Liviya krizisidagi oxirgi voqealar

787
0

Savolga javob

Liviya krizisidagi oxirgi voqealar

Savol:

2015 yil 17 dekabrda imzolangan Suxayrot (Sxirat) kelishuviga binoan, kelishuvda aytilgan muddatdan ikki kun keyin Liviya hukumati tuzilgani e’lon qilindi. Bu kelishuvdan oldin ham ko’p kelishuvlar bo’lgan edi. Masalan 2015 yil 5 dekabrda Tobruq parlamenti va Tripoli kongressining bir necha a’zolari Tunisda uchrashdi. Uchrashuv chog’ida «Liviya krizisiga doir printsiplarni va milliy kelishuvni e’lon qilishga» kelishib olindi. 2015 yil 13 dekabrda esa Rim konferentsiyasini o’tkazishga chaqirdi va unda Liviya krizisi mavzusi bahs qilindi… Ma’lumki hukumat tuzilishiga olib kelgan Suxayrot kelishuvi tevaragida xalqaro kurash mavjud, shunday sharoitda e’lon qilingan bu hukumat davom eta oladimi va Liviyada barqarorlik vujudga keladimi? Bundan tashqari Liviyada harbiy aralashuv to’g’risidagi ovozlar baland eshitiladigan bo’lib qoldi. Bu hukumat shu aralashuvning oldini olishga imkoni bo’ladimi? Yoki u aralashuvni tezlashtirishning bir muqaddimasimi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob:

Tasavvur aniq bo’lishi va to’g’ri javobni topa olishimiz uchun quyidagi ishlarni ko’rib chiqamiz:

1 – Liviya mavzusi haqida biz oldinroq chiqargan ba’zi narsalarni, ayniqsa undan quyidagi ikki ishga taalluqli narsani eslatib o’tsak yaxshi bo’ladi:

Birinchi: Garchi Amerika Haftar orqali Tobruq parlamenti ustidan hukmronlik qilib kelayotgan bo’lsa-da va Yevropa, xususan Britaniya eski siyosiy doira orqali Tripoli kongressi ustidan hukmronlik qilib kelayotgan bo’lsa-da lekin bu ikki mustamlakachidan har birining boshqa tarafda o’z changallari bor. Garchi Britaniya parlamentda va kongressda Amerikadan ko’ra ko’proq, «sher ulushi»ga ega bo’lsa ham. Chunki Amerikaning Britaniyaga zo’r berib malay bo’lib kelgan Qazzofiydan keyin siyosiy doiraga kirib kelishi bir kutilmagan favqulodda ish bo’ldi. 2015 yil 11 aprelda chiqqan savolning javobida quyidagilar kelgan edi: «… Chunki Haftar Tobruqdagi parlament a’zolarining ko’pi bilan yaxshi aloqaga ega emas. Chunki bu parlament a’zolari orasida eski siyosiy doiradan kirib kelganlar bor… Shuning uchun demak Amerika muzokaralarning har qanday natijasiga to’siq qo’ymoqchi. Amerika to bir siyosiy doirani tuza olguniga qadar (Amerika rejasi bo’yicha bu siyosiy doira o’zini ham, Amerikani ham kuchli qo’llab-quvvatlay oladigan bo’lishi kerak) bu natijalarga to’siq qo’ymoqchi. Ya’ni Amerika uchun muhimi imkoni boricha muzokaralarga to’sqinlik qilishdir…». Demak Tobruq parlamentida – garchi uning ustidan Haftar nazorat qilayotgan bo’lsa-da – Yevropa uchun ham ulush bor. Amerikaning bir oyog’ini boshqa tomonga qo’ygan bo’lishi ham ehtimoldan uzoq emas. Garchi bu hozircha salmoqli ta’sir qiluvchi tarzda bo’lmay kelayotgan bo’lsa-da. 2015 yil 23 sentyabrda chiqqan savolning javobida quyidagilar kelgan edi: «Shuning uchun demak kongress muzokarachilari buni tushunib turishibdi. Kongressdagi taraflarda ba’zi amerikalik mas’ullar bilan uchrashishga intilish borligi haqida ba’zi xabarlar tarqaldi. Ular amerikaliklar bilan til topishishga urinib ko’rishmoqchi «Tripolidagi kongressdan kelib chiqqan «inqoz (qutqazish) hukumati» Suxayrot uchrashuvidan oldin tuzildi. Bu hukumat boshlig’i Xalifa G’uvayl bir amerikalik mas’ul bilan uchrashdi. Bu e’tiborni tortadigan o’zgarishdir. Tripoli hukumati manbalari «Hayot»ga ma’lum qilishicha, G’uvayl yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasida Amerika logistik (ortdan yordam) xizmatlari idora muassasasi boshlig’ining o’rinbosari Uilyam Blum bilan qator kelishuvlarni imzolagan, ularning orasida «mudofaa, sog’liqni saqlash va sarmoya yotqizish sohalarida hamkorlik qilishning yangi ufqlarini ochish»ga oid o’zaro kelishuv memorandumlari ham bor. Tripoli hukumatidagi manbalar bu kelishuvlarni Amerika bilan bo’lgan aloqalardagi «muhim qadam» deb atadi» (Hayot 2015 yil 22 sentyabr seshanba). Ya’ni Tobruq parlamenti va umumiy kongress ustidan hukmronlik ikkalasidan har birining o’zining barcha juzlarida bitta nusxa ekanini anglatmaydi.

