Namoyishlar, yurishlar va musulmonlarning ikki saf bo’lib chiqqanlari to’g’risidagi hadis bilan bog’liq savollarga javob

440
0

загруженное1 Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Moadh Seif Elmi savoli:

 Assalamu alaykum, ulug’ shayx hazratlari!

 Musulmonlarning ikki saf bo’lib chiqqanlari, biriga Umar, ikkinchisiga Hamza boshchilik qilganlari to’g’risidagi hadis zaifmi? Tashakkur! Andalusi Maqdisi Andalus savoli:

Assalamu alaykum, ulug’ shayx hazratlari!

 Alloh sizni O’z hifzu himoyasida asrasin, Siz namoyishlar haqidagi savolga bergan javobingizda ushbu hadisni dalil qilgandingiz:

 Abu Nuaym Ahmad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Ishoq ibn Muso ibn Mahron Asbahoniy (vafoti hijriy 430 sana) o’zining «Hulyatul avliyo tabaqotul asfiyo» kitobida Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: «Men Umar Gdan – nima uchun siz Foruq, deya atalgansiz, deb so’radim. U bunday dedi: Hamza mendan uch kun oldin Islomga kirdi. Keyin Alloh meni ham qalbimni Islomga ochdi. O’shanda men – Rosululloh A qanilar, deb so’radim. Singlim – Ul zot Safodagi Arqam ibn Arqamning hovlisidalar, dedi. O’sha hovliga bordim… Keyin – ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, dedim. Shunda hovli ahli shunday takbir aytdilarki, buni butun masjid ahli eshitdi. Men – yo Rosululloh, biz vafot etsak ham, tirik bo’lsak ham haq ustida emasmizmi, deb so’radim. Ul zot dedilar: Bo’lmasamchi, jonim qo’lida bo’lgan Allohga qasamki, siz vafot etsangiz ham, tirik bo’lsangiz ham Albatta haq ustidasiz. Men – u holda, nega yashirinyapmiz, sizni haq bilan jo’natgan Allohga qasamki, siz albatta chiqasiz, dedim. Keyin ul zotni chang to’zon ko’tarib borayotgan ikki saf ichida olib chiqdik. Bir safga Hamza, ikkinchi safga men boshchilik qildim. Nihoyat masjidga kirdik, Quraysh menga va Hamzaga boqishib, ularni ilgari hech uchramagan g’am-tashvish qamrab oldi. O’sha kuni Rosululloh A meni Foruq (ajratuvchi), deb atadilar va Alloh haq bilan botil o’rtasini ajratdi».

 Bu hadisni o’rganib chiqildi: Alboniy uni inkor etilgan, debdi, aksar hadis ahli ham uni zaif debdilar. Mening savolim ikki jihatlama: Zaif hadisni dalil qilsa bo’ladimi? Agar qilsa bo’lsa, u holda, uni qachon dalil qilamiz va uni qanday muhokama qilamiz? Agar uni dalil qilib bo’lmasa, u holda, sizda – Alloh ilmingizdan bizga manfaat keltirsin – savolimda keltirilgan hadisdan ham boshqa hadis bormi? Alloh sizga baraka ato etsin va sizning qo’lingiz bilan fathlar bersin!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh! Ikki savol ham bir mavzuda, shu bois sizlarga quyidagicha javob beraman: Qadrli birodarlar, siz biror rivoyatni zaif degan kishini o’qigan bo’lsangiz, o’sha rivoyat albatta zaif bo’lib qolmaydi. Misol uchun, Buxoriy va Muslimdagi hadislarni ba’zi bir «shayxlar» zaif, deyishgan. Ya’ni ular shunday hadislarni zaif, deyishganki, ularni ikkala imom ishlab chiqqan va ikkovining bu rivoyatlarini Ummat rozi bo’lib, ko’ngli to’lib qabul qilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatni sanad va matn jihatidan sahihligi to’g’risida buyuk ulkan o’lchovlarga rioya qilganlar. Shunga qaramay ikkala imom hadislarini zaif deydigan kimsalar topilib turibdi!

