Matbuot bayonoti Xartumdagi olamiy siyosiy konferentsiyaga tashviqot va reklama kampaniyasining boshlanishi

467
0

0

Hizb ut-Tahrir-Sudan viloyati «Arab bahorining qaytalanishlarisiz Sudan muammolarini to’g’ri hal qilishga doir islomiy qarash-najot chambaragi» degan nom bilan o’tkaziladigan olamiy konferentsiyaga tashviqot va reklama kampaniyasining boshlanganini e’lon qiladi.

Konferentsiyada Sudandan va arab bahori yuz bergan yurtlardan kelgan bir guruh mufakkirlar hamda siyosatchilar ishtirok etib, ular Ummat muammolarini muolaja qiladigan haqiqiy islomiy qarashni muhokama qiladilar. Bu islomiy qarash arab bahoridan keyin yuz bergan muammolar muolajalariga doir taklif qilingan adashtiruvchi fikrlarning haqiqiy mohiyatini fosh qiladi. Holbuki bu adashtiruvchi fikrlar arab bahorining qaytalanishiga olib boradi. Bunday adashtiruvchi fikrlarni Sudan hukumati ham kelgusi bosqichda qabul qilishga harakat qilmoqda.

Tashviqot kampaniyasi keng doirada bo’ladi. U insha Alloh Subhanahu va Taolo internet tarmog’ida, axborot vositalarida, Xartum ko’chalarida va Sudanning qolgan shaharlarida muntazam berib boriladi.

Olamiy konferentsiya hijriy 1435 yil 3 rajab, milodiy 2014 yil 3 mayda Xartumdagi do’stlik zalida-prezidentlik zalida bo’lib o’tadi.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig’i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.