Ikkinchi: Amerika bilan Britaniya o’rtasida Liviyada kurash qanday ketayotganiga va bu ikki mustamlakachining siyosiy echimlarga nisbatan pozitsiyasi qanday ekanligiga kelsak, biz 2015 yil 23 sentyabrdagi savol javobida quyidagilarni aytgan edik: «Yevropa esa bu muzokaralar mumkin qadar tezroq bir siyosiy echim natijasini berishini istaydi. Chunki siyosiy doiraning ko’pchiligi evropaparastdir. Demak bu siyosiy doira yo’lga qo’yadigan har qanday echim Yevropa foydasiga bo’ladi. Amerika ham muzokaralarga rozilik berdi. Chunki u harbiy aralashuvga bir kirish «tuynugi»ni paydo qilolmadi. Chunki Amerika Liviyada siyosiy doiraga muhtojdir. Shuning uchun to’siq qo’yish uslublarini o’ylab topishga harakat qilmoqda. Demak muzokaralar biron echimga erishishga yaqin kelib qolsa Amerika muzokaralarni harbiy amaliyotlar bilan buzib tashlaydi…». Bu ikkala tarafning pozitsiyasidan aniq ko’rinib turgan edi: masalan Yevropa Suxayrot kelishuvini tuzishga shoshilish orqali bir siyosiy echimni ishlab chiqishga harakat qildi. Yevropa shu echimga tayanib, u orqali o’z nufuzini mustahkamlab olmoqchi edi. Shuning uchun evropaparast Bernardino Leonda o’zining BMT vakili bo’lib turish muddati tugashidan oldin uzil-kesil echimga erishish uchun qadamni tezlatayotgani ko’rindi… Lekin Amerika yugurdaklarining boshqacha pozitsiyasi bor edi. Chunki Haftar nazorati ostidagi Tobruq parlamentining e’lon qilingan pozitsiyasi kelishuv tuzishga qarshi ekanligi aniq edi. Shuning uchun Frantsiya 24 sayti 2015 yil 20 sentyabrda quyidagilarni tarqatdi: «Davlatlar tomonidan tan olingan Liviya parlamenti mamlakat sharqida joylashgan Tobruqdagi qarorgohidan turib Mag’ribning Suxayrot kurortida parlamentdagi ba’zi deputatlar bilan uning majlislarini boykot qilib kelayotgan a’zolar o’rtasida tuzilgan kelishuvni rad etishini ta’kidladi…». Shunga qaramay Leon uzil-kesil kelishuv matnini e’lon qilishni qattiq talab qilib turib oldi. Al-Jazira net saytida 2015 yil 22 sentyabrda quyidagilar keldi: «BMTning Liviyadagi vakili Bernardino Leon Liviya masalasi bo’yicha dialog olib borayotgan taraflar o’rtasida Mag’ribning Suxayrot shahrida bir uzil-kesil siyosiy kelishuvga erishilganini e’lon qildi. U BMTning uni imzolash uchun taraflarga oktyabrning boshigacha muhlat berganini ko’rsatib o’tdi». Leon muzokaralar so’nggida o’tkazilgan matbuot konferentsiyasida: «Hozir qo’limizda Liviya krizisidagi barcha taraflarni o’z ichiga olgan kelishuvning uzil-kesil matni bor» dedi. Leonning so’zlaridan bu kelishuvning o’zgartirishni qabul qilmaydigan uzil-kesil kelishuv ekanligi ko’rinib turibdi. Uning bu echimni har qanday qarshilikdan, xususan Haftar tarafidan bo’ladigan qarshilikdan qat’iy nazar o’tkazmoqchi ekanligi ham ko’rinib turibdi. Mag’ribda o’tkazilgan tantanali marosim chog’ida Bernardino Leon matbuot konferentsiyasi o’tkazdi. Unda birlik hukumatining ehtimol tutilgan a’zolaridan bir nechasining ismlari e’lon qilindi. Lekin shunga qaramay turli hukumatlar o’rtasida kelishmovchiliklar davom etdi. Shuning uchun 2015 yil 17 dekabrni birlik hukumati tuzilishiga erishish muddati sifatida tanlashga qaror qilindi. Shunday qilib demak Leon Amerika yugurdaklarining, xususan Haftarning qarshiligiga parvo qilmasdan Yevropa nuqtai nazariga moyil bo’ladigan echimni ishlab chiqishga zo’r berib urindi. Shuning uchun Leon ishlab chiqqan birinchi Suxayrot kelishuvi Yevropaning echimga oid qarashiga, ayniqsa Britaniya qarashiga mos bo’ldi. Bu esa Amerikani Leonning vakil bo’lib ish olib borish muddatini tugatishga zo’r berib urinishga majbur qildi va shunday ham bo’ldi.

2 – BMTning yangi vakili Martin Koblerga kelsak, u Amerika va Yevropaning til topishishiga o’xshagan narsani olib keldi. U asli Germaniyadan bo’lsa-da lekin u oldindan BMTda Amerika manfaatlariga xizmat qiladigan ishlarga boshchilik qilib keldi. Demak Kobler Amerikaga yaqinroqdir. Shuning uchun u BMTning Liviyadagi vakili sifatida o’z vazifasini bajarishga kirishar ekan butun ahamiyatini Suxayrot kelishuviga – unga uzil-kesil imzo chekilmasidan oldin – o’zgartirish kiritishga qaratdi. Bernardino Leon oldinroq bu kelishuv loyihasi uzil-kesil ekanini aytganiga qaramay Kobler shunday ish tutdi. Holbuki loyihaga bosh harflar bilan imzo chekilgan, bu esa unga o’zgartirish kiritish mumkin emasligini anglatar edi. Lekin Kobler unga o’gartirishlar kiritdi… 2015 yil 24 noyabrda arabiy 21 saytida quyidagilar keldi: «BMTning yordam missiyasi boshlig’i germaniyalik Martin Kobler seshanba kuni Liviya siyosiy dialogidagi taraflarga siyosiy kelishuv loyihasiga kiritilgan o’zgartirishlarni topshirdi, bu o’zgartirishlar birlik hukumati rahbariyati tarkibiga bir necha deputatlarni va bir davlat vazirini qo’shishga va hukumat vazirlarini tanlab olish mexanizmiga taalluqlidir… O’zgartirishlarda milliy birlik hukumati rahbarlik kengashiga yana ikki deputatni va fuqarolik jamiyati ishlari bo’yicha davlat vazirini qo’shish zarurligi, vazirlar kengashi tomonidan chiqariladigan qarorlar to’g’risida deputatlarning hukumat boshlig’iga e’tiroz bildirish huquqi ko’rsatilgan. Kiritilgan yangi o’zgartirishda hukumat vazirlarini tanlash yoki ulardan birini iste’foga chiqarish – rahbariyat kengashida bu vazirlar uchun ovoz berish birinchi va ikkinchi martada qiyin bo’lib qolsa – vazirlar kengashi a’zolaridan ko’pchiligining ovoz berishi bilan bo’lishi, lekin hukumat boshlig’ining vazirliklar tarkibini ma’qullashda e’tiroz yoki rozilik bildirish huquqiga ega bo’lishi ta’kidlangan».

