O’tarboev O’zbekiston Bosh vaziriga maktub yo’lladi

455
0

0

Qirg’iziston parlamentidagi hukmron koalitsiya yig’ilishida ishtirok etgan Bosh vazir Jo’mart O’tarboev jurnalistlar savollariga javob berib, “O’shga gaz etkazib berish masalasini xal etish hukumatning ustuvor vazifalardan biri”, – dedi.

O’tarboev ayni masala yuzasidan O’zbekiston Bosh vaziriga maktub yo’llaganini belgilab o’tdi.

“O’zbekiston ogohlantirishsiz O’shga gaz etkazib berishni to’xtatib qo’ydi. Bosh vazir o’rinbosari Toyirbek Sarpashaev O’zbekiston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Rustam Azimovga maktub jo’natdi. Tashqi ishlar vazirligi ham o’z yo’nalishi bo’yicha muammoni xal etishga harakat qilmoqda. Men O’zbekiston Bosh vaziriga maktub yo’lladim. Ammo, afsuski, biz javob olmadik. Millerni shaxsan o’zi ham mazkur masala yuzasidan ish olib bormoqda. Yaqin vaqtlar ichida muammo xal bo’ladi deb, umid qilmoqdamiz”, – dedi O’tarboev.

Turkiston:

14 apreldan buyon O’sh shahar aholisi tabiiy gazsiz hayot kechirmoqda. Qirg’iziston rasmiylari buni O’zbekiston bilan gaz etkazib berish bo’yicha kelishuv muddatini tugagani bilan izohlashmoqda va bunga qo’shimcha, O’zbekiston balan erishilgan kelishuvda, agar “Qirg’izgaz” kompaniyasining egasi almashadigan bo’lsa, O’zbekiston Qirg’izistonga gaz etkazib berishni to’xtatishi yozib qo’yilganini ham aytishmoqda.

Aslida esa, O’zbekistonni Qirg’izistonga gaz etkazib berishni to’xtatishiga va gaz etkazib berishni qayta tiklanishini ortga surayotganiga hamda qirg’iz rasmiylarining so’rov va maktublariga e’tiborsizlik bilan qarashiga Amerika va Rossiya o’rtasida kechayotgan siyosiy kurashlar sabab bo’lmoqda.

Rossiyaning dunyoda amal qilinayotgan va asosan Amerika tomonidan qo’yilgan barcha huquq va me’yorlarni qo’pol ravishda buzib Qrim yarimorolini ishg’ol qilib olishiga javoban Amerika o’zining javob qadamini tashlamoqda va ularning o’zaro raqobatlarida Markaziy Osiyo respublikalari nufuz talashadigan maydonga aylanib bormoqda. Faqatgina o’z manfaati va hokimiyatinigina o’ylaydigan “mustaqil” davlat rahbarlari esa ularning chizib bergan yo’nalishlari bo’yicha ish olib borishyapti. Ikki o’rtada esa jabr ko’rgan oddiy xalq bo’lmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.