Savolga javob

453
0

 voprosLiviya maydonidagi siyosiy jarayonlar

 Savol:

 2014 yil 2 iyunda qonuniyligi to’g’risida nizolashilayotgan bosh vazir Ahmad Maitik markaziy mintaqa «Misurata» zirhli harbiy qismning kuchaytirilgan harbiy kuchlari himoyasida poytaxt Tripolidagi bosh vazirlik qarorgohiga kirishga muvaffaq bo’lgani e’lon qilindi… Umumiy milliy kongress 2014 yil 25 mayda Tripolida o’tkazgan yig’ini chog’ida yangi bosh vazir Ahmad Maitikka ishonch bildirishni ma’qullagan edi. Sobiq bosh vazir Abdulloh Saniy esa yangi hukumatni yangi bosh vazirga topshirishni rad etdi. 2014 yil 29 mayda sobiq bosh vazir o’z hukumati qarorgohida shu hukumat yig’inini o’tkazgan bo’lsa, yangi bosh vazir mehmonxonalardan birida o’z hukumati yig’inini o’tkazdi va parlament saylovlari 2014 yil 25 iyunda o’tkazilishi e’lon qilindi. Iste’fodagi zobit Xalifa Xaftar 2014 yil 16 mayda Kongressga qarshi isyon ko’targanini, hukumatni rad qilishini e’lon qilib, parlamentni tarqatib yuborishni va saylovlarni kechiktirishni talab qildi. Liviya maydonidagi jarayonlarga taalluqli narsalarda Amerika va Yevropaning harakatlanishi kuzatilmoqda. Bu harakatlanishning u erdagi voqealar jarayoniga nima aloqasi bor? Bu harakatlanishning iste’fodagi bu zobitning isyoniga nima aloqasi bor va undan nima maqsad ko’zlanmoqda?

 Javob:

 1 – Ma’lumki, Liviya roshid xalifa Umar ibn Xattob G davridagi islomiy fathdan beri ko’hna islomiy yurtdir. Uning aholisining hammasi musulmonlar. Bu yurt Xalifalik va Islom boshqaruvi soyasida 13 asr tinchlik, omonlik, farovonlik va barqarorlik ne’matidan bahramand bo’lib keldi. Bunday hayot 1912 yilda italyan mustamlakachilar bostirib kelib bu yurtga o’z nufuzlarini yoyguniga qadar davom etdi. Liviyaning mujohid musulmon ahli bu bosqinchilarga qarshilik ko’rsatdi. Italiya ikkinchi jahon urushida mag’lub bo’lgach Liviyaga Britaniya bostirib kirib uning ustidan o’z nazoratini o’rnatdi. Britaniya 1952 yil nihoyasida Liviyaga yuzaki mustaqillik berib bu yurtda podshohlik nizomini o’rnatdi. Britaniya o’zining Liviyadagi nufuziga Amerika tomonidan Misrdagi Abdunnosir orqali tahdid solinayotganini ko’rgach o’zining malayi Qazzofiyga va uning tarafdori bo’lgan bir guruh zobitlarga 1969 yilda to’ntarish yasashni buyurdi. Bu malaylar Liviyadagi inglizlarga tobe rejimni saqlab qolish uchun rejimni Amerika zo’ravonligidan himoya qilish kerak deb odamlarni aldab nosirchilik niqobi ostida davlat to’ntarishini amalga oshirdi. Inglizlar o’zlarining Liviyadagi nufuzini shu orqali saqlab qoldi.

 2 – Amerika uzoq o’nlab yillar davomida Liviyada nufuzga ega bo’lishga urinib muvaffaqiyat qozonolmadi. Chunki Qazzofiy Britaniyaga sodiq bo’lib, uning Liviyadagi nufuzini saqlab qolishga zo’r berib harakat qildi. Britaniya Qazzofiy bilan u Sandxyorsteda talaba bo’lgan chog’ida tanishgan edi. Shundan keyin Britaniya unga homiylik qildi va uni bir necha o’n yil davomida himoya qilib keldi. Qazzofiy esa Britaniyaning Afrikadagi manfaatlarini doim muhofaza qilib keldi…

 Shunday qilib Liviyada 2011 yilda qo’zg’olon yuz bermaguncha Qo’shma Shtatlar Liviyada hech qanday nufuzga ega emas edi va Qazzofiy Britaniyaga sodiq malay bo’lib keldi. Arab bahori yuzaga kelib Misrda Husni Muborak va Tunisda Zaynulobidin ag’darib tashlangach qo’zg’olon tezlik bilan chegaralararo Liviyaga ham yoyildi. Britaniya Qazzofiyning kuni bitishiga yaqin qolganini sezdi. Chunki Ummat o’zgarish bo’lishini istayotgan edi. Shuning uchun Britaniya Qazzofiydan voz kechishga va uning o’rniga boshqa malayni tayyorlashga qaror qildi… Shu maqsadda Britaniya Frantsiya bilan hamkorlikda yangi siyosiy rahbariyatni paydo qilishga kirishib 2011 yil fevralda milliy o’tish davri kengashi (NTC)ni tuzdi. 2011 yil 5 martda esa Qazzofiy rejimidan ajralib chiqqan adliya vaziri Mustafo Abduljalil shu kengash raisi etib saylandi. Hukumat boshlig’i mansabini esa Mahmud Jibril, so’ngra Abdurrohim Kayb egalladi… Kengash 2012 yil iyulda umumiy milliy kongress tuzilgunga qadar mavjud bo’lib turdi va milliy kongress vazifalarni 2012 yil 8 avgustda milliy kengashdan rasman qabul qilib oldi. Shundan keyin Ali Zaydon bosh vazir etib saylandi. U Nuriy Abu Sahmin boshchiligidagi kongress uni iste’foga chiqargunga qadar bosh vazir bo’lib turdi. Shundan keyin kongress Abdulloh Saniyga muvaqqat bosh vazir bo’lishni taklif qildi, keyinchalik uni ham iste’foga chiqarib Maitikni sayladi. Saniy bilan Maitik o’rtasidagi rasmiy jihat hozirgacha hal qilinmay keldi. Chunki liviyalik qo’zg’olonchilarning va butun mamlakat bo’ylab yoyilgan qurolli guruhlarning bu kengashlar, kongresslar va hukumatlarda ta’sirlari bor. Shuning uchun bir kengash yo’qolib, uning o’rniga yana bir kengash va bir hukumat yo’qolib uning o’rniga yana bir hukumat kelmoqda…

