«Iroq va Shom Islom davlati (IShID)» tashkiloti va xorijiy aralashuv

727
0

01-11«Insight» programmasi: «Iroq va Shom Islom davlati (IShID)» tashkiloti va xorijiy aralashuv

O’tgan kuni kechqurun Avstraliyaning «SBS» telekanali «Insight» programmasida «kurashga a’zo bo’lish» nomli ko’rsatuvni namoyish qildi. Ko’rsatuvda jang qilish uchun Suriya va Iroqqa safar qilgan musulmonlar tilga olindi. Bu programma Britaniyadagi musulmonlar diasporasini g’azabga keltirdi va u o’zining «Today Tonight» va «A Current Affair» kabi boshqa programmalardan farq qilmasligini hamda «SBS» telekanali ham yomonlikda boshqa kanallardan qolishmasligini isbotladi. Chunki «Insight» programmasi namoyish qilgan narsa yollangan jurnalistikaning klassik namunasi hamda Islom va musulmonlarga qora choplamoqchi bo’lgan arzongarov urinish bo’lishdan nariga o’tmadi.

Hizb ut-Tahrir-Avstraliya shu xususda quyidagilarni ta’kidlaydi:

1 – «Insight» programmasidagi davra suhbatining terrorizmga qarshi kurash qonuni uchun yangi takliflar kiritish to’g’risida bo’lishi kutilayotgan mavzusi «IShID»dan, bu tashkilotning hafsala bilan tanlab olingan ayrim ishlaridan va musulmonlarning unga nisbatan qarashlaridan nariga o’tmadi. Bu davrada real muammolardan birortasi bahs-munozara qilinmadi. Ko’rsatuvga tanlab olingan ishtirokchilar ham faqat zerikarli bahslar va ahmoqona dastaklar qo’zg’ovchi kimsalar bo’ldi. Bu programma Islomdan xavfsirashni kuchaytirishni to’la ta’minlaydigan shaklda tayyorlangan va ko’rsatuvda tomoshabinlarni rozi qilish yo’lida Iroq va Suriyadagi muhim vaziyat nazar-pisand qilinmadi, kamsitildi.

2 – «Insight» programmasi Islom va musulmonlar masalasiga aloqador bir necha davra suhbatlarini o’tkazgan. Ammo birorta ham masalaga ob’ektiv qaramagan, masala bilan bog’liq vaziyatni tushunishga harakat qilmagan. Ko’rsatuvda Jenni Proki – xuddi ko’rsatuvda bahs-munozara qilingan boshqa biror masalani bir kecha-kunduzda hal qilishlari mumkin bo’lganday afsuski bunday geosiyosiy muammoni bir kecha-kunduzda hal qilolmaymiz, deya uzr keltirdi. Shubhasiz, bunday taktika G’arb davlatlarining tashqi siyosatlariga kirishishdan o’zni olib qochishdan hamda buning o’rniga, bari muammo Islom va musulmonlarda qilib ko’rsatishdan boshqa narsa emas. Ushbu liberal ilmoniy reja tarafga o’tish va unga xizmat qilish aslo yashirib bo’lmaydigan haqiqat, albatta.

Qachon «Insight» programmasi Avstraliya hukumati va uning ittifoqchilari sodir etayotgan vahshiylik va g’ayriinsoniy qilmishlarni namoyish qilarkin, axir, bu hukumatlar dunyoning boshqa yurtlariga o’z armiyalarini yuborishib, urush ketidan urush olib borishmoqda?! Qachon bu programmada Avstraliya askarlari Qo’shma Shtatlar askarlari bilan birgalikda oddiy afg’on xalqini o’ldirib, jasadlarini quloq burnini kesayotganlari, so’ng ustiga bavl qilayotganlari manzarasi aks ettirilgan lavhalarni ko’rsatarkin?! Qachon mo”tadil avstraliyaliklar bilan radikal avstraliyaliklar o’rtasida bu yurtdagi ekstremist ilmoniy to’dalar muammosi ko’rib chiqilarkin? Terrorizm masalasi haqiqiy talqin yo’li bilan o’rtaga tashlanarmikin, masalan, G’arbning tashqi siyosatiga qarshi reaktsiya kabi? Bularning javobini «yo’q, aslo bunday bo’lmaydi» deb aytsak, xato qilmagan bo’lamiz. Chunki asosiy axborot vositalarining aksari hukumatparast jarchilar bo’lib, ular ochiq muloqot va dialogdan uzoq holda yolg’on xabarlar tarqatish bilan band.

