O’zaro ziddiyatlarni cheki ko’rinmaydi

438
0

1389699779_kirgizyQirg’iziston respublikasi Batken viloyatiga qarashli Laylak tumanining Maqsat qishlog’ida 25 avgust kuni qirg’iz-tojik chegarachilari o’rtasida navbatdagi otishma bo’lib o’tdi. Mahalliy aholining so’zlariga ko’ra, otishma tushdan so’ng boshlangan. Hozircha jabrlanganlar va otishma nima sababdan kelib chiqqanligi to’g’risida aniq ma’lumot yo’qligi aytilmoqda.

Laylak tumanining Qulundu qishloq hukumatiga qarashli Maqsat va Internatsional qishloqlarini tutashtiruvchi ko’prikni qurilishi boshlanishi kerak edi. U erga qirg’iz tomonidan kerakli bo’lgan texnikalar etkazib kelingan edi.

Mahalliy aholining ma’lumotlariga ko’ra, bu er bahsli hudud bo’lganligi sababli ko’pirik qurilishini tojik tomoni ma’qullagan edi. Shunga qaramay, u erga tojik chegarachilari kirib kelib, texnikalarni chiqarishga harakat qilgan va qirg’iz chegarachilariga qarata birinchi bo’lib o’q uzishgan. Tojik chegarachilari minomyotlardan ham foydalanishgani xabar qilinmoqda.

Yil boshidan buyon qirg’iz-tojik chegarasida 28 marotaba ziddiyat kelib chiqdi. Bu ziddiyatlar natijasida o’nlab odamlar jarohatlanib, bir necha kishi qurbon bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.