 Milliy kongress konstitutsiyani ishlab chiqish va 18 oy orasida umumiy saylovlarni o’tkazishga hozirlik ko’rish uchun tuzilgan edi. Bu ish kongress kengashdan o’z vazifalarini 2012 yil 8 avgustda qabul qilib olganidan keyin mo’ljallangan ekan demak bu kongress boshqaruvi 2014 yil 7 fevralda nihoyasiga etishini anglatar edi. Lekin kongress 2014 yil 24 dekabrgacha saqlanib qolish uchun o’z muddatini cho’zdi va odamlar bu muddatni cho’zish tarafdorlari bilan bunga qarshilarga bo’linib qoldi… Ishlarni idora qiladigan muvaqqat hukumat tuzildi va oxir-oqibat saylov komissiyasi vaziyatga qonuniy tus berish uchun 2014 yil 25 iyunda prezidentlik, parlament va hukumatga umumiy saylovlar o’tkazishga qaror qildi.

 3 – Liviyadagi siyosiy doira Britaniya etishtirib chiqargan qo’g’irchoq doira ekanini, unda Britaniyaning Liviyadagi malayi bo’lgan bu siyosiy doirani qo’llab-quvvatlayotgan frantsuzlarning bir oz qo’li ham borligini, bu esa bo’lg’usi saylovlarda mansablarga ko’tariladiganlar bir ozgina «mustaqillar» bilan birga Yevropaning odamlari bo’lishini va ana shundan keyin vaziyat barqarorlashib Amerikaning ochko’z istaklari bekor ketishini anglatishini Amerika yaxshi biladi. Amerika o’zining Qazzofiy boshqaruviga barham berishdagi amaliy harbiy ta’siridan foydalanib qolishni istagan edi. U o’zining nufuzda ulushi ko’proq va to’liqroq bo’lishida shundan foydalanishni istagan edi. Amerikaning bu istagi esa Yevropa hukmronligi saqlanib qolayotgan bu muhitda saylovlarning o’tkazilishi bilan ro’yobga chiqmaydi. Shuning uchun Amerika o’ziga malay bo’lgan yangi siyosiy tabaqani paydo qilish uchun Liviyada harbiy jihatdan «karta»larni aralashtirib yuborish va vaziyatni qayta tartiblash fikriga tushgan edi. Bundagi birinchi qadam bir harbiy kishiga a’zolarining ko’pchiligi Yevropa odamlari bo’lgan Milliy kongress nazorat qilayotgan mavjud vaziyatga qarshi to’ntarishga o’xshash narsa bilan harakatlanishni taklif etish edi. Maqsad «karta»larni aralashtirib yuborish va saylovlarni Amerika uchun afzal bo’lgan shart-sharoitlar vujudga kelgunga qadar kechiktirish edi. Saylovlar faqat bir Amerikaning nazorati bilangina bo’lmasa Yevropa bilan sherikchilikda bo’ladi, natijada maydon faqat Yevropaniki bo’lib qolmaydi. Shunday qilib Amerika Xaftarni harakatga keltirmoqda. Xaftarning hayoti, tarjimai holi uning Amerikaga sodiq malay ekanini aytib turibdi… Xaftarni Qazzofiy Chad urushida yordamsiz tashlab qo’ydi va uni rad qildi. Shundan keyin Xaftar va 300 liviyalik askarlar 1987 yil martda asir tushishdi. Ana shundan keyin Amerika Chad vositachiligida qo’zg’aldi va Amerika markaziy razvedka boshqarmasi (TSRU) Xaftarni ozod qilish uchun muzokara olib bordi. Amerika samolyotlari Xaftar va uning guruhini Zairga, so’ngra Amerikaga olib keldi va unga Qo’shma Shtatlarda siyosiy boshpana berishdi. U erda u xorijdagi Liviya oppozitsion harakatiga qo’shildi. Shunday qilib Xaftar keyingi 20 yilni Amerikaning Virginiya shtatida o’tkazdi, u erda markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan partizanlar urushi bo’yicha mashqlardan o’tkazildi va Liviyaga faqat 2011 yil 17 fevral qo’zg’olonidan keyingina qaytdi. U bu qo’zg’olonda, ayniqsa Bengazida bir alohida rol o’ynadi. 2011 yil nihoyasida Liviyadagi yangi harbiy qo’mondonlar o’zaro kelishishib Xaftarni sobiq muntazam armiya o’rniga tuzilgan milliy armiya bosh shtabining boshlig’i etib saylashdi. Bir qancha oppozitsiyachilar Xaftarning Chaddagi tarixi va amerikaliklar bilan bog’langani sababli uning qo’zg’olondagi ishtirokiga nisbatan ochiqdan-ochiq shubha bildirishib uning nomiga tanqidlar yo’llashganidan keyin u bu armiyadan chetlatildi va armiya bosh shtabi boshliqligi vazifasi sobiq ichki ishlar vaziri Abdulfattoh Abidiyga topshirildi.

