Bo’ri hech qachon cho’pon va himoyachi bo’lmaydi!

426
0

загруженное1 (1)2014 yil 6 iyun juma kuni «Skay Nyus» saytida mana bunday xabar tarqatildi: «Suriya milliy koalitsiyasining Istanbuldagi muxolifati Suriyadagi xotin-qizlar huquqlariga qarshi qonunbuzarliklar to’g’risida matbuot konferentsiyasi o’tkazdi. Unda koalitsiya raisi noibi Nura Amir xonim Suriyadagi xotin-qizlar duch kelayotgan qonunbuzarliklar javobgarligini xalqaro hamjamiyat zimmasiga yukladi hamda xalqaro hamjamiyatdan Suriya rejimini xalqaro sudga berishi zarurligini qattiq talab qildi».

 Suriyadagi ayollar tog’ut Asad rejimi tomonidan qirg’in qilinayotgani, qamoqqa olinayotgani, jazolanayotgani, och qoldirilayotgani, bu borada ayollar qatori erkaklar va bolalar ham barobar ekani hech kimga sir emas. Ayniqsa, qamoqqa olingan ayollar turli zo’ravonliklarni boshdan kechirmoqda. Ular tahqirlanmoqda, tegajoqlik qilinib, nomuslariga tajovuz qilinmoqda, hatto o’ldirilmoqda ham. Bundan tashqari, ularga to’siqlar oldida yo uylariga bostirib kirilgan paytda tegajoqlik qilinmoqda, ba’zan o’g’irlab ketilib, qiynoqqa solinib o’ldirib ham yuborilmoqda. Shuningdek, rejim kuchlari qamal qilingan mintaqalarda ayollarni och qo’yish uslubini qo’llashlari natijasida ba’zi ayollarning homilasi tushib ketishi, ayrim ayollarning ochlikdan nobud bo’lishi yuz berdi. Bu esa ko’pchilik aholining bunday xavf-xatarlardan qo’rqib, yurtni tashlab chiqishga majbur qildi va ko’plab qo’shni davlatlarda suriyalik qochqinlar lagerlari ko’payib ketdi.

 Bu jinoyatlarning barchasi butun dunyoning ko’z o’ngida sodir bo’lmoqda, buni to’xtatish, ayollar va bolalarni qutqarish uchun hech kim amaliy harakat qilmayapti. Faqat hech kimga asqotmaydigan ayrim «insonparvarlik» yordamlari ko’rsatilmoqda, xolos. Xalqaro yordam ko’rsatuvchi tashkilotlar va ayrim shaxslar lagerlar yoki mintaqalarni ziyorat qilishdan boshqa narsaga yarashmayapti! Bu va bunga o’xshash tinchlantiruvchi choralar hatto og’riqni bir oz pasaytirishni ham uddasidan chiqolmayapti! Mana shunday manzarada koalitsiyachilar «Jeneva-1», «Jeneva-2» kabi raqamli qator konferentsiyalar o’tkazib, qurbonlarni gapirishdan nariga o’tmayapti. Ular bu musibatlarning haqiqiy sababchisi bo’lgan jinoyatkor rejimni yo’q qilishga urinmayapti. Shunday qilmishlarga qaramasdan, Suriya milliy koalitsiyasi raisi o’rinbosari Nura xonim chiqib, Xalqaro hamjamiyatdan Suriya rejimini xalqaro jinoyatlar sudiga tortishni talab qilib yotibdi! Axir, uning bu talablari ayollar alamlari va mashaqqatlarini battar oshishiga xizmat qilmaydimi! Holbuki, xalqaro hamjamiyat o’zining muammosini ham echishdan ojiz bo’lsa! Aynan shu hamjamiyat Afg’oniston va Iroqdagi xotin-qizlarga adolatni, erkinlikni va’da qilib, hayotlarini zulm va zo’ravonlik jahannamiga aylantirgan! Yaxshilik kutiladigan hamjamiyat shumi! Yechim, adolat va insof umid qilinadigan xalqaro jinoyatlar sudi shumi! Aslida, bu xalqaro hamjamiyat Asadning o’rniga biror munosib alternativni uzoq vaqt qidirib topolmagach, hozir uni qo’llab-quvvatlamoqda! Bu rejimga jazo qo’llashni iddio qilayotgan bunday jamiyat ayni vaqtda, Rossiya, Xitoy, Eron va ularning ittifoqchilari kabi, Asadni qurol-yaroq va mablag’ bilan ta’minlamoqda! Bu hamjamiyat ushbu Suriyadagi fosh etuvchi qo’zg’olon harakatini kuzatib, undagi sabot bilan turgan mujohidlarning Islomdan o’zga echimga hargiz rozi bo’lmasliklariga ko’zi etdi. Shundan so’ng u qo’zg’olonga zulukdek yopishib olishga, uni izdan chiqarib, o’g’irlashga urinmoqda, masalan, u vaqti ancha cho’zilib ketgan, binobarin, qurbonlari ortib ketgan Suriyadan boshqa erdagi qo’zg’olonlarni shunday qilgandi.

Boshlanishdanoq «Yo Alloh, bizga O’zingdan boshqa madadkor yo’q, yo Alloh», deya hayqiriqlar bilan chiqqan ushbu muborak qo’zg’olon ahli bunday jinoyatkor xalqaro hamjamiyatdagi hech qaysi doira yo tashkilot yoki davlat ularga insof qilmasligini tushundilar. Alloh Taoloning quyidagi va’dasiga ko’ra, Allohning izni ila, yaqinlashayotgan Islom davlatida Islom hukmron bo’lib, Uqob bayrog’i ko’tarilmaguncha bunday pokdomon iffatli ayollarni qutqarish ham, xavfsizlik, barqarorlikni o’rnatish ham hargiz amalga oshmasligini anglab etdilar: ‰tãur}

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir»

[Nur 55]

 Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.