3 – Yosh bolalarning uzilgan boshlarni tashishlari, nasroniylarni quvg’in qilish, telbalarcha qirg’in qilish amaliyotlari va shunga o’xshash ishlar mutlaqo xato ishlardir. Ammo shunga qaramay, ishlar Iroq va Suriyadagi hozirgi vaziyatga bog’liq bo’lgan paytda qasddan shunday ishlarga va bu ishlar unga mansub jamoalarga e’tiborni tortish oqlab bo’lmas soxtakorlikdir. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, bu erda IShIDni G’arb davlatlarini cho’chitib turuvchi olabo’ji qilib ko’rsatish uchun Al-Qoidaning yangi o’rinbosari sifatida namoyon qilishga qattiq urinishmoqda. Bundan quyidagi maqsadlarni ko’zlashgan:

a) G’arb davlatlarini boshqa – Iroq kabi – davlatlar ishiga burun suqishlarini oqlash va bundan Amerikaning Iroqni quyidagi uchga bo’lib tashlash rejasini amalga oshirish: Shimoliy sharqda Kurdlar davlati, shimoliy g’arbda Sunniylar davlati, janubda Shialar davlati;

b) Terrorizmga qarshi kurash qonunini kuchaytirish uchun hozir yuz berayotganidek G’arbdagi musulmonlar diasporalari ishlariga mahalliy jihatdan ortiqcha aralashishni oqlash.

v) Islom nomini, xususan, Xalifalik tushunchasini bulg’ash, vaholanki, IShIDni Xalifalik davlati bo’lish uchun Islom davlati, deb bo’lmaydi.

Demak, musulmonlar bunday bosimlarga aldanib qolmasliklari, bunday soxta hujumlarni faqat qoralab yo dastaklab qo’yish bilan, ularga moslashib qolmasliklari kerak. Aksincha, G’arbning terrorizmga qarshi kurash tushunchasining soxtaligini fosh etishlari lozim. Nega ham shunday bo’lmasin, axir, asrimizning birinchi raqamli terrorchilari G’arb davlatlari bo’lib, ular o’zlarini insoniyat xaloskorlari, tinchlik va adolat posbonlari qilib ko’rsatmoqda, aslida esa bosqinchilik va urush orqali yurtlarimizni vayronaga aylantirgan shularning o’zlaridir.

4 – Avstraliya hukumati yana o’zining xorijiy aralashuv nog’orasini chalib, odatdagidek, Qo’shma Shtatlar etagiga osilmoqda. Bu safar nasroniylar va Iroq xaldeylariga (bobil davlatini tashkil etgan somiylar qabilasi) nisbatan insoniylik tashvishlari, degan narsani dastaklayapti. Alhol, Suriyada Asad rejimi qo’li bilan qurolsiz va aybsiz oddiy fuqarolarning ketma-ket qirg’in qilinishini ham, Birmada butun bir qishloq yoqilib, kuli ko’kka sovurilganini ham, bugun esa G’azoda qurolsiz oddiy fuqarolar qamal qilinib, bombalanayotganini ham, hammasini mana shu G’arb davlatlari tomosha qilib turibdi.

5 – Avstraliya hukumatining Suriyaga jihod qilgani ketayotgan musulmonlarga hujum qilayotgani hech asossiz munofiqlik qilishning o’zginasidir. Buning javobgarligi shu hukumat elkasida, u repressiya qilinayotganlar va mazlumlarga yordam berish uchun o’z jonini qurbon qilayotganlarni nima uchun jinoyatchiga chiqarayotganini oqlab berishi kerak.

Telefon: +61 438 000 465

Elektron pochta: media@hizb-australia.org

Adres: Haldon St, Lakemba 2195 NSW AUSTRALIA *** PO Box 384

Punchbowl 2196 NSW AUSTRALIA

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.