Sharqiy Turkistonda yana musulmon ovi boshlandi

395
0

 загруженноеSharqiy Turkistonga safarbar qilingan Xitoy harbiylari 29 musulmon uyg’urni qamoqqa oldi. Qamoqqa olishga o’tgan oyda poytaxt Urumchida yuz bergan portlashlar asos qilib ko’rsatilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, qo’lga olishlar hali ancha vaqtgacha davom etadi.

 Qamoqqa olishlar Sharqiy turkistonning poytaxti Urumchida amalga oshirildi. Mahalliy mahkama tarafidan 31 may kuni Musulmon uyg’urlarni qo’lga olinishiga oid qaror chiqarilishi ortidan bosqinchilik amaliyotlari boshlanib ketgan. Qo’lga olingan musulmonlar sepiratizm, jamoat xavfsizligiga rahna solish va noqonuniy ishlarni amalga oshirishda ayblanmoqda.

 Xitoyga qarashli Sharqiy Turkistonda yashayotgan Musulmon uyg’urlar etnik tozalashga duchor bo’lmoqda. Sharqiy Turkiston mintaqasi er osti boyliklari va strotegik jihatidan muhim ahamiyatga ega mintaqa hisoblanadi. Aksariyati Musulmon uyg’urlardan iborat mahalliy aholi uzoq vaqtdan buyon Xitoy hukumati tarafidan amalga oshirilayotgan ommaviy qirg’inlarni boshidan kechirib kelmoqda.

 Tahlilchilarga ko’ra, Xitoy hukumatining shu kunlarda boshlagan qamoqqa olish amaliyotlari ham ommaviy qirg’inga aylanib ketish xavfi bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.