 4 – Xaftar 2014 yil 14 fevralda o’ziga tobe kuchlarning Liviyadagi muhim harbiy ob’ektlar ustidan o’z nazoratini o’rnatganini e’lon qilib harakatga keldi. U o’z bayonotida Milliy kongress (parlament) va hukumat ishlari to’xtatib qo’yilishini e’lon qildi va o’zi Liviyaning siyosiy kelajagiga oid yo’l xaritasi deb nomlagan narsani o’rtaga tashlab bunday dedi: «Biz amalga oshirgan narsa to’ntarish emas va biz harbiy boshqaruvni o’rnatishga harakat qilmayapmiz, aksincha umumiy kongressning ketishini talab qilib chiqqan ko’cha talablariga hamohang holda harakat qilyapmiz». Bu ish Xaftarning Liviyadagi hokimiyatga bosim o’tkazishga bo’lgan birinchi urinishi bo’ldi. Xaftar to hokimiyatga kelguniga qadar yoki Liviyadagi mavjud hokimiyatni ag’darib tashlaguniga qadar yo’l xaritasida chizib berilgan reja bo’yicha o’zining siyosiy maqsadlariga erishish uchun shunday bosim o’tkazdi. Ana shundan keyin, 2014 yil 16 mayda Xaftar yana harakatini boshlab Bengazidagi u terrorchi deb atagan qurolli guruhlarga qarshi hujum uyushtirdi. Bu hujumni Liviya sharafi deya nomladi. Ana shundan keyin bu amaliyot poytaxt Tripoliga ko’chdi va Xaftar o’zini milliy armiya qo’mondoni va Liviyani «terrorchi» guruhlardan qutqazuvchi xaloskor deb tanishtiradigan bo’ldi. Unga tobe kuchlar 2014 yil 17 mayda parlamentga bostirib kirib, uning tevarak atrofini qisqa muddat egallab turdi va keyin chiqib ketdi. Milliy armiya voizi va Xaftarga tobe Muhammad Hijoziy Reyter agentligiga: «Bu hujumni amalga oshirganlar terrorchi guruhlarga qarshi hujum uyushtirayotgan milliy armiyaga tobe kuchlardir» deb bildirdi. 2014 yil 25 iyundagi yangi saylovlar yaqinlashishi bilan Liviya yanada ko’proq notinchliklar girdobiga tushib qoldi. Chunki Xalifa Xaftar va uning kuchlari poytaxt Tripoliga va parlamentga hujum qildi. U bundan bir hafta oldin Bengazidagi 17 fevral shahidlari polki bazasiga qarshi amaliyot o’tkazgan edi, hukumat tarafdori bo’lgan bu polk Liviyadagi eng katta va eng yaxshi qurollangan qurolli guruhlardan biri hisoblanadi. Ana shundan keyin Tobrukdagi Sharqiy Liviya harbiy havo bazasi qo’mondonlari 19 mayda Xaftarni qo’llab-quvvatlashlarini e’lon qilishdi. Ana shundan keyinoq armiyaning ajralib chiqqanlardan iborat bir guruhi va milliy politsiyaning ko’zga ko’ringan shaxslari Xaftarga sodiqliklarini e’lon qilishdi. Buning natijasida Xaftarning ba’zi kuchlari mamlakatdagi ba’zi harbiy havo kuchlaridan foydalanishga muvaffaq bo’ldi. Bu samolyotlar va vertolyotlardan foydalanish bilan amalga oshirildi. Xaftar shu orqali Bengazida o’zining kuchlari turishini ta’minlashga urindi. Hozir qurolli Zintan jamoatlari ham Xaftar bilan ittifoq tuzgan. Shunday qilib uning kuchlari qaysidir darajada o’sdi.

 Xaftar Ixvonul Musliminga va «terrorizm»ga qarshi urushga asosiy e’tibor berishdan iborat Misrda yuz bergan narsaga taqlid qilmoqchi bo’ldi. Masalan 2014 yil 20 mayda «O’rta Sharq» gazetasi u bilan bo’lgan muloqotni nashr qildi. Muloqotda Xaftar o’zining Amerika Misrda qo’llagan uslubdan ta’sirlanganini ko’rsatib o’tib: «Biz Misrda yuz berayotgan narsalardan ta’sirlanyapmiz» dedi. Uning aytishicha u Misrdagi Sisiy qilgan ishga o’xshash ishni qilishi to’g’risida xalqdan vakolat olgan emish. Iste’fodagi general Xalifa Xaftarning rasmiy vakili polkovnik Muhammad Hijoziy bunday deb bayonot berdi: «Xaftar agar Liviya xalqi undan o’z nomzodini qo’yishini talab qilsa Sisiy izidan boradi, ayniqsa Sisiy shunga o’xshash og’ir vazifani, ya’ni Misrni Ixvonul Muslimindan qaytarib olish vazifasini uddalagan ekan Xaftar ham uning izidan boradi». (Onado’li agentligi 2014 yil 30 may).

 5 – Ana shundan keyin Liviya umumiy milliy kongressi – Xalifa Xaftarning tahdidlariga qaramay – 2014 yil 25 may yakshanba kuni shoshilinch yig’in o’tkazdi va parlament yangi bosh vazir Ahmad Maitik hukumatiga ishonch bildirishni yoqlab ovoz berdi. Ahmad Maitik hukumati ko’pchilik ovoz bilan, yig’inga hozir bo’lgan jami 94 deputatdan 83tasining ovoziga ega bo’lib Milliy kongress ishonchiga erishdi. Bu yig’inni o’tkazish to’g’risida qattiq turilganligi yaqqol ko’rinib turdi. Chunki kongress rahbariyati qisqa maktubda deputatlarni shu yig’inda ishtirok etishga chaqirib, bu yig’in «oxirgisi bo’lishi» mumkinligini ko’rsatib o’tdi. Soat 11:00da (grinvich vaqti bilan 09:00da) o’tkazish mo’ljallangan yig’in kvorum (ishtirokchilarning etarli miqdori) kamligi sababli oqshomga kechiktirildi. Bu yig’inni o’tkazish to’g’risida qattiq turilganligi deputatlarning Tripolidagi valiahd qasrida (podshohlik davridan qolgan qasr) to’planishganidan ham ko’rinib turibdi. Chunki kongress binosi Xaftarga tarafdor qurolli kimsalarning bu binoga qilgan hujumidan keyin yopib qo’yilgan edi. Tripoli harbiy otryadlaridan birining askarlari qasrni qo’riqlash vazifasini o’z zimmalariga olishdi.