To’g’ri, hadisning zaifligi ochiq ko’rinsa, uni dalil qilish mumkin emas. Biroq ba’zan muhaddislar yo ulardan ayrimlari bu hadisni zaiflikka hukm qilishgan bo’lsalar, qolganlari uni hasan, dalil qilishga yaroqli ekaniga hukm qilganlar. Hadis va uning usuli borasida ilmi bor kishi bu masalani yaxshi biladi va u muhaddislaru mujtahidlar nazdida mashhur masala. Natijada, siz bu hadisni kimlardir dalil qilganini, kimlardir dalil qilmaganini guvohi bo’lasiz. Biz bu to’g’rida «Shaxsiya» kitobimizning birinchi juzi «maqbul hadis va mardud hadis» hamda «Hadisni shar’iy hukmga dalil qilish» boblarida mufassal bayon qilganmiz.

Endi, sahobalarning Makkada Umar Gning Islomga kirishi ortidan chiqish qilganlari haqidagi savolga kelsak:

1 – Savolga berilgan javobda kelgan bu rivoyat Abu Nuaym Ahmad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Ishoq ibn Muso ibn Mahron Asbahoniy (vafoti hijriy 430 sana) o’zining «Hulyatul avliyo tabaqotul asfiyo» kitobida rivoyat qilgan.

Abu Nuaym ishonchli hofiz. U haqda Zarkaliy «A’lomu nubalo»da bunday degan: «Abu Nuaym (hijriy 336-430 yil, milodiy 948-1038 yil) Ahmad ibn Abdulloh ibn Ahmad Asbahoniy bo’lib, u kishi tarixchi, hofiz va rivoyatda ichonchli kishilardandir. Asbahonda tug’ilgan va o’sha erda vafot etgan. Adabiyotlari quyidagilar: o’n tomli «Hulyatul avliyo tabaqotul asfiyo» kitobi, katta «Ma’rifatu Sahoba» kitobi, u kishidan ikki jildli qo’lyozma ham qolgan bo’lib, Istanbuldagi Topkapi saroyda «Ahmad III muzeyi»da 551-yilgi qiroati (Maymaniy xotiralarida 497 raqam bilan) bor, «Tabaqotul muhaddisin va ruvot», «Dalailun Nubuvvat», ikki jildli «Zikru axbori Asbahon» hamda «Shuaro» kitoblari».

2 – Shu bilan birga, ikki saf bo’lib chiqish to’g’risida bittagina rivoyat emas, boshqa sahih rivoyatlar ham mavjud: – Hokimning «Mustadrak ala sahihayn» kitobida bunday rivoyat keladi: «… Usmon ibn Abdulloh ibn Arqam bobosi Arqamdan rivoyat qiladi: Arqam badrlik bo’lgan va Rosululloh A uning Safo oldidagi hovlisida boshpana topganlar. Nihoyat, qirqta musulmon erkak takomil bo’ldilar, ulardan eng keyin Islomni qabul qilgan Umar ibn Xattob G edi. Ularning soni qirq nafarga etganda mushriklarga chiqish qildilar…».

Hokim – bu sanadi sahih hadis, degan, ikki shayx uni ishlab chiqmaganlar, ammo Zahabiy hokimga qo’shilgan. –

 Ibn Sa’dning «Tabaqotu kubro» kitobida bunday deyiladi: «… Yahyo ibn Imron ibn Usmon ibn Arqamdan rivoyat qilinadi: men Usmon ibn Arqamdan eshitgandim, «Men Islomni qabul qilgan oltovlonning o’g’liman, otam oltovlonning oltinchisi bo’lgan, uning hovlisi Makkadagi Safo yaqinida bo’lib, Nabiy A o’sha erda ilk Islomni boshlaganlar va odamlarni Islomga da’vat qilganlar, ko’pchilik Islomga kirganlar. Ul zot dushanba kechasida «Allohim Islomni Umar ibn Xattob yo Amr ibn Hishomdan iborat ikkita eng mahbub kishilar bilan qudratli qil», deya duo qildilar. Ertasi kuni ertalab Umar ibn Xattob kelib, Arqamning hovlisida Islomga kirdi. Shunda u erdan chiqish qilishib, takbirlar aytdilar, Baytullohni g’olib holda tavof qildilar va Arqamning hovlisi Islom hovlisi, deya ataladigan bo’ldi». –