Bu o’zgartirish kiritishlarning Haftarning o’ziga ham ta’siri bor. Chunki Leon ishlab chiqqan Suxayrot kelishuvidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan eng ko’zga ko’ringan natijalardan biri Haftardan qutulish va uning Liviya armiyasidagi rasmiy statusiga barham berish edi. Chunki Suxayrot kelishuvining sakkizinchi moddasida quyidagilar ko’rsatilgan: «Liviyaning ijrodagi qonunlarida ko’rsatilgan oliy harbiy, fuqarolik va xavfsizlik mansablaridagi barcha salohiyatlar bu kelishuv imzolanishi bilanoq vazirlar rahbariyat kengashiga o’tadi, shuning uchun kengash 20 kundan oshmagan muddat orasida bu mansablarni kimlar egallashi haqida qaror qabul qilishi lozim. Bu muddat davomida qaror qabul qilinmaydigan bo’lsa kengash 30 kundan oshmagan muddat ichida yangi tayinlashlar to’g’risida qarorlar qabul qiladi, bunda Liviyaning ijrodagi qonunlari albatta hisobga olinadi». Bu modda saqlanib qolgan bo’lsa-da lekin hukumat tarkibidagi vazirlar sonining oshishi va qaror qabul qilish mexanizmi Haftarning qolishini kafolatlaydi yoki loaqal undan qutulishni – o’zgartirish kiritishdan oldin bo’lganidek – qiyin qilib qo’yadi.

3 – Britaniya – Kobler kelganidan keyin, ayniqsa o’zgartirishlar oldinga surilganidan keyin – Koblerning ta’sir qiluvchi Amerika bosimlaridan qochib-qutulolmasligini, u Suxayrot kelishuvi bo’yicha harakat qilishi chog’ida bu bosimlar ostida qolishini va kelishuvdan Yevropa foydasiga bo’lgan elementlar olib tashlanishi yuzaga kelishi ehtimoli borligini tushundi. Shuning uchun Britaniya o’zining kongress va parlamentdagi ba’zi malaylariga Tunisda yig’in o’tkazishni uqtirdi. Bu yig’in natijasi printsiplar bo’yicha kelishuvga erishish bo’ldi. Bu muzokaralar haqida «ular Liviya – Liviya muzokaralaridir» deb zo’r berib jar solindi. Holbuki ular xorijdagi tashqi kuchlar majburlashi bilan o’tkazildi… 2015 yil 6 dekabrda Middle East Online saytida quyidagilar keldi: «Liviya krizisidagi ikki taraf vakillari yakshanba kuni bir qator printsiplar bo’yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilishdi, bu printsiplarning ikki hukumatning «mamlakat sharqidagi davlatlar tan olgan qonuniy hukumat bilan Tripolidagi davlatlar tan olmagan parallel hukumatning» roziligiga erishadigan va neftga boy bu mamlakatda davom etadigan nizoga barham beradigan bir siyosiy kelishuvga aylanishi umid qilinmoqda. Ma’lumki bu ikki hukumat hokimiyat talashib o’zaro kurashmoqda… Kongressning bir necha a’zolari va davlatlar tan olgan parlamentning bir necha a’zolari 2015 yil 5 dekabrda Tunisda uchrashishdi. Uchrashuv chog’ida Liviya krizisini hal qilishga doir printsiplarni va milliy kelishuvni e’lon qilish bo’yicha kelishuv bo’ldi…». Britaniya bu yig’indan o’zining qo’lida bir yangi qurol bo’lishi maqsadini ko’zladi. Agar Amerika Suxayrot kelishuvining borishiga to’siq qo’yishga muvaffaq bo’lsa Britaniya shu yangi qurolni ishga soladi, Amerika bunga muvaffaq bo’lmasa Britaniya bu qurolga murojaat qilmaydi.