 Lekin Xaftar yangi bosh vazir tayinlanishini rad etishini e’lon qilib saylovlarni kechiktirishga chaqirdi. Chunki u: «Yangi bosh vazir mamlakatga barqarorlikni qaytarolmaydi» deb iyunda o’tkazish belgilangan parlament saylovlarini kechiktirishga chaqirdi. (AFP 2014 yil 26 may). Xaftar 2014 yil 21 mayda «qurolli kuchlar oliy kengashi» nomidan «davlat rahbariyati oliy kengashi fuqaro shaxslardan iborat bo’lishi, uning vazifalaridan biri favqulodda hukumat tuzishni taklif qilish va bo’lg’usi parlament saylovlari o’tkazilishiga boshchilik qilish bo’lishi, rahbariyat kengashi hokimiyatni saylangan parlamentga topshirishi» vazifasi yuklanishini «oliy sud kengashi»dan talab qildi. Xaftar bunday dedi: «Armiya bu qarorlarni umumiy Milliy kongress (parlament) o’z ishlarini xalq talab qilgandek to’xtatishni rad etganidan keyin qabul qildi». U yana bunday dedi: «Qurolli kuchlar oliy kengashi o’tish davrida va undan keyingi davrda xavfsizlikni ta’minlash vazifasini o’z zimmasiga oladi». (AFP 2014 yil 22 may). «Oliy sud kengashi» 2014 yil 26 mayda bunga rad javobini berdi. Chunki «barcha taraflar o’rtasidagi yarashuvga erishish maqsadida ijtimoiy komissiya tuzilganini, u konstitutsiyani ishlab chiqish ta’sis hay’ati raisi, ulamolar robitasi raisi, faktlarni tekshirib o’rganib chiqish va sulh hay’ati raisi, qonunchiliklarni qayta ko’rib chiqish komissiyasi raisi, o’tish davri milliy kengashi raisi, hukamolar majlisi va sho’ro raisi, fevral komissiyasi raisidan iborat bo’ladi. Bu komissiya vazifalaridan biri barcha taraflar bilan bog’lanishdir». (Al-Jazira 2014 yil 26 may). «Bu kengash raisi al-Jazira undan bu komissiyani tuzish tashabbusi Xaftarning oxirgi tashabbusiga rad javobimi? – deb so’ragan paytda aniq javob bermadi». Lekin oliy sud kengashining Xaftar taklifini qabul qilmagani va bu taklifni dangal rad qilganini e’lon qilmagani ko’rinib turibdi. Aksincha kengash taraflar o’rtasidagi yarashuvga erishish uchun komissiya tuzilganini e’lon qildi. Bu esa Xaftarning sud qo’llab-quvvatloviga erishmaganini anglatadi.

 6 – Amerikaning pozitsiyasiga kelsak, Xaftar qilayotgan ishlar ortida shu pozitsiya turganligi va Amerika Xaftarni harakatga keltirayotgani aniq edi… Bundan tashqari Xaftarning uni Amerika Chad qamoqlaridan olib chiqib ketganidan boshlab u yigirma yil davomida Virginiya shtatida yashab Amerika bag’rida tarbiyalanganini ham hisobga olish kerak. Lekin buni ko’rsatib turgan quyidagi boshqa dalillar ham bor:

 a) Amerikalik mas’ullar aytgan gaplar matni ham, mazmuni ham shuni ko’rsatib turibdi. Jumladan:

 – Mana shunday hodisalar chog’ida, Xaftar o’zining harbiy amaliyotlarini 2014 yil 14 fevralda boshlashi bilan ana shu amaliyotlarni 2014 yil 16 mayda qayta boshlagani o’rtasidagi davr oralig’ida Amerika Liviyaga o’zining tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Uilyam Bernsni yubordi. U o’zining bu safari chog’ida bunday dedi: «Zo’ravonlik bilan hamohang ekstremizmning kuchayib borayotgani Liviya uchun hamda xalqaro sheriklar uchun birinchi o’rindagi xavfdir». U bunday deb qo’shimcha qildi: «Tinchlik o’rnatish Liviyaning muvaffaqiyatga erishishi uchun bir muhim ishdir». Berns «ekstremistlar zo’ravonligiga qarshi turishda Amerika yordamlarini ko’paytirilishini» va’da qilib bunday dedi: «Qo’shma Shtatlar boshqa sheriklar bilan birgalikda armiyani va xavfsizlik kuchlarini mashqdan o’tkazishni davom ettiraveradi» (Reyter 2014 yil 24 aprel). Ya’ni Amerika o’zining Liviya ustidan hukmronligini mustahkamlash uchun «ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash» kartasini ishga solmoqda. Shuning uchun ham uning malayi Xalifa Xaftar bu «karta»ni – uni unga amerikaliklar berganidan keyin – ishga soldi.

 – Amerika o’zining Xaftar bilan aloqa o’rnatganini inkor qilmadi. Chunki tashqi ishlar vazirligi voizasi Jennifer Psaki 2014 yil 20 mayda o’tkazilgan matbuot konferentsiyasida bunday dedi: «Biz Xalifa Xaftar bilan oxirgi vaqtlarda, uch haftadan ko’proq vaqtdan beri bog’lanmadik, biz Liviyadagi harakatlanishni qoralamaymiz ham, qo’llab-quvvatlamaymiz ham». Psaki Xaftarning amaliyotini harbiy to’ntarish deb atashdan – undan shu haqda so’ralganida – bosh tortdi. U o’zi o’tkazgan matbuot konferentsiyasida: «Sobiq elchi yaqinda Liviyadan qaytib kelganini, o’zining mamlakati Liviyadagi hodisalarni oxirgi ikki kunda yaqindan kuzatib borayotganini…» ko’rsatib o’tdi. Demak Amerika Xaftar bilan aloqa o’rnatganini inkor qilmadi, balki faqat oxirgi vaqtlarda u bilan bog’lanmaganini bildirdi, xolos. E’tiborni tortadigan narsalardan biri shuki, Hayot 2014 yil 24 mayda yozishicha Amerikaning Liviyadagi elchisi Debora Jons bunday dedi: «Iste’fodagi general Xaftar bizga nisbatan taqiqlangan guruhlarga qarshi jang olib bormoqda».

 b) Qolaversa Xaftar bilan o’tkazilgan muloqotlar Amerikaning unga yordam berayotganini va uni qo’llab-quvvatlayotganini ko’rsatib turibdi.

