yog’dirsin…

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Hijriy 1435 yil muborak Qurbon hayiti kechasi

9 zul-hijja 1435h

3 oktyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.