Tojikiston janubida yangi harbiy poligon bunyod etiladi

427
0

IMG_9520.JPG.480x0_q90Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati boshlig’i polkovnik Yaroslav Roщupkinning ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylari ikki mamlakat harbiylarini hamkorlikda tayyorlash uchun “Armageddon” harbiy poligonini bunyod etish va jihozlashda tojik hamkasbilariga yordam berishadi.

Polkovnikning so’zlariga ko’ra, Dushanbe shahrida Markaziy harbiy okrug qo’mondoni Vladimir Zarudnitskiy Tojikiston respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Sheralishox Mirzoev va Bosh shtab boshlig’i genaral-mayor Zarif Sharifzoda bilan uchrashgan.

“Rossiya harbiylari Xatlon viloyatida ikki mamlakat harbiylarini hamkorlikda tayyorlash imkonini beruvchi yangi “Armageddon” harbiy poligonini jihozlashda tojik hamkasblariga ko’mak ko’rsatadilar”, – dedi Roщupkin. Uning aytishicha, hozircha poligon barpo etiladigan joy “bo’m-bo’sh” va “ishni noldan boshlash kerak bo’ladi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.