Xitoy hukumati musulmonlarga Ramazon ro’zasini tutishni ta’qiqlab qo’ydi

790
0

uyghurHeader (1) “RIA Novosti” axborot agentligini xabar qilishicha, Xitoy hukumati Shinjon muxtor viloyati musulmonlariga Ramazon ro’zasini tutishni ta’qiqlab qo’ydi. Xitoy rasmiy hukumati mintaqadagi musulmonlarga ro’za tutishni ta’qiqlash to’g’risidagi qarorini “millat salomatligini muhofaza qilishda g’amxo’rlik ko’rastish” bilan izohlamoqda.

 Davlatga qarashli radio va televideniyalar “hukumat ishchilari, o’qituvchi va yoshlarga” Ramazon ro’zasini tutishni ta’qiqlanishi to’g’risida xabar qildi.

 Rasmiy hukumatning iddiosiga ko’ra, mazkur ta’qiq fuqarolar tomonidan “ijobiy” qabul qilingan. Chunki, ular kunning issig’ida tashna holda ishlashdan “ozod” bo’lishdi.

 1949 yilda kommunistik Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonni bosib oldi va uni “Sintsyan”, ya’ni, “Yangi er” deb nomladi. Hudosiz kommunistlar ta’limini olgan Xitoy hukumati uyg’ur musulmonlarni musulmon va millat sifatida yo’q qilish uchun turli xil yo’llar bilan ta’qib va qirg’inlarni davom ettirib kelmoqda.

 Xitoy hukumati hozirda o’lkaning musulmon tub aholisini boshqa joylarga ko’chirish va xitoylik xanlarni bu o’lkaga ko’chirib kelish siyosatini olib bormoqda. Shu bilan birga bosqinchi hukumat islomiy osori atiqalar va islomiy ko’rinishlarni jamiyatdan yo’q qilishga urinmoqda va muntazam ravishda o’lkaning tabiiy boyliklarini tashib ketishmoqda.

 O’lka tabiiy boyliklarga mo’l bo’lishiga qaramasdan, juda ko’pchilik musulmonlar kambag’al-qashshoq hayot kechiradilar. Ustiga ustak, Xitoy hukumati musulmonlarning ko’payishini ham cheklab qo’ygan va natijada 25 millionlik uyg’ur xalqi bugunga kelib 15 millionga tushib qoldi. Musulmon millati qattiq jabr-zulm tufayli tobora kamayib borayapti. Bundan tashqari, musulmonlarga islomiy ilmlarni o’rganish, ro’mol o’rash, saqol qo’yish va hatto Qur’on o’qish taqiqlab qo’yilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.