4 – Lekin Kobler Suxayrot kelishuvini tamomlashga qattiq qaror qilgan edi, shuning uchun u Tunis yig’iniga parvo qilmadi. Mana shu Koblerning Suxayrot yig’inini uzib qo’yib Haftar bilan uchrashish uchun borgani sababini izohlab turibdi. Hayot gazetasida 2015 yil 17 dekabrda quyidagilar keldi: (Kobler kecha Marj shahriga yo’l oldi, u erda armiya qo’mondonligi qarorgohi joylashgan. Kobler u erda Haftar bilan so’zlashuvlar o’tkazdi. Haftarga qarashli manbalarga ko’ra so’zlashuvlarda Kobler Haftarni Suxayrot kelishuviga taalluqli xavfsizlik tartibotlariga ko’ndirishga uringan. Haftar manbalarining qo’shimcha qilishicha, Kobler Haftarga bo’lg’usi birlik hukumatidan kelib chiqadigan komissiya a’zolari ismlarining ro’yxatini ko’rsatgan. Bu komissiya armiya strukturasini qayta tuzishga boshchilik qiladi. O’sha manbalar Haftarning Koblerga aytgan quyidagi so’zlarini keltirdi: «Bizning terrorizmga qarshi urushimiz davom etaveradi, shuning uchun bizning siyosiy ishga daxlimiz yo’q»…). Koblerning Haftarni rozi qilishga uringani ko’rinib turibdi. Chunki u uning gaplariga o’xshash gapni aytdi. Hurra sayti 2015 yil 17 dekabrda quyidagilarni keltirdi: «Xalqaro jihatdan tan olingan Liviya hukumatiga tarafdor kuchlar qo’mondoni Xalifa Haftar BMTning Liviyaga yuborgan maxsus vakili Martin Koblerning Liviya armiyasiga terrorizmga qarshi kurashda yordam bermoqchi ekanini aytdi. Haftar bu xalqaro vakil bilan uchrashganidan keyin bergan bayonotda bu xalqaro vakilning qurol-aslahalarga joriy qilingan embargoni olib tashlashni qo’llab-quvvatlashini aytdi. Kobler ham o’z navbatida o’zining Haftar bilan «samarali» dialog o’tkazganini va ikkalasi terrorizmga qarshi kurash va bir kuchli Liviya armiyasi bo’lishi zarurligi to’g’risida bir fikrda ekanliklarini ta’kidladi. Kobler Liviyadagi taraflarni siyosiy kelishuvni payshanba kuni imzolashga chaqirdi». Shuncha rozi qilishlarga urinishlarga qaramay Amerika yanada ko’prog’ini istayotgani ko’rinib turibdi! Shuning uchun Amerika hatto bu kelishuvni imzolashga hozir bo’lishdan ham g’oyib bo’ldi. Lekin shunga qaramay uning manfaatlari daxlsiz, zarar etmagan holda qolaverdi. Arabiy 21 da 2016 yil 6 yanvarda quyidagilar keldi: «… Aytishlaricha, birlik hukumati boshlig’ining ikki o’rinbosari Ali Qatroniy va Fathiy Mujbariy agar Haftar harbiy muassasa tepasida qolmaydigan bo’lsa birlik hukumati tarkibidan chiqib ketish bilan tahdid qilishdi».

Shu bilan birga, mana shu bo’linishlar v kurashlarga qaramay bir-biri bilan raqobatlashayotgan ikki hukumat vakillari 2015 yil 17 dekabrda Mag’ribdagi Suxayrotda BMT homiylik qilayotgan tinchlik kelishuvini imzolashdi. Lekin Tobruqdagi parlamentning 188 a’zosidan faqat 80 tasigina va Tripolidagi o’zaro raqobatlashayotgan 136 a’zodan faqat 50 tasigina kelishuvni imzolash marosimiga hozir bo’lishdi. Bu hujjat Tobruqdagi hukumat boshlig’i o’rinbosari Muhammad Shuayb va Tripoli hukumatidagi ikkinchi o’rinbosar Saloh Maxzum tomonidan imzolandi. Ya’ni kiritilgan o’zgartirishlar Yevropaning yugurdaklarini g’azablantirdi, Amerika yugurdaklarini rozi qilish uchun esa etarli bo’lmadi… Shuning uchun ikkala taraf qaytish huquqini o’zida saqlab qoldi. Natijada mana shu bo’linish yuz berdi: bir qismi imzolashga bordi, bir qismi esa kelgusi kurashni kutib qoldi. Bu kurash quruq siyosiy ish olib borishdan nariga o’tib siyosiy ish bilan harbiy aralashuv o’rtasidagi mushtarak ishga aylanadi. Chunki amaliy tomondan bu kelishuv ikkala tarafdan to’liq rozilik bilan bo’lmadi, aksincha unga parlament hamda kongress raislari Uqayla Solih va Nuriy Abu Sahmin rozilik bermadi, shuning uchun ikkalasi imzolash marosimiga hozir bo’lishmadi!…

5 – Britaniya siyosiy doiraning yoki uning ko’pchilik qismining o’z tomonida ekanini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun Britaniya Leon takliflari bo’yicha tuziladigan har qanday muvaqqat hukumat o’z tomonida bo’lishiga amin edi. Shuning uchun Britaniya butun e’tiborini Suxayrot kelishuvini tezlatishga va uni Leon davrida ma’qullatishga qaratdi. Britaniya bunga erisholmadi va Kobler kelib o’zgartirish kiritishlar bo’ldi. Shundan keyin Britaniya bu o’zgartirish kiritishlar Koblerga qilingan Amerika bosimlari bilan bo’lganini tushundi. Bu Amerikaning bu kelishuvni butunlay barbod qilish uchun tashlaydigan boshqa qadamlari orasidagi bir qadamdir. Amerika bu kelishuvni to o’zi istaganidek yangidan shakllantirguniga qadar shu qadamni tashlamoqda. Amerika kelishuvni yangidan ishlab chiqishga Haftar amalga oshirayotgan harbiy amaliyotlar natijasida bir yangi siyosiy tabaqani etishtirib chiqarganidan keyin erishmoqchi. Ana shu harbiy amaliyotlar bilan bir vaqtda Amerika idora qilayotgan siyosiy til biriktiruvlar ham bormoqda. Shuning uchun Britaniya hisobda yo’q boshqa ishlar yuz berib qolishidan oldin kelishuv tuzishni tezlatish fikriga keldi. Demak bu kelishuv hatto unga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda ham Britaniya uchun maqbul bo’lib qolaveradi. Shunday qilib ishlar tezlashib ketdi. Britaniya Mag’ribdagi Suxayrotda 2015 yil 17 dekabrda uzil-kesil kelishuv tuzishga zo’r berib urindi. Buning xalqaro jihatdan qonuniy va maqbul qilish uchun Britaniya xavfsizlik kengashiga murojaat qildi. Shu maqsadda uzil-kesil kelishuv qarorlarini ma’qullatish uchun 2259 qaror loyihasini taqdim qildi. Britaniyani shoshilishga majbur qilgan narsa Amerikaning kelishuvlarga to’siq qo’yish harakatlaridir. Amerika yo harbiy aralashuv amaliyotlari kabi bevosita to’siqlarni qo’ymoqda. Amerika bu harbiy aralashuvlarni Davlat tashkilotiga va boshqalarga qarshi kurashish degan bahona bilan amalga oshirmoqda. Amerika siyosiy amaliyotlardan ham foydalanmoqda. Bunga misol qilib Amerika 2015 yil 13 dekabrda o’tkazgan Rim konferentsiyasini keltirish mumkin. Amerika muzokaralarni yangidan boshlanadigan qilib qo’yish uchun shunday vositalarni ishga solmoqda, erishilgan barcha kelishuvlarni bilmaslikka olmoqda. Yoki Amerika o’zining malayi Haftar orqali bilvosita to’siqlarni qo’ymoqda. Amerikaning bundan maqsadi echimga erishishni mumkin qadar uzoqroq muddatga kechiktirishdir. Chunki shunda Amerika o’ziga malaylik qiladigan bir yangi siyosiy doirani etishtirib chiqarish imkoniga ega bo’ladi va ana shundan keyin siyosiy echimni boshlaydi, bu echimda uning odamlari ko’chilikni tashkil qiladigan bo’ladi. Bunga Liviya parlamenti boshlig’ining sobiq maslahatchisi Iso Abdulqayyum 2015 yil 13 dekabrda «G’adul Arabiy» ekranida bunday deb ishora qilib o’tdi: «… Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerrining so’zlarida amerikaliklarda krizisni hal qilish uchun etarli qiziqish yo’qligi aniq ko’rinib turibdi, inglizlar va frantsuzlarda buning tamoman aksidir, chunki ular bunga qiziqish ko’rsatishmoqda…».

