Suriya milliy koalitsiyasi o’ziga yangi rahbar sayladi

343
0

هادي-البحرة-هدفنا-تقويم-الاخطاء-السابقة-625x330Suriya milliy koalitsiyasi Istambulda o’tkazilgan yig’ilishda Saudiya Arabistoni hukumati uchun yaqin shaxslardan sanalgan Xolid Bahrani o’ziga yangi rahbar etib sayladi. Vazifasidan bo’shatilgan Ahmad Jarbaning o’rniga Xolid Bahra 62% ovoz bilan koalitsiya rahbari etib saylandi.

Amerikada ta’lim olgan va uzoq yillar Saudiya Arabistonida yashagan Xolid Bahra milliy koalitsiyaning sobiq rahbari Ahmad Jarbaga yaqin odam ekani aytilmoqda. Istambulda o’tkazilgan yalpi majlisda Bahra aynan Jarbaning dastagi bilan Suriyadagi inqilobchi kuchlar milliy koalitsiya rahbarligiga saylandi.

Suriyada Asad rejimiga qarshi olib borilayotgan ichki urushni to’xtatish maqsadida Jenevada o’tkazilgan, ammo kutilgan natijani bermagan uchrashuvlarda Xolid Bahra muxolifatning bosh muzokarachisi vazifasini bajargan edi.

Suriya milliy kolitsiyasi yo’qotishlarni kamaytirish maqsadida yangi strotegiya belgilash uchun uchrashuvlarini davom ettirmoqda. Ozod Suriya armiyasining qo’mondoni Abdulloh Bashir G’arb davlatlaridan dastak kutayotganini bildirdi.

Obama hukumati Suriya muxolifatini harbiy mashg’ulotdan o’tkazish va zaruriy jihozlar bilan ta’minlash uchun o’tgan iyun oyida kongresdan 500 million dollar talab qilgan edi.

Bu yordamlar muxolifat nazorati ostidagi mintaqalarda barqarorlikni saqlash va terrorga (Islomga) qarshi turish uchun ishlatilishi ko’zda tutilgan. Ayni paytda AQSh hukumati bu yordamlar faqat demokratik ko’zqarashdagi ilmoniy muxolifatga berilishligini ta’kidlamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.