 Ibn Ishoq «Sirati Nabaviya»da bunday dedi: «Shunda Umar – Allohga qasamki, albatta biz Islomni nido qilmoqqa haqliroqmiz, Makkada Allohning dinini albatta g’olib qilamiz, agar qavmimiz bizga zulm qilmoq istashsa, ularga qarshi jang qilamiz, agar qavmimiz bizga odillik qilishsa, buni qabul qilamiz, dedi. Keyin Umar va sahobalar chiqish qildilar va masjidda o’tirdilar. Quraysh mushriklari Umarning Islomga kirganini ko’rishgach, nima qilarini bilmay qolishdi». –

Ushbu ikki saf bo’lib chiqish mavzusi «Imtou asmo»da Taqiyyuddin Maqriziydan, «Tarixi xomis fi ahvoli anfusi nafis»da Husayn ibn Muhammaddiyor Bakriydan, «Sirati Nubuvvat fi zov’il Qur’on va Sunnat»da Muhammad Abu Xashbadan, «Rohiqil maxtum»da Safiyu Rahmondan va boshqalardan ham rivoyat qilingan.

3 – Shunga ham diqqatni qaratmoq kerakki, namoyish va yurishlarning joizligiga faqat shu rivoyatlarnigina dalil qilinmaydi. Chunki namoyish va yurishlar fikr bildirish va uni etkazish uslublaridan biri bo’lib, bu nashralar, yig’inlar, hujjatli filmlar, videolavhalar kabi vosita va uslublarga o’xshaydi. Vosita va uslublar esa aslida mubohdir, agar ayrimlarining haromligi to’g’risida dalil kelgan bo’lsa, ular man etiladi, albatta. Bu uslub va vositalar odamlarni Islomni etkazish va unga cheklanishga harakatlantirish maqsadida foydalaniladi. Hizb ut-Tahrir bunday tadbirlarni o’zi uchun qulay tarzda bajaradi, ya’ni sharti shuki, bu uslub va vositalarni faqat Hizbning o’zi, o’zining bayroqlari ostida tashkillashtirish va boshqarishi, o’z xitob-hayqiriqlari bilan olib boradi, o’z etakchiligida odamlarni yig’adi, boshqa hizblar bilan hamkorlikda o’shalarning bayroqlari va hayqiriqlari bilan olib bormaydi. Chunki Hizb bajaradigan va amal qiladigan narsa bu emas, biz o’z istagimiz va etakchiligimiz bilan nima qo’limizdan kelsa, o’shani qilamiz. Qodir bo’lolmagan vaqtlarimiz ham bo’lgan, qodir bo’lgan vaqtlarimiz ham bo’lgan. Bu matbuot bo’limlari uslubiga o’xshaydi, masalan Abu Ibrohim ] davrida matbuot bo’limlari ishi juda qiyin bo’lgandi, Abu Yusuf ] davrida esa unchalik qiyin bo’lmagandi va u kishi menga Hizbning Iordaniyadagi rasmiy notig’i vazifasini yuklagan edi. Bugun esa ko’rib turganingizdek, matbuot bo’limlarimiz diqqatga sazovor holatda.

4 – Xullas kalom, qadrli birodarlar, biz qilayotgan har bir amalimizni, bosayotgan har bir qadamimizni chuqur tafakkur qilib, o’ylanib qilamiz, bunda haromdan uzoqlashibgina qolmay, balki haromni zarracha g’ubori ko’ringan narsaga ham yaqinlashmaymiz, zohirda ham, botinda ham, katta ishlarda ham, kichik ishlarda ham Alloh Subhanahu va Taologa suyanamiz… Chunki biz tog’lar ko’tarishdan bosh tortgan ishlarni elkamizga ortganmiz, nima deb o’ylaysiz, agar qalblarimizda, tillarimizda va barcha a’zolarimizda shariat ahkomlariga qattiq rioya qilish bo’lmaganda edi, yo’limizda davom eta olarmidik?! Albatta, Allohdan madad, eng yaxshi ishlarga hidoyat so’raymiz va Alloh solihlar do’stidir.

 Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta 10 sha’bon 1435h 8 iyun 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.