Hizb ut-Tahrir delegatsiyasi Milliy ozodlik fronti lideri bilan uchrashdi

28
0

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir delegatsiyasi Milliy ozodlik fronti lideri bilan uchrashdi

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi 2025 yil 11 fevral seshanba kuni milliy ozodlik fronti lideri janob Ahmad Najib Shobiyni qabul qildi. Hizbning Sukra shahridagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hizb a’zosi ustoz Arabiy Karbon, hamda Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zolari Habib Hajjojiy, Tamim Navra, doktor Faysal Darg‘us va Muhandis Yosir Anvarlar ishtirok etdi. Milliy ozodlik fronti lideri janob Ahmad o‘zining bu ziyoratini ilgari Hizb delegatsiyasi tomonidan uning qarorgohiga qilingan ziyoratga javoban amalga oshirmoqda.

Uchrashuvdagi asosiy suhbat siyosiy faoliyatning fikriy asoslari hamda qonunchilik manbalari borasida Islom va G‘arb tafakkuri o‘rtasidagi farq haqida bo‘ldi. Shuningdek, delegatsiya hurmatli mehmonga insoniyatning kapitalizm zulmidan qutulishi Islom asoslari va uning adolatli yechimlarisiz aslo amalga oshmasligini ochiqladi.

Uchrashuvning ajoyib do‘stona muhitda o‘tganini, unda jamoatchilik fikrini tashvishga solayotgan masalalar bo‘yicha batafsil qarashlarni shakllantirish uchun bu kabi uchrashuvlarni davom ettirish muhimligi aytilganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.