Shunga ko’ra demak Britaniyaning BMTdagi vakili Metyu Rikroft yangi hukumatni tasdiqlatish uchun xavfsizlik kengashining 15 a’zosiga qaror loyihasini taqdim qildi. U bu yangi hukumat «Liviya suverenligini, uning erlari yaxlitligini va milliy birligini saqlab qolishimizning bir kuchli jamoiy alomati bo’ladi, bu barcha liviyaliklarning gullab-yashnagan va barqaror kelajakka erishishi yo’lining boshlanishidir, xolos. Shuning uchun biz kelishuvni hali imzolamagan ana shu kishilarni endi bir qarorga kelib bu kelishuvni qo’llab-quvvatlashga va milliy birlik hukumati bilan birga harakat qilishga chaqiramiz» (Al-Jazira kanali: 2015 yil, 24 dekabr).

Amerika esa bu kelishuvga uni talab qilgan jamoatchilik fikri qarshisida rozilik berishga majbur bo’ldi. Holbuki Amerika o’zining malayi Haftar orqali unga to’siq qo’yishga harakat qilgan edi. Amerika kartalarni aralashtirib tashlash uchun 2015 yil 13 dekabrda Rimda uchrashuv o’tkazish kabi siyosiy ishlarni amalga oshirdi… Lekin qaror loyihasi xavfsizlik kengashiga taqdim qilindi, natijada Amerika bu qaror chiqishiga to’siq qo’yish uchun biron bahona topolmay qoldi. Chunki bu qaror Liviya bo’yicha o’zidan oldin chiqqan xalqaro qarorlarni ma’qullaydi va u zohirdan qaraganda Amerika istaydigan siyosiy echimga, kelishuvga va hukumat tuzishga muvofiq ko’rinadi… Demak Amerika shunga binoan kelishuvga rozilik berdi. Amerika tashqi ishlar vazirligi vakili Jon Kirbi bu kelishuv haqida: «U Liviya birlik hukumatini tuzish doirasini ta’minlaydi» dedi… Amerika tashqi ishlar vazirligi Vashington qattiq turib birlik hukumatini «to’liq siyosiy qo’llab-quvvatlov, texnik, iqtisodiy va xavfsizlik bo’yicha yordam va terrorizmga qarshi kurash» bilan ta’minlaydi, deb ham bildirdi. Lekin buning ma’nosi Amerika rozi bo’ldi va uni o’chdi, degani emas. Aksincha Amerika bevosita bo’lsa ham ishlarni amalga oshiraveradi, harakat qilaveradi va kurashaveradi. Chunki u doimo o’zining nufuzini yoyishga, o’ziga mustamlaka qilishga, boshqa raqobatchi davlatlar nufuzini haydab chiqarishga harakat qiladigan mustamlakachi davlatdir. Shuning uchun nihoiy kelishuvga va xavfsizlik kengashi qaroriga qaramay Haftar kuchlari 2015 yil 24 dekabrda bir necha mintaqalarga – u erlarda Davlat tashkiloti bor degan bahona bilan – hujumlar uyushtirdi. Haftar kuchlari hujumlarni davom ettirish uchun har qanday qulay fursatdan foydalanib qolishda davom etmoqda. Amerika Liviyaga bevosita harbiy aralashuvni xavfsizlik kengashining bu aralashuvga ijozat beradigan qarori chiqmasdan turib – bunday qaror chiqishiga Britaniya to’siq qo’yib qo’ydi – boshlaydigan bo’ldi. Amerika bu harbiy aralashuvga Davlat tashkilotiga qarshi kurashni bahona qilyapti. Bu esa Amerikaning Suriyaga xuddi shu bahona bilan, hech qanday xalqaro qaror chiqmasdan turib aralashganiga o’xshaydi…Shunday qilib demak ikkala tarafni rozilik berishga undagan omillar turlichadir.

