Tufayliy: Hizbulloh xato yo’lda

384
0

asaHizbullohning sobiq rahbari shayx Subhi Tufayliy Suriya rejimining qulashi haqida gapirar ekan, Eron va Hizbulloh Suriya rejimini dastaklashi bilan Sunniy-Shiya fitnasining yuzaga kelishiga sabab bo’lganligini bildirdi. Suriyadagi jang maydoni kengayib borayotganini urg’ulagan Tufayliy Hizbulloh xato yo’lda eganligini qayd etdi. Tufayliyga ko’ra, to’g’ri tanlov Asadga yordam berish emas, muxolifat safida turib jang qilishdir.

 “Al-Arabiya”ga intervyu bergan Tufayliy Asad rejimi qulagandan so’ng Livan shiyalari oldida ikki yo’l, yo Isroil bilan birga bo’lish yoki Suriyadagi sunniylar safidan joy olish tanlovi borligini bildirdi. U Livan shiyalarini ogohlantirib “Isroil bilan emas, sunniylar bilan birga bo’ling”, deya murojaat qildi.

 Livan va Iroqdagi siyosatni AQShdan mustaqil emasligini urg’ulagan Tufayliy Iroqdagi shiyalar va Livandagi sunniylar AQSh bilan birga bo’lish bilan aslo muvaffaqiyatga erisha olmasligini ta’kidladi.

 “Bu johillarga va hech bir narsadan xabari bo’lmagan bechoralarga aytiladigan bir so’zdir. Iroqdagi shiyalar va Livandagi sunniylar AQSh bilan ittifoq tuzish orqali hech narsaga erisha olmaydi. Faqat Amerika yutuqqa erishadi. Livan ham, Iroq ham qilgan ishlari bilan Amerikaga xizmat qilgan bo’ladi”, dedi Tufayliy.

 Shayx Tufayliy avval ham Hizbulloh askarlarini Suriyadagi musulmonlarni o’ldirishini qattiq qoralab, shiya-sunniy fitlarini oldini olishga chaqirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.