Tojikistonda hijob kiygan ayollarning soni ortib bormoqda

412
0

66Tojikistonda hijob kiyish ta’qiqlanganiga qaramay hijobli ayollarning soni kundan kunga ortib borayotgani kuzatilmoqda.

Oxirgi paytlarda Islomning boshqa ahkomlari bilan paralel ravishda hijob kiyishga bo’lgan e’tibor ham Tojikistonning barcha mintaqalarida avvalgiga qaraganda ancha ortgan. Bu xolat Raxmonov hukumatini xavotirga solib qo’yganligi tufayli bir qancha joylarda, jumladan o’quv maskanlarida ham hijob kiyib yurishga qo’yilgan cheklov yanada kuchaytirildi.

 Poytaxt Dushanbeda va bundan tashqari Sug’d viloyati kabi mamlakatning shimoliy mintaqalarida hijob kiyishga bo’lgan intilish yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu mintaqalarda xijob bilan yurishni afzal ko’rgan ayollar soni avvalgiga qaraganda ancha yuqori. Boshqa mintaqalarda ham rumol bilan yuradiganlar ko’pchilikni tashkil qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.