6 – Kobler o’zining ishida bir erda «depsina» boshladi. Chunki u ikkala tarafni rozi qilishga majbur edi. U aniq evropacha qarash bilan ish yuritgan Leon kabi emas. Chunki u ikala tarafni kelishtirishga o’xshagan narsani olib keldi. Shuning uchun Kobler bir erda «depsina» boshladi, ayniqsa u Leon tayyorlagan Suxayrot takliflariga o’zgartirish kiritgan paytda shunday bo’ldi. Uning bu harakati Yevropani unga norozi bo’lib qaraydigan qilib qo’ydi. Chunki Yevropa undan rozi emas. Bu norozilik Tripoli kongressi jamoatida aks etdi. Bu hol Koblerni – u Tripolida matbuot konferentsiyasi o’tkazmoqchi bo’lgan paytda – tahqirlab hurmatsiz munosabatda bo’lishga sabab bo’ldi. Chunki Tobruq hukumatiga tobe Liviya axborot agentligining bildirishicha, Tripoli hukumatidagi xorijiy axborot kengashi raisi Jamol Zuvayba Liviyaga yuborilgan xalqaro vakil Martin Kobler 2016 yil 1 yanvar oqshomida o’tkazayotgan matbuot konferentsiyasini uzib qo’yib undan mamlakatni darhol tark etishini talab qildi va uni «nomatlub shaxs» deb atadi. Zuvaybaning ro’kach qilgan bahonasi bu matbuot konferentsiyasi undan xorijiy axborot kengashi raisi sifatida izn olmasdan turib o’tkazildi, degan bahona bo’ldi. Kobler o’ziga hamroh bo’lgan delegatsiya bilan konferentsiya zalidan g’azablanib chiqib ketdi va to’g’ri aeroportga yo’l oldi, uning maxsus samolyoti osmonga ko’tarilib mamlakatni tark etdi… Tobruq jamoatida ham Koblerdan norozilik bor. Bunga sabab Koblerning kelishuvni uning belgilangan vaqtida amalga oshirishga qattiq uringanidir, bu jamoatdagilar esa undan obdan o’ylab ish tutishni istashyapti. Shuning uchun Tobruq parlamenti siyosiy maslahatchisi Ahmad Abud Koblerning ish yuritishlarini tanqid qilib bunday dedi: «Koblerning Liviyadagi taraflarni bir ma’lum muddat orasida milliy birlik hukumati bilan ko’ndirishga urinishlari voqeiy va mantiqiy bo’lmagan gap-so’zlardir…» (G’od televideniesi 2016 yil 6 yanvar). Shunday qilib xalqaro vakil bosim o’tkazuvchi bo’lishidan ko’ra ko’proq o’zi bosimlar ostiga tushib qoldi! Chunki Yevropa siyosiy doiraning ko’pchiligi o’zining tobe yugurdaklari bo’lgani uchun o’z xohishi bo’yicha bosim o’tkazishni istayotgan bo’lsa, Amerika har qanday ta’sir o’tkazuvchi echimni to o’ziga tobe yugurdaklardan bir siyosiy doirani evropaparast siyosiy doira bilan – garchi uni yanchib tashlay olmasa ham – nizolasha oladigan qilib etishtirib chiqarish imkoniga ega bo’lgunga qadar kechiktirishni istayapti. Tabiiyki bularning barchasining Koblerning depsinib kalovlanishida ta’siri bor.

7 – Amerika va Yevropa buni tushunib turibdi. Shunga ko’ra ular o’zlari sun’iy ravishda keltirib chiqarishayotgan voqega mos keladigan echimlarni paydo qilish uchun harbiy aralashuvni rejalashtirishmoqda. Amerika aralashuviga kelsak u aniq bo’lib qoldi. Chunki Tunis raqamiyya 2016 yil 8 yanvarda quyidagilarni nashr qildi: «Afrikadagi Amerika harbiy qo’mondonligi o’zining Liviyada harbiy aralashuv niyatida ekanligini rasman ma’lum qildi, bu aralashuv shu qo’mondonlik muddati besh yil deb e’lon qilgan amaliyot rejasi bo’yicha amalga oshiriladi. Maqsad Afrikadagi, ayniqsa Liviyadagi terrorchi jamoatlarni qisuvga olishni yanada kuchaytirishdir. Bu niyat shu qo’mondonlik boshlig’i general Devid Rodriges bilan Amerika Marens kuchlari bosh qo’mondoni general Jozef Frensis Danford o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida ma’lum qilindi. Bu amaliyot rejasi 2015 yil oralig’ida «AFRIKOM» qo’mondoni general Devid M. Rodriges tomonidan Afrika qit’asidagi xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf qilishga tegishli beshta asosiy maqsadlar bo’yicha qabul qilingan strategiyaga asoslanadi…». Liviyadagi Amerika armiyasining birlamchi vazifalari ro’yxatining boshida e’lon qilingan hujjat «terrorizmga qarshi kurash» degan niqob ostida IShIDga qarshi urush qilishdir. Bu bahona oxirgi paytlarda Amerika harbiy aralashuviga sabab-bahonalar ko’rsatishda odat tusiga kirib qoldi. Aslida esa Amerikaning g’araz-maqsadi terror mavzusidan ko’ra ancha kengroq bo’lgan siyosiy mustamlakachilik amaliyotidir. Shu maqsadda Amerika aralashuv rejasini ishlab chiqmoqda. Balki Amerika o’z askarlarini Liviyaga allaqachon yuborib bo’ldi. Chunki Bi-Bi-Si Arabiyda 2015 yil 18 dekabrda quyidagilar keldi: «… «Pentagon» rasmiy vakili podpolkovnik Mishel Baldansaning izoh berishicha joriy dekabr oyining o’n to’rtida bir guruh amerikalik harbiylar aloqalarni kuchaytirish va Liviya armiyasi mas’ullari bilan bog’lanishni mustahkamlash uchun Liviyaga keldi» . Bu polkovnik ayol bunday deb qo’shimcha qildi: «Liviya harbiylashgan otryadlaridan birining a’zolari amerikalik harbiylardan mamlakatni darhol tark etishlarini talab qilishdi. To’qnashuvlar yuz berishiga yo’l qo’ymaslik uchun harbiylar hech qanday hodisa yuz bermasdan mamlakatni tark qilishdi…». Bu askarlarni 2015 yil 17 dekabrda Suxayrot kelishuvi imzolanishidan uch kun oldin yuborilgani aniqdir! Bularning barchasining ma’nosi shuki, Amerika to o’zining siyosiy hukmronligini paydo qilguniga qadar yoki agar qodir bo’lsa birinchi so’z sohibiga aylanish uchun o’zining Haftar kabi harbiy malaylarini mansablarga o’rnatishga erishgunga qadar siyosiy amaliyotni barbod qilishga yoki uning ijrosiga to’siq qo’yishga harakat qilmoqda. Bu holatda demak Sarraj hukumati hatto tuzilgan taqdirda ham ta’sirga aslo ega bo’lolmaydi va ishlarni tartibga sololmaydi. Amerika Liviya maydonida hukmron bo’lib olishga va o’ziga malay bo’lgan bir kuchli siyosiy doirani paydo qilish maqsadida yanada ko’proq malaylarni o’z tomoniga og’dirishga erishish uchun Haftar hujumlari bilan bir qatorda o’zining harbiy amaliyotlarini ham amalga oshirishi mumkin.

