G’azodagi oxirgi vaziyat

381
0

sas Isroil harbiylari dushanba kuni boshlagan xujumlari oqibatida hozirga qadar 121 kishi hayotdan ko’z yumdi, 805 kishi jarohat oldi. O’lganlarning eng ulug’ yoshdagisi 80 yoshda bo’lsa, eng kichigi 1 yoshda ekanligi aytilmoqda.

 Ijtimoiy inshootlar va qurilish ishlari vaziri Mufid Husayniy bergan yozma bayonotda aytilishicha, Isroil bosqinchi kuchlari tarafidan uyushtirilgan hujumlarda 282 uy tamoman vayron qilingan, 8910 uy qisman qulagan, 260 tasi yashab bo’lmaydigan ahvolda.

 “Yevropa-Oqdengiz” nomli inson huquqlari ulardan tashkiloti tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda bildirilishicha, Isroil kuchlari tinch fuqarolar, jumladan yosh bolalar va ayollar yashayotgan uylarni nishonga olishda davom etmoqda.

 “Isroil kuchlari G’azoda butun oilalarni ommaviy shaklda o’ldirmoqda. Hujum boshlangan kundan bugunga qadar hujumlarning shiddati yanada kuchaydi. Avval bunaqasi bo’lmagan edi. Payshanba kechasiga qadar Isroil kuchlari havodan 88 marta, erdan 206 marta va dengizdan 240 marta, jami 534 marta hujum uyushtirdi”, deyiladi bayonotda.

gg Keyingi olingan xabarlarga ko’ra, har daqiqada musulmonlarning asosiy ehtiyojlarini yo’q qilish uchun bor kuchini sarflab kelgan Isroil endilikda G’azodagi baliqchi kemalarni nishonga olishda davom etmoqda. Hujum oqibatida musulmonlarning tirikchiligi uchun yarab turgan o’nlagan kemalar ishga yaroqsiz holga keltirildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.