 Vashington Post 2014 yil 20 mayda Xaftar bilan o’tkazgan muloqot chog’ida u bunday dedi: «Biz Liviyadagi mavjud terrorchilik harakatini yo’q qilish uchun hujumni boshladik, biz bu hujumni muntazam armiyaning barcha qismlari bilan birgalikda bir hafta oldin boshladik, biz hozir mana shu vazifa bo’yicha oldinga harakat qilyapmiz, biz qarshi turishning echim ekanini ko’rmoqdamiz, ammo Zintan bilan harakatlarni muvofiqlashtirish haqidagi savolga kelsak men sizga: biz bir butunmiz, deb aytaman».

 v) Amerika kuchlarining Sitsiliya sari harakatlanishi to’g’risidagi qayta-qayta e’lonlar ham shu g’arazga olib keladi, Amerikaning bundan maqsadi Liviyadagilarni qo’rquvga solishga urinish va o’zining malayi Xaftarni – uning ma’naviyatini kuchaytirish bilan – qo’llab-quvvatlash hamda unga yordam berishga o’zining tayyor ekanini ko’rsatishdir

. – Pentagon vakili Jon Kirbi 2014 yil 20 may seshanba kuni Amerika dengiz piyoda kuchlariga qarashli kuchlar Sitsiliya orolida to’planganini e’lon qildi. Kirbi bunga sabab qilib Amerika fuqarolarini va Tripolidagi Amerika elchixonasi xodimlarini ko’chirish kabi boshqa vazifalarni ko’rsatdi.

– «O’rta Sharq» 2014 yil 21 mayda bunday xabar tarqatdi: «Amerika mudofaa vazirligidagi bir yirik mas’ul kecha Italiyadagi uchqichlar Liviyadagi tartibsizliklar kuchayib borayotgani munosabati bilan Tripolidagi Amerika elchixonasidan amerikaliklarni ko’chirishga tayyor turganini ta’kidlab, Pentagon mas’ullarining vaziyatni «daqiqama daqiqa, soatma soat» kuzatib turganini ko’rsatib o’tdi». Gazetada amerikalik mas’ullarning ushbu so’zlari ham keltirilgan: «Qo’shma Shtatlar Sitsiliyada joylashtirilgan dengiz piyoda kuchlari sonini oshirdi, bu askarlarni amerikaliklarni ko’chirib olib chiqib ketishga chaqirilishi mumkin… boshqa 60 dengiz piyoda askarlari va «V-22 Osprey» rusumidagi boshqa to’rt vertolyot ham o’zlarining Ispaniyadagi bazalaridan Sitsiliyadagi Sigonella dengiz harbiy havo kuchlari bazasiga yuboriladi. Ismlarini oshkor qilmasligimizni so’ragan ikki mas’ulning aytishicha, bu bilan Sitsiliyada ehtiyot yuzasidan joylashtirilgan dengiz piyoda kuchlarining umumiy soni 250ga etadi va bu ularning Italiyada turishlarini Liviyaga yaqin qilib qo’yadi hamda tez javob zarbasi berishda yordam beradi».

 – Frans Press esa 2014 yil 27 mayda bir Amerika mas’ulining quyidagi gaplarini keltirdi: «Bir Amerika harbiy hujumchi kemasi bir necha kun orasida Liviya sohillariga etib keladi, uning bortida mingta dengiz piyoda askarlari bor, ular Tripolidagi Amerika elchixonasi xodimlarini ko’chirishda ishtirok etishadi». Amerika tashqi ishlar vazirligi Liviyadagi amerikalik fuqarolardan bu mamlakatni tark etishlarini talab qilib bunday deb bildirdi: «Tashqi ishlar vazirligi amerikalik fuqarolarni Liviyaga mutlaqo safar qilishdan ogohlantiradi va hozirda bu mamlakatda turgan amerikalik fuqarolarga bu mamlakatdan tezlik bilan ketishni tavsiya qiladi». Vazirlik yana bunday deb bildirdi: «Liviyadagi xavfsizlik vaziyati oqibatlarini oldindan aytishning hamon iloji bo’lmayapti va bu vaziyat beqarorligicha qolmoqda». (Reyter 2014 yil 28 may).

 7 – Shunday qilib demak Amerika Liviyadagi saylovlarni Xaftar harakati yordamida kechiktirishga harakat qilmoqda. Amerika o’zining Malidagi tajribasidan nusxa ko’chirmoqchi, garchi Malidagi tajribasi muvaffaqiyatsiz chiqqan bo’lsa ham. Chunki Malidagi to’ntarishga Amerika 2012 yil 22 martda zobitlardan biri orqali boshchilik qildi. Bu belgilangan saylovlar vaqtidan bir oycha oldin ro’y berdi. Chunki Amerika agar bu saylovlar o’tkazilsa u holda Frantsiyaga malay siyosiy tabaqa bu saylovlarda g’alaba qozonishi mumkinligidan qo’rqib qoldi. Shuning uchun Amerika bu saylovlarning bunday vaziyatda o’tkazilmasligini, faqat to’ntarish orqali vaziyatni o’zgartirganidan keyingina o’tkazilishini istadi. Lekin Amerika buni davom ettirolmadi, aksincha Frantsiya to’ntarish mavzusiga barham berishga muvaffaq bo’ldi va ana shu to’ntarishga bir yarim yildan ozroq vaqt o’tganidan keyin saylovlarni o’tkazdi. Bu saylovlar natijasida Frantsiyaning yugurdaklaridan biri Abu Bakr Kita Malining yangi prezidenti bo’ldi va uning qasamyod marosimi 2013 yil 19 sentyabrda bo’lib o’tdi.

 Ko’rinib turganidek Amerika o’zining Liviyadagi ulushi Malidagi ulushidan ko’ra yaxshiroq bo’lishini kutmoqda!