Yevropaning aralashuvi esa ularning bayonotlarida ko’zga tashlanib qoldi… Masalan Vafd 2015 yil 23 dekabrda quyidagi so’zlarni nashr qildi: «Frantsiyaning «Le Figaro» gazetasi Liviya erlarida terrorchi IShID tashkilotini qurshovga olish Frantsiyaga nisbatan o’ta dolzarb ish bo’lib qolganini ta’kidladi. Frantsiya Liviyaga aralashish uchun bir xalqaro koalitsiya tuzishga tayyorlanmoqda… Gazeta Frantsiyaning ana shu tahdidlar sharoitida BMT bosh sekretarining Liviyadagi maxsus vakili Martin Kobler sarflayotgan kuch-g’ayratlarni qo’llab-quvvatlayotganini ko’rsatib o’tdi. Gazeta mudofaa vazirligidagi manbalarga ko’ra nazardan qochirib bo’lmaydigan boshqa bir ehtimolga, ya’ni liviyaliklar o’rtasidagi siyosiy kelishuvning bir joyda «depsinib» qolishi ehtimoliga ham e’tiborni qaratdi. Bu holatda – deb yozdi gazeta – Frantsiya o’zining bir harbiy koalitsiyani tuzishga oid harakatlarini davom ettiraveradi. Gazeta Italiyaning oxirgi oylarda Liviya muzokaralarini oldinga siljitish uchun jadal diplomatik harakatlarni olib borayotganini ham ko’rsatib o’tdi. Ma’lumki Italiya o’zining Liviyaga askarlarni va maxsus kuchlarni yuborishga tayyor ekanini hamda Liviyadagi terrorchi tashkilotni nishonga oladigan har qanday harbiy amaliyotda o’zining harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat berishini bildirdi…». «Bavvabatu Afrika (Afrigatenews)» 2016 yil 12 yanvarda Britaniyaning «Socialist Worker» saytiga tayanib quyidagilarni tarqatdi: «Konservatorlar hukumati Liviyaga 1000 britaniyalik askarni yubordi, bu askarlar Davlat tashkiloti kuchlari oldinga siljishi bilan tahdid ostida qolgan neft maydonlarini mudofaa qilish uchun yuborildi. Britaniya qirolligi harbiy-dengiz flotining Eskadra minonosets kemasi ham shimoliy Afrika sohillariga qarab yo’l oldi. Ayni vaqtda harbiy havo kuchlaridan Liviyadagi nishonlarga qarshi havo zarbalari berishga hozirlik ko’rish talab qilindi». Britaniyaning «Deli Telegraf» gazetasi 2015 yil 12 dekabrda mudofaa va tashqi ishlar vazirliklaridagi manbalarga tayanadigan bir hisobotni nashr qilgan edi. Hisobot «Britaniyaning terrorchi jamoatlar xatari kuchayib borayotganiga qarshi kurashish uchun Liviyada harbiy aralashish uchun evropalik ittifoqchilar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ko’rishlari» haqidadir. Unga ko’ra «harbiy aralashuv Liviyaga harbiy yordam va texnikalarni yuborish bilan boshlanishi mumkin. Lekin bu ish bu mamlakatni to’la nazorat qiladigan milliy birlik hukumatini kutib turibdi». Axborot vositalari 2015 yil 12 dekabrda Britaniyaning Liviyadagi elchisi Piter Milletning so’zlarini keltirdi. U «o’zining mamlakati tuzilishi kutilayotgan Liviya milliy birlik hukumati talab qilishi bilanoq terrorizmga qarshi kurash uchun Liviyada harbiy aralashuvga tayyor ekanini» aytdi. Ya’ni Yevropa o’zidan harbiy yordamni va harbiy aralashuvni talab qiladigan Liviya hukumatini tuzmoqchi. Frantsuz aviatsiyasi o’tgan oylarda Liviya ustida razvedka uchishlarini amalga oshirdi. Demak Britaniya va Frantsiya aralashmasdan Amerikaning bir o’zining harbiy aralashuviga yo’l qo’yib turaverishni istamaydi. Chunki buning, ya’ni harbiy aralashuvni Amerikaning bir o’ziga qo’yib berishning ma’nosi Liviya maydonini Amerika foydasiga tashlab qo’yishdir. Shuning uchun bu ikki mustamlakachi davlat Amerika aralashuviga qarshi turish uchun aralasha boshladi. Bularning barchasi Davlat tashkilotiga va terrorizmga qarshi urush degan bahona bilan amalga oshirilmoqda. Bu bahona yonida yana bir bahona ham bor. U qonuniy milliy hukumat talablarini qabul qilish degan bahonadir! Bularning barchasi asl haqiqatning bir ozgina parchasidir. Lekin eng katta asl haqiqat bu davlatlarning yurtlarimiz ustida, bu yurtlarning imkoniyatlari va boyliklari ustida o’zaro kurashayotgan mustamlakachi davlatlar ekanligidir.

