Obama As-Sisi bilan hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutmoqda

364
0

Безымянный Misr prezidentligi saylovida Abdulfattoh As-Sisi g’alaba qozonganligini e’lon qilinishi ortidan Qo’shma Shtatlar As-Sisi bilan hamkorlik qilishni intizorlik bilan kutayotganligini bildirdi.

Rasmiy ziyorat bilan Yevropaga borgan AQSh prezidenti Barak Obama kelajak kunlarda Misr prezidenti As-Sisi bilan suhbat o’tkazishni rejalashtirganligini ochiqladi.

Bu haqida Oq uy ham bayonot chiqarib, AQSh prezidenti Barak Obama yaqin kunlarda As-Sisiy bilan uchrashib mamlakatdagi oxirgi vaziyatni muhokama qilishi haqida ma’lum qildi.

“AQSh Misr bilan strotegik sherikchilikni rivojlantirish va o’zaro manfaatlarni himoya qilish uchun As-Sisi bilan hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutmoqda”, deyiladi Oq uy chiqargan bayonotda.

Shuningdek, bayonotda Xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar saylovning Misr qonunlariga uyg’un shaklda o’tganligi haqida tarqatgan bayonotlarini AQSh hukumati mamnuniyat bilan qabul qilganligi bildirildi.

“Xalqaro tashkilotlarning saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishiga ruxsat berilishidan va ovoz berish jarayonining tinch suratda o’tganligidan mamnun bo’ldik” deyiladi bayonotda.

Misrda joriy yilda parlament saylovi ham bo’lib o’tishini eslatib o’tgan Oq uy o’z bayonotida Misr hukumati kelajak saylovlarda kuzatuvchi guruhlarning ahamiyatiga diqqat qaratishga chaqirdi.

Bayonotda yana shunday so’zlar keladi: “Saylovlar demokratik jamiyatni mukammal holatga keltiruvchi elementlardan biridir. Haqiqiy demokratiya huquq ustuvorligi, fuqarolar erkinligi va so’z erkinligi asosiga quriladi. Misr prezidenti va hukumatini kerak bo’lgan islohotlarni o’tkazishga, har bir shaxs uchun adolatni ta’minlash va barcha misrliklarning huquqlarini himoya qilishga chaqiramiz. AQSh Misr xalqining demokratik talablarini dastaklashda va o’z kelachagini barpo qilish yo’lida ularning yonlarida bo’lishda davom etadi”.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.