 Qolaversa Amerika Sisiy tajribasidan nusxa ko’chirishga ham urindi… Lekin Misrdagi holat bilan Liviyadagi holat o’rtasida farq bor. Chunki Sisiy armiya qo’mondoni bo’lib, harbiy kuch uning tomonida edi. Ammo Xaftarning kuchi Liviyadagi boshqa har qanday harbiy bo’linma kabi bir harbiy bo’linmaga o’xshaydi. Uning kuchi unga tobe bo’lgan kuchlar bilan bir oz oshishi mumkin. Lekin farq katta emas. Demak bu voqe Sisiy qo’mondonligidagi Misr armiyasi voqesidan butunlay farq qiladi. Chunki Liviyadagi qurolli kuchlar Xaftar bilan Milliy kongress o’rtasida taqsimlangan. Masalan Zintan harbiy otryadlari «savoiq va qa’qa’»lar o’zlarining Xaftar harakatiga qo’shilishganini e’lon qilgan bo’lsa, markaziy mintaqa «Misurata» zirhli bo’linmasi Xaftarga qarshi Milliy kongressga yaqinlashdi… boshqa bo’linmalar va harbiy qismlardan iborat harbiy kuchlarga nisbatan ham shunday deyish mumkin. Chunki ular turli yo’nalishga egadir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki Xaftar Sisiyga taqlid qilgani bilan unga teng kelolmaydi. Negaki harbiy voqe turlichadir. Sisiy armiya qo’mondonidir va unga faol kuch tarafdor. Shuning uchun ham u parlamentni tarqatib yubordi va prezident bilan hukumatni ag’darib tashladi. Chunki u armiya qo’mondoni bo’lgani uchun kuchga ega edi. Lekin Liviyadagi Xaftar Amerika yordami bilan bir isyonga boshchilik qilayotgan bir iste’fodagi harbiy, xolos. Shuning uchun ham u hukumatni ag’darolmadi, parlamentni tarqatib yuborolmadi, davlat muassasalari ishini to’xtata olmadi. Shuning uchun Maitik agar u vazirlar kengashi yig’iniga keladigan bo’lsa uni qamoqqa olish va shunga o’xshash narsa bilan tahdid qilgan Xaftar bu yig’inga to’sqinlik qilishning uddasidan chiqolmadi. Markaziy mintaqa «Misurata» zirhli bo’linmasiga qarashli harbiy kuchlar harakatga kelib, qonuniy ekanligi to’g’risida nizolashilayotgan bosh vazir Ahmad Maitik kantselyariyasi mudiriga hamrohlik qildi va bosh vazirlik qarorgohiga hujum qilib hujjatlarni egallab oldi…

 Liviyaning yangi hukumati boshlig’i Ahmad Maitik 2014 yil 2 iyunda poytaxt Tripolidagi bosh vazirlik qarorgohiga – markaziy mintaqa «Misurata» zirhli harbiy qismning kuchaytirilgan harbiy kuchlari himoyasida – kirib borishga muvaffaq bo’ldi. U hali hukumatning ishlarni yuritish raisi Abdulloh Saniydan vazifalarni qabul qilib olmasdan turib hukumat qarorgohiga kirib bordi va Xaftarning tahdidlariga parvo qilmadi! Shuning uchun agar saylovlar belgilangan vaqtida o’tkaziladigan bo’lsa u holda Amerika malaylarining bu saylovlarda g’olib chiqishi ehtimoldan uzoqdir. Shu bois Amerikaning «terrorizmga qarshi urush» degan bahona bilan Xaftar va boshqa malaylar yordamida tartibsizliklarni keltirib chiqarishdan boshqa iloji qolmayapti. Amerika bu mamlakatda tartibsizliklarni yanada avj oldirish uchun bir muayyan qurolli islomiy harakatlarga qarshi muayyan bosqinchilik hujumlarini amalga oshirishi mumkin. Saylovlarni to’xtatishga yoki ularni kechiktirishga erishish uchun Amerika shunday hujumlarni amalga oshirishi mumkin. Chunki o’shanda Amerika o’zining malaylarini kuchaytirish va qo’shimcha malaylarni orttirish orqali o’z nufuzini kuchaytirish uchun yana bir fursatga ega bo’ladi. Shuning uchun demak Amerikaning bunga erishish uchun o’z malayi Xaftarni qo’llab-quvvatlashni davom ettiraverishi kutiladi. Endi agar Amerika buni foydasiz deb bilsa, kutgan natijalarini ro’yobga chiqarib berolmaydi va saylovlar o’tkaziladi, deb bilsa u holda Amerika Liviyada kuchli nufuzga ega evropaliklar bilan bir muayyan mazmunda kelishishga harakat qiladi.

 8 – Bu harbiy kuch jihatidan shunday. Boshqa tomondan esa Liviyadagi vaziyat Misrdagi vaziyatdan farq qiladi. Chunki evropaliklar, ayniqsa inglizlar Liviyada chuqur tomir otgan. Ular bu mamlakatda ikkinchi jahon urushidan boshlab Qazzofiy qulaguniga qadar nufuz egalari bo’lib kelishdi. Shuning uchun inglizlar malaylarni etishtirib chiqarish va Frantsiya yordamida, boshqa evropaliklar yordamida hamda bu mintaqada o’zlariga malay bo’lgan rejimlar yordamida ishlar jilovini o’z changallarida ushlab turish imkoniga ega. Ammo Misrda amerikaliklar 1952 yil 23 iyuldagi to’ntarishdan beri Abdunnosir va unga tarafdor zobitlar yordamida tomir otgan. Shuning uchun Amerika Misrda shu bugungacha hukmron bo’lib kelmoqda. Shunday qilib demak bu ikki mamlakatdagi voqelik bir-biridan farq qiladi. Yevropaliklar nufuzi Liviyadagi siyosiy doirada kuchli. Shuning uchun Britaniyaning Frantsiya, Germaniya, Italiya va boshqalar qo’llab-quvvatlovi bilan hamda o’zining Qatardagi va Shimoliy Afrikadagi qo’shni davlatlardagi malaylari yordamida bu nufuzni saqlab qolish uchun bor kuchini sarflashi kutiladi. Bunga ayniqsa Liviyaning Yevropa qo’rqayotgan noqonuniy emigratsiyaning boshlanish nuqtasi ekanligi hamdir. Yevropa Liviyada nufuzni boshqasi ilib ketishidan xavfsiramoqda. Shuning uchun u bu ishga joni boricha mahkam yopishadi. Uni bu borada hamon asosiy ko’pchiligini Yevropa (Britaniya) malaylari tashkil qilayotgan siyosiy doira ruhlantiradi. Amerika buni yaxshi tushunadi. Amerika Yevropaning, ayniqsa Britaniyaning bu kuchli hirsini yaxshi tushunadi. Shuning uchun Amerika Liviya mavzusida Yevropadan butunlay uzilmasdan harakat qilmoqda. Chunki Amerika harbiy amaliyotlar yordamida notinchliklarni keltirib chiqarish uchun Xaftarni ishga solayotgan bir vaqtda Liviyaga ahamiyat berishda Yevropani ham sherik qilmoqda… Shuning uchun Yevropa davlatlari Amerika bilan birgalikda 2014 yil 23 mayda Liviyadagi vaziyat xususida bir qo’shma bayonotni chiqardi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi. Unda quyidagilar kelgan: «Yevropa Ittifoqi, Frantsiya, Italiya, Britaniya va Qo’shma Shtatlar zo’ravonlik ishlari davom etayotganligidan o’ta tashvishni his qilmoqda. Shuning uchun bu davlatlar barcha taraflarni kuch ishlatmaslikka va kelishmovchiliklarni siyosiy yo’llar bilan hal qilishga chaqiradi». Bayonotda yana bunday deyilgan: «Hokimiyatning tinch yo’l bilan qo’ldan-qo’lga o’tishiga olib keladigan amaliyot keng doiradagi o’zaro yarashuv va bu amaliyotga putur etkazish maqsad qilinadigan har qanday amaliyotlardan uzoq bo’lish asosiga qurilmog’i lozim». Reyter qo’shimcha tarzida izoh berib bunday deb yozdi: «G’arb kuchlari Xaftar boshchilik qilayotgan hujum Liviya armiyasining bo’linib ketishiga va mamlakatda yanada ko’proq tartibsizliklarni yuzaga keltirishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda». Bu esa Yevropa davlatlarining Liviyada qanchalik ta’sirga egaligini aks ettirib turibdi. Aks holda Amerika bu davlatlar bilan birgalikda qo’shma bayonotni chiqarmagan bo’lardi.