8 – Shunga binoan demak aytish mumkinki, bu hukumat hech qachon ta’sirga ega bo’lolmaydi. Chunki Suxayrot kelishuvi ortida hamda bu hukumat tug’ilishining «og’ir to’lg’oqlari» ortida turgan kuchlar muvozanatlari bitta tarafning foydasiga uzil-kesil hal bo’lgan emas. Shuning uchun bu hukumat beqaror bo’lib qolaveradi. U Tobruq hukumati va Tripoli hukumati izidan – hatto bu ikki hukumat yuzaki bekor qilingan va ikkalasini amaliy tarzda idora qilib kelgan kimsalar parda ortida qolgan taqdirda ham – boradigan uchinchi hukumat bo’lishdan nariga o’tmasligi mumkin… Xalqaro krizislar guruhidagi Klaudia Jazzini aytgan so’zlar Suxayrot kelishuvi va uning hukumatiga baho berishga yaqin kelishi mumkin. Jazzini Suxayrot kelishuviga va undan kelib chiqadigan hukumatga sharh berib quyidagilarni aytdi: «Qog’ozda bu bir ajoyib xabardir, lekin amaliy tomondan Liviya kelishuvi uchun kutilayotgan qo’llab-quvvatlash darajasi aniq emas. Chunki hozirgi ikki parlamentdan har birining rahbar bo’lib qolayotgani bunga to’sqinlik qiladi. Bu ikki parlamentdan har biri faqat o’zigagina xizmat qiladigan tinchlik rejasini ishlab chiqishga sho’ng’ib ketmoqda. Voqelik shuki yangi hukumat mamlakatning asosiy qismlari ustidan oz nazoratga ega bo’ladi. Bularning barchasi ko’pchilikda bu yangi hukumatning ta’sirga ega bo’lishi borasida shubha uyg’otmoqda» http://blog.crisisgroup.org 2015 yil 18 dekabr.

Liviyadagi bunday kelishuvlar va hukumatlarning barbod bo’lishi sabablariga kelsak bu quyidagi ikki sababga ko’radir. Birinchisi: kurashni idora qilayotgan taraflarni undovchi omillarning turlicha ekanligi. Chunki bu taraflarning har biri o’z manfaati uchun harakat qilmoqda. Bu taraflarning kim ekanligi ko’zi bor har bir odamga ayondir. Ular Amerika va Yevropa, xususan Britaniyadir. Frantsiya va Italiyaning bu o’lja talashish kurashidagi roli ozroq darajadadir… Bu ikki taraf, ya’ni Amerika va Yevropaning har biri o’zining mustamlakachilik manfaatlari doirasida turib o’zaro kurashmoqda. Ikkinchi sabab esa quyidagichadir: Liviya krizisi echimi uning o’z ahli qo’li bilan idora qilinmayapti. Aksincha u Suxayrot kelishuvi bo’yicha mustamlakachi kofirlar qo’li bilan idora qilinmoqda. Aslida esa echim Liviya ahli qo’li bilan bo’lishi vojib edi. Chunki ular musulmonlardir. Islomda esa har qanday krizis va har qanday muammoning echimi aniqdir. Bu echimni ongli xolis kishilar yaxshi biladilar.

 إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِمَنْ كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo’lgan yoki o’zi hozir bo’lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir» [Qof 37]

Mana shu ikki sabab Liviyada barqarorlik, tinchlik va xavfsizlikni vujudga keltirish borasidagi Suxayrot kelishuvining va uning hukumatining barbod bo’lishida o’z hukmini o’tkazmoqda. Shuning uchun bu yangi hukumatning harbiy aralashuv sharpasini yiroq qilishdan ko’ra ko’proq bu aralashuvni avj oldirishga yaqinroq bo’lishi kutiladi. Ana shunda bu hukumat ahli nadomat chekib qoladi, lekin u paytda nadomat foyda bermaydi.

Musulmonlar yurtlarining mustamlakachilarning siyosiy til biriktiruvlari va harbiy amaliyotlari uchun bir maydonga aylanib qolgani juda alamlidir. Bu til biriktiruvlar va harbiy amaliyotlarning natijalari musulmonlar qonining yanada ko’p to’kilishi bo’ladi… Bundan-da alamlirog’i musulmonlar orasida islomiy yurtlardagi muammolarni hal qilishda mustamlakachi kofirlardan yordam so’rash kerak deb biladigan kishilarning paydo bo’lib qolganidir. Bu kishilar mustamlakachi kofirlarning Islom va uning ahliga qarshi makru hiyla qilishayotganini unutib qo’yishmoqda yoki o’zlarini unutganga solishmoqda. Holbuki mustamlakachi kofirlar:

لَا يَرْقُبُونَ فِي مُؤْمِنٍ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُعْتَدُونَ

«Ular biron mo’min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir» [Tavba 10]

Shu bilan birga biz Qur’oni Karim hofizlari yurti bo’lmish Liviya ahlida yaxshilik qolmagan degan fikrdan yiroqmiz. Chunki bu yurtda shunday sodiq, muxlis er o’g’lonlar borki, ular Islom va uning ahliga qarshi kek-adovat saqlayotgan ana shu mustamlakachilarning rejalarini barbod qilishga Alloh izni bilan qodirdirlar. Zero Kuchli, Aziz Alloh O’z diniga yordam beruvchilarga albatta yordam beruvchidir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ * وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْسًا لَهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُم

«Ey mo’minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo’lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida qadamlaringizni sobit-barqaror qilur. Kofir bo’lgan kimsalar uchun esa halokat bo’lur va (Alloh) ularning amallarini zoe ketkazur» [Muhammad 7-8]

Hizb ut-Tahrir amiri Ato ibn Xalil Abu Roshta

9 robius-soniy 1437h

19 yanvar 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.