Tataristonda sud hukmlari Chelyabinskda yana qamoqqa olishlar

423
0

01-11Tataristonda sud hukmlari Chelyabinskda yana qamoqqa olishlar

 2014 yil 14 sentyabrda Naberejniy Chelniy shahri sudi Hizb ut-Tahrir a’zolaridan to’rt yigitni aybdor deb topdi. Ularni Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 282 moddasiga asosan «adovat va nizoga targ’ib qilish, inson obro’sini tahqirlash»da hamda ayni moddaning 2-bandiga asosan «ekstremistik tashkilot faoliyatida qatnashish»da aybladi. 1973 yilda tug’ilgan Ryazapov Bulatni bir yilu to’rt oyga hukm qildi, hukmni jazoni o’tash koloniyasida o’taydi. Qolganlarni bir yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Ular 1969 yilda tug’ilgan Baynazarov Oybek, 1971 yilda tug’ilgan Basirov Radif, 1983 yilda tug’ilgan Kuchkarov Ramillardir.

 2 oktyabrda ham Rossiya Federal xavfsizlik xodimlari Rossiya ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Chelyabinsk mintaqasida Hizb ut-Tahrirning 4 nafar yigitini qo’lga olgandi. Ularni uylarida tintuv o’tkazishib, o’zlarini qamoqqa olishdi, ular ustidan Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205.5 moddasi 2-bandiga asosan «terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish» ayblovi bilan sud jarayoni boshlandi, so’ng ular 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etildilar. Ular 1982 yil tug’ilgan Xabirov Salavat, 1989 yil tug’ilgan Shamsutdinov Rinat, 1988 yil tug’ilgan Shaimov Alfred, 1983 yil tug’ilgan Mirov Orifjonlardir. Ta’kidlash joizki, aka-uka Xabirov Salavat bilan Xabirov Vadimlar endigina (2014 yil 12 sentyabrda) o’z qamoq muddatlarini o’tashib ozodlikka chiqqan edilar. Xabirov Vadim ham Hizb ut-Tahrirga a’zo bo’lish ayblovi bilan qamalib, jazo muddatini tamomlagan edi.

 Shunisi diqqatga sazovorki, Naberejniy Chelniy shahrida sud qilingan musulmonlar bilan ularning Chelyabinskda qamoqqa olingan birodarlariga ham o’sha 282-moddaga asosan ayblov qo’yilgan. Bu moddadan musulmonlarni jinoyatchiga chiqarishda foydalanilmoqda. Bu modda 2013 yil 27 sentyabrda butun Rossiya mintaqalari bo’ylab «Barchamiz Qur’onni himoya qilamiz» shiori ostida o’tkazilgan kampaniya ortidan ishlab chiqilgan. Rus rejimi musulmonlarning «hijobni taqiqlash bilan opa-singillarimizdan liboslarini echib olishdi» hamda «ular Rossiyada musulmonlarni qamoqqa olishyapti va qatl qilishyapti» kabi shiorlarini o’rganib chiqib, ularni ko’tarib chiqish jinoyat, degan xulosaga keldi. Vaholanki, bu shiorlar Rossiyaning jinoyatkorlik voqeini ko’rsatib turadi, xolos. Shunga binoan uning ayni voqeini jamoatchilik fikriga fosh etayotgan kishilar jinoyatchiga chiqarildilar, holbuki ular bu haqdagi omma his-tuyg’usini fikran ifoda etgandilar, xolos.

 20106249541461833ViajesBular Rossiya maxsus xavfsizlik xizmati bizni qaddimizni bukishga va pozitsiyamizdan voz kechtirishga harakat qilayotganini ko’rsatadi. Aslida fikriy da’vat olib borayotganlarni terroristga chiqarish mushkul kechmoqda, chunki islomiy mintaqalarda qo’ni-qo’shnilar ularni tinch yo’l bilan faoliyat qiluvchi kishilar sifatida taniydilar. Demak, eski KGB merosxo’rlari o’z ishlarida jamoatchilik fikrini sariq chaqaga olmasligi isbotlandi.

 Shu boisdan biz Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi to’xtovsiz dahshatli noqonuniy taktikalar qo’llanayotganini guvohi bo’lmoqdamiz. Bu muxsus xavfsizlik kuchlari bosimi ostida rus rahbariyati o’ylab topgan uslublardir. Biroq har qancha qamoqqa olishlar davom etmasin, har qancha qonun moddalari ishlab chiqib, tatbiq etishmasin, Xalifalikka da’vat qilayotganlarni har qancha sudga tortishmasin, bu maxsus xavfsizlik xizmati olib borayotgan kurashlar, quvg’inlar va zulmlar baribir noqonuniy bo’lib qolaveradi. Chunki ularning hammasi Hizb faoliyatini taqiqlashdek oqlab bo’lmas xato asosiga qurilgan.

 Biz takror aytamiz, Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi qo’yilayotgan ayblov va sudlovlar nohaq va soxtadir, har qanday aybsiz insonni qamash va erkinlikdan mahrum etish ulkan jinoyat hisoblanib, uni sodir etganlar ham, unga sherik bo’lganlar ham tez orada albatta hisob berajaklar.

 Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

 ﴿وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّـهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ * إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ * مُهْطِعِينَ مُقْنِعِي رُءُوسِهِمْ لَا يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ * وَأَفْئِدَتُهُمْ هَوَاءٌ﴾

«Siz Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g’aflatda, deb hargiz o’ylamang! Faqat Alloh ularni ko’zlar (dahshatdan) qotib qoladigan kunga qoldirmoqda, xolos. (U kuni) ular boshlarini ko’targan hollarida yugurishadi, ko’zlari o’zlariga qaytmaydi, qalblari (dahshatdan) bo’m-bo’sh bo’lib qoladi»                        [Ibrohim 42-43]

Hizb ut-Tahrirning

Rossiyadagi matbuot bo’limi

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.