 9 – Shunday qilib demak Amerikaning va uning yugurdak quroli Xaftarning Liviyadagi Yevropa nufuzini yo’q qilishga muvaffaq bo’lishi kutilmaydi. Lekin ular notinchliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari, Yevropa siyosiy doirasiga, ayniqsa Britaniya siyosiy doirasiga «Britaniyaning yakka hukmronlik davri allaqachon o’tib ketdi va Amerika ham zo’r kuch bilan ko’rinishi lozim» degan mazmunda bir kuchli noma yo’llashlari mumkin… Shu bilan birga modomiki Yevropa bilan Amerika o’rtasidagi kurash Liviyaga bu yurtdagi yugurdak qurollar yordamida kirib kelib bo’lgan ekan bu olov har lahzada alanga olishi mumkin. Chunki mustamlakachi kofirlar musulmonlarning qirg’in bo’lishiga va ularning qoni daryo bo’lib oqishiga aslo parvo qilishmaydi. Aksincha bu ularni juda xursand qiladi va ularga kuch bag’ishlaydi… Chunki G’arb davlatlarining maqsadi o’z nufuzini yoyish va Liviya nefti ularning g’arazidir… Bu mustamlakachi kofirlar manfaatlar ustida bir-biri bilan kelisha olmasa-da lekin ular Islom va musulmonlarga dushmanlik qilishda barchasi birlashadi.

 Shunday qilib Liviya xalqaro kurash girdobiga tushib qoldi. Bu davlatlar Liviyani o’zaro nufuz talashish va o’ljadan kattaroq qismiga ega bo’lish borasida kurash maydoniga aylantirdi. Shuning uchun mana bu xalqaro aralashuv bor ekan va bu yurt ahli orasidagi harakatga boshchilik qilayotgan ko’pchilikda aniq qarash yo’q ekan ishlar tinchimaydi, vaziyat tartibga kelmaydi va xalq qo’zg’olondan ko’zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Bu yurt ahli G’arbning, ayniqsa evropaliklarning yugurdak vakili Qazzofiyga qarshi qo’zg’olon ko’targan edi. Qazzofiy bu yurt xalqi ziyoniga evropaliklar manfaatlarini ro’yobga chiqarib keldi… Xalq shu malayga qarshi qo’zg’olon ko’targan edi… Shunday ekan endi qanday qilib odamlar yana G’arb davlatlarining tuzoqlariga tushishlari va bu G’arb kuchlari o’rtasidagi kurash qurollariga aylanishlari mumkin, axir?!!

 10 – Liviyada bo’layotgan hodisalar xulosasi shuki, Britaniya va uning ortida turgan Yevropa hodisalardan o’zib ketishga jon jahdi bilan urinmoqda. Demak u hozirgi qiyin ahvoldan chiqib ketish uchun zamon bilan musobaqalashmoqda. Bunga mumkin qadar yaqin vaqt ichida saylovlarni o’tkazish orqali hukumatga qonuniy tus berib uning tayanchlarini mustahkamlash orqali erishmoqchi. O’shanda Yevropa yana o’sha eski siyosiy nizomni o’rnata oladi, lekin bu safar o’zining malaylaridan iborat yangicha qiyofada o’rnatadi. Natijada Liviya uning nufuzi doirasidan chiqib ketolmaydi. Shuning uchun Yevropa saylovlarni mumkin qadar tezroq o’tkazishga harakat qildi va Liviya saylov komissiyasi 25 iyunni Liviyadagi yangi parlamentga saylovlar vaqti etib belgiladi. Bu parlament – Liviya rasmiy axborot agentliklari aytganidek – tobora ko’p tortishuvga sabab bo’layotgan umumiy Milliy kongress o’rnini egallaydi.

 Amerika va uning tobelari bu ishdan xabar topib, unga to’sqinlik qilishga va yangi hukumat tuzilishiga yo’l qo’ymaslikka urinishdi, bu yangi hukumat Liviya saylov komissiyasi 25 iyunda o’tkazishni belgilagan saylovlarni uyushtirish uchun hozirgi bosqichga boshchilik qiladi. Bunga yo’l qo’ymaslikda Xaftar Amerikaning quroli bo’ldi. Shuning uchun Xaftar 2014 yil 25 may yakshanba kuni o’zi qo’mondonlik qilayotgan Liviya milliy armiyasi rasmiy vakili o’qib eshittirgan bayonotda «umumiy Milliy kongressning har qanday yig’in o’tkazishi man qilish va qamoqqa olishga nishon bo’ladi» deb e’lon qildi. Armiya ham «kongressning har qanday joyda yig’in o’tkazishi noqonuniy ish hisoblanadi va qonuniy javobgarlikka tortiladi» deb bildirdi. 2014 yil 24 may shanba kuni esa agar parlament a’zolari ertaga yig’in o’tkazmoqchi bo’lishsa qonuniy tarzda qamoqqa olinishga nishon bo’lishadi, deb qo’shimcha qildi. Amerika buning ortidan kurash holatining saqlanib qolaverishini va beqarorlik davom etaverishini maqsad qilmoqda. Chunki ana shunda Amerika keyinchalik agar muvaffaq bo’lsa o’zining malaylarini Liviya siyosiy xaritasiga va Liviyadagi kuchli siyosiy doiraga tiqishtirish imkoniga yoki loaqal Liviyada Yevropaga, ayniqsa Britaniyaga kuchli sherik bo’lish imkoniga ega bo’ladi.

 Shunday qilib demak Britaniya va uni qo’llab-quvvatlayotgan Yevropa Liviyadagi o’z nufuzini o’zlariga malay bo’lgan hozirgi siyosiy doiralar yordamida saylovlar o’tkazish orqali saqlab qolish uchun bor kuchini sarflamoqda. Amerika esa hozirgi siyosiy doira saflariga – bu doirani o’z foydasiga o’zgartirish uchun yoki loaqal unga o’zining odamlarini joylashtirish va ana shundan keyin saylovlar bo’lishi uchun – suqilib kirib olish uchun saylovlarni kechiktirishni istamoqda. Amerikaning bundan g’arazi Liviyada nufuzda «etarli» ulushga ega bo’lishdir.

 11 – Bu mavzu haqidagi so’z xotimasida shuni aytamizki, bir vaqtlar fath-g’alabalarning va butun olamga adolat va yaxshilikni eltuvchi Islomni yoyishning boshlanish nuqtasi bo’lgan musulmonlar yurtlarining mustamlakachi kofirlar bizni qirg’in qilish va boyliklarimizni talab tashib ketishda bir-biri bilan kim o’zarga musobaqalashadigan jang maydoniga aylanib qolgani g’oyatda alamlidir. Bu mustamlakachi kofirlar bizdan har tomchi qon oqqan paytda og’izlarini to’ldirib kulishmoqda. Bizning qonlarimiz faqat ularning qo’li bilangina emas balki ularga malay bo’lgan, o’zimizning oramizdan chiqqan xoinlar qo’li bilan ham to’kilmoqda!

 Mustamlakachi kofirlar bizning dushmanlarimizdir, shuning uchun ularning bizni qirg’in qilishda bor kuchlarini sarflashiga hayron bo’linmaydi. Ammo Liviyadagi ba’zilari Amerikaga, ba’zilari esa Yevropaga malay bo’lgan bo’linmalarning bu kofirlar bilan bir safda turishi, so’ngra bir-biri bilan o’zaro qir-pichoq jangga kirishi, Islom uchun va Alloh kalimasini oliy qilish uchun emas, balki mustamlakachi kofirlar manfaatlari uchun bir-birlariga qarshi shunday jang qilishiga kelsak bu endi gunohi kabiralardan biridir. Chunki musulmonlarning bir-birlarini o’ldirishlari Islomda eng katta jinoyat sanaladi. Rosululloh A Muslim Abu Hurayradan chiqargan hadisda shunday dedilar:

 «كُلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ، دَمُهُ، وَمَالُهُ، وَعِرْضُهُ»

«Har bir musulmonning qoni, moli va or-nomusi boshqa bir musulmonga haromdir». Ibn Moja Ibn Umardan chiqargan hadisda esa Ibn Umar bunday dedi: men Rosululloh Aning Ka’bani tavof qilayotib bunday deganlarini eshitdim:

 «مَا أَطْيَبَكِ وَأَطْيَبَ رِيحَكِ، مَا أَعْظَمَكِ وَأَعْظَمَ حُرْمَتَكِ، وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ، لَحُرْمَةُ الْمُؤْمِنِ أَعْظَمُ عِنْدَ اللَّهِ حُرْمَةً مِنْكِ، مَالِهِ، وَدَمِهِ، وَأَنْ نَظُنَّ بِهِ إِلاَّ خَيْرًا»

 «(Ey Ka’ba) Naqadar yaxshisan va naqadar xushbo’ysan, naqadar buyuksan va sening daxlsizliging ham naqadar buyuk. Muhammadning joni qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, mo’minning, uning molining va qonining daxlsizligi Allohning nazdida sening daxlsizligingdan buyukdir. Shuningdek, mo’min xususida faqat yaxshilikni gumon qilishimiz ham sening daxlsizligingdan buyukdir». Nasoiy Abdulloh ibn Amrdan, u esa Nabiy Adan rivoyat qilgan hadisda esa Payg’ambarimiz bunday dedilar:

 «لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عِنْدَ اللهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ»

 «Albatta dunyoning zavolga yuz tutib yo’q bo’lib ketishi Alloh nazdida bir musulmon kishining o’ldirilishidan ko’ra engilroqdir».

 Xotimaning yakunida shuni aytamizki, Liviya uchinchi guruhdan, xolis, sodiq guruhdan xoli emas. Bu sodiq guruhning butun g’am tashvishi hayot, davlat va jamiyatda Islomni hukmron qilib Liviyaga yaxshilik va adolatni qaytarishdir. Shuning uchun biz bu guruhning Yevropa va Amerika tobelariga qarshi turib ularni to’g’ri yo’lga qaytarishlari, ularning o’rtasidagi jangning to’xtatib qurol-aslahalarini hammalari birgalikda Islom va musulmonlar dushmanlarining bo’g’ziga qaratishlariga sabab bo’lishlaridan umidvormiz. Chunki o’shanda Liviya barcha mustamlakachi kofirdan va barcha xoin malaydan tozalanadi hamda Liviya o’zining asl holiga qaytib yana fotihlarning tayanch bazasi, Qur’oni Karim hofizlari yurti, Islom bilan qo’riqlangan, Islomni qo’riqlovchi bir islomiy qal’a bo’lib qoladi. Bu Allohning qudrati va quvvati ila shunday bo’ladi.

«Alloh O’z ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar»  [Yusuf 21]

 5 sha’bon 1435